Soliq statistikasi indd


MAJBURIYATINI BAJARISH TARTIBI VA SOLIQ



Yüklə 0,94 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə41/158
tarix04.10.2023
ölçüsü0,94 Mb.
#152187
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   158
soliq statistikasi va prognozi

MAJBURIYATINI BAJARISH TARTIBI VA SOLIQ 
QARZINI MAJBURIY UNDIRISHNI TASHKIL ETISH
5.1. Soliq solish obyektlarini va soliq solish bilan bog‘liq 
obyektlarni aniqlash hamda ularning hisobini yuritish
Soliq to‘lovchining soliq to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga mu-
vo
fi
q yuzaga keladigan majburiyati soliq majburiyati deb e’tirof 
etiladi.
Soliq majburiyatlari soliq to‘lovchida tadbirkorlik faoliyati 
bosh lashi bilan, yoki soliq majburiyatini yuzaga keltiruvchi soliq 
obyektini paydo bo‘lishi yuzaga keltiradi. Soliq obyekti yuzaga 
kelishi natijasida soliq to‘lovchi soliq to‘g‘risidagi qonun hujjat-
lariga muvo
fi
q yuzaga keladigan bir qancha majburiyatlarni ba-
jarishi talab qilinadi. Soliq to‘lovchining bunday majburiyatlariga 
quyidagilar kiradi. 5–1-jadvalga qarang.
5–1-jadval
Soliq to‘lovchining majburiyatlari
T/r
Soliq to‘lovchining majburiyatlari
1.
davlat soliq xizmati organlarida hisobga turishi
2.
soliq solish obyektlari va soliq solish bilan bog‘liq obyektlarni aniqlashi 
hamda ularning hisobini yuritishi
3.
moliyaviy va soliq hisobotini tuzishi hamda uni davlat soliq xizmati 
organlariga taqdim etishi


135
4.
soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlarni o‘z vaqtida hamda to‘liq 
miqdorda to‘lashi 
5.
o‘z soliq majburiyatlarini o‘z vaqtida va to‘liq hajmda bajarishi
6.
buxgalteriya hisobini yuritishi, moliyaviy va soliq hisobotini tuzishi
7.
davlat soliq xizmati organlariga va boshqa vakolatli organlarga 
imtiyozlar olish huquqini tasdiqlovchi hujjatlarni taqdim etishi
8.
soliq tekshiruvlari o‘tkazilayotgan vaqtda davlat soliq xizmati 
organlariga soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlarni hisoblab chiqarish, 
to‘lash bilan bog‘liq hujjatlar hamda ma’lumotlarni taqdim etishi
9.
davlat soliq xizmati organlarining va boshqa vakolatli organlarning 
hamda ular mansabdor shaxslarining qonuniy talablarini bajarishi, 
shuningdek, mazkur organlarning, ular mansabdor shaxslarining qonuniy 
faoliyatiga to‘sqinlik qilmasligi
Davlat soliq xizmati idoralarida hisobga turish soliq to‘lovchining 
dastlabki majburiyati hisoblanadi. Tadbirkorlik faoliyati bilan shu-
g‘ul lanishni boshlagandan keyin, yoki soliq to‘lovchida soliqqa 
tortiladigan obyekt paydo bo‘lganda soliq solish obyektlari va soliq 
solish bilan bog‘liq obyektlarni aniqlashi hamda ularning hisobini 
yuritishi, moliyaviy va soliq hisobotini tuzishi hamda uni davlat 
soliq xizmati organlariga taqdim etishi, soliqlar va boshqa majburiy 
to‘lovlarni o‘z vaqtida hamda to‘liq miqdorda to‘lash majburiyatlari 
yuzaga keladi.
Soliq to‘lovchining soliq majburiyati bevosita o‘zi tomonidan 
bajariladi. Ammo, soliq qonunchiligida, ayrim holatlarda soliq 
to‘ lovchiga aloqador bo‘lgan boshqa shaxslarga ham soliq to‘lov-
chining soliq majburiyatlarini bajarish yuklatilishi mumkin.
Yuridik shaxslarning soliq summalarini to‘lash va majburiy 
to‘lovlarni amalga oshirish bo‘yicha majburiyatlari, ularning o‘zlari 
to 
monidan amalga oshiriladi. Ayrim hollarda, yuridik shaxslar 
alohida bo‘linmalariga va 
fi
liallariga ega bo‘lishlari mumkin. Agar 
yuridik shaxs tomonidan o‘zining bo‘linmalariga alohida mol-


136
mulk ajratilgan bo‘lsa va bo‘linma mustaqil balansga ega bo‘lsa, 
bo‘linmaga tegishli soliq majburiyati mazkur alohida bo‘linmalar 
tomonidan, mustaqil ravishda bajariladi.
Soliq majburiyatini bajarishdagi o‘ziga xoslik mol-mulk 
ishonchli boshqaruvga topshirilganda ham mavjud. 
Mol-mulk ishonchli boshqaruvga topshirilganda boshqaruv 
muassisi bo‘lgan soliq to‘lovchining soliq majburiyati ishonchli 
boshqaruvchi tomonidan bajariladi. Boshqaruv muassisi bo‘lgan 
soliq to‘lovchining soliq majburiyati ishonchli boshqaruvchi tomo-
nidan bajarilishi uchun soliq majburiyatini bajarish unga boshqaruv 
muassisi tomonidan yuklatilgan bo‘lishi talab qilinadi.
Soliq qonunchiligida yuzaga keluvchi soliq majburiyatlarini ba-
jarish muddatlari belgilanadi. Soliq majburiyati belgilangan mud-
datlarda va shartlarda bajarilmagan holatlarda soliq to‘lovchiga 
nisbatan uning bajarilishini ta’minlash choralari qo‘llaniladi.
Soliq majburiyatini bajarish muddatini qo‘yilishi uni muddatidan 
oldin bajarish mumkinligini inkor qilmaydi. Soliq to‘lovchi soliq 
majburiyatini muddatidan ilgari ham bajarishi mumkin.
Soliq qonunchiligida soliq majburiyatini bajarish muddatlari 
kalendar sana yoki vaqt davri (yil, yil choragi, oy, o‘n kunlik va 
kun) o‘tishi bilan belgilanadi.
Belgilangan muddatning boshlanishi kalendar sanadan maj-
buriyatni paydo bo‘lishiga sabab bo‘luvchi voqea yuz berganidan 
keyingi kundan boshlanadi. Soliq majburiyatini bajarish muddatining 
so‘nggi kuni soat yigirma to‘rtga qadar bajarilishi lozim. Ayrim 
hollarda, soliq majburiyatini bajarish muddatining so‘nggi kuni 
dam olish kuniga to‘g‘ri kelib qolishi mumkin. Bunday hollarda, 
dam olish kunidan keyingi birinchi ish kuni muddatning tugash 
kuni hisoblanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksining 37-moddasida 
soliq to‘lovchining soliq majburiyatlari soliq qarzdorligi summasi 
to‘lanmagan hollarda ham tugatilish holatlari belgilangan. 5–2-
jadvalga qarang.


137
 5–2-jadval

Yüklə 0,94 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   158




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin