143
Ortiqcha to‘langan soliq summasini mazkur soliq turi bo‘yicha
penya va jarimalarni uzish hisobiga hisobga olish uchun soliq
to‘lovchining arizasi talab qilinmadi. Ortiqcha to‘langan soliq sum-
masini hisobga olish davlat soliq xizmati
organi tomonidan mus taqil
ravishda amalga oshiriladi. Ammo, soliq idorasi xo dimlari soliq
to‘lovchini ortiqcha to‘langan soliq summasini soliqning mazkur
turi bo‘yicha penya va jarimalarni uzish hisobiga yo‘naltirilganligi
haqida, hisobga olingan sanadan uch kunlik muddatda yozma ra-
vishda xabardor qiladi.
Ortiqcha to‘langan soliqni boshqa turdagi soliqlar bo‘yicha
qarz ni
uzish hisobiga, boshqa turdagi soliqlar bo‘yicha penya va
jarimalarni uzish hisobiga, boshqa turdagi soliqlar bo‘yicha kelgusi
to‘lovlar hisobiga olish uchun soliq to‘lovchining yozma arizasi
zarur bo‘ladi. Soliq to‘lovchining yozma arizasi asosida davlat soliq
xizmati organi tomonidan hisobga olishni amalga oshirish to‘g‘ risida
xulosa beriladi. Davlat soliq xizmati organi yozma ariza bergan
sanadan e’tiboran uch kunlik muddatda
hisobga olishni amalga
oshirish to‘g‘risidagi xulosani moliya organlariga taqdim etadi.
Ortiqcha to‘langan soliqni boshqa turdagi soliqlar bo‘yicha
qarzni uzish hisobiga, boshqa turdagi soliqlar bo‘yicha penya va
jarimalarni uzish hisobiga olishda, soliq hisoboti taqdim etilgan
sanadan e’tiboran o‘n kun ichida yozma ariza beriladi.
Soliq hiso-
boti taqdim etilgan sanadan e’tiboran o‘n kun ichida yozma ariza
berilmasa, soliq idorasi nazarda tutilgan hisobga olishni amalga
oshirish to‘g‘risida xulosani tegishli moliya organlariga mustaqil
ravishda taqdim etishi mumkin.
Ortiqcha to‘langan soliq summasini hisobga olish bu xususida
xu losa berilgan sanadan e’tiboran o‘n
ish kuni ichida amalga
oshiriladi.
Ortiqcha to‘langan soliq summasi boshqa soliq to‘lovchining
soliq qarzini uzish hisobiga hisobga olinishiga ruxsat berilmaydi.
Barcha hisobga olishlar amalga oshirilganidan keyin qolgan
ortiqcha to‘langan soliqlarning summasi soliq to‘lovchining
144
bankdagi hisobvarag‘iga pul mablag‘larini o‘tkazish orqali qayta-
riladi.
Ortiqcha to‘langan soliq summalarini qaytarish soliq to‘ lov-
chi ning yozma arizasi va davlat soliq xizmati organining qay tarish
to‘g‘risidagi xulosasi asosida amalga oshiriladi. Tegishli mo liya
organlari qaytarish to‘g‘risidagi ariza topshirilgan sanadan e’tiboran
o‘ttiz ish kuni ichida ortiqcha to‘langan soliq summasini qaytaradi.
O‘zbekiston Respublikasi soliq kodeksining 58-moddasida
bosh
qa majburiy to‘lovlarning ortiqcha to‘langan summalariga
quyidagicha ta’rif berilgan: boshqa majburiy to‘lovlarning to‘lan-
gan va to‘lash uchun hisoblangan summasi o‘rtasidagi
ijobiy farq
boshqa majburiy to‘lovlarning ortiqcha to‘langan summasi deb
e’tirof etiladi.
Ortiqcha to‘langan summa qaysi budjetga yoki davlat maqsadli
jamg‘armasiga o‘tkazilgan bo‘lsa, o‘sha budjet yoki davlat maq sad-
li jamg‘armasi otiqcha to‘langan boshqa majburiy to‘lovlar sum-
malarini qaytarish vakolatiga ega. Bunda ham soliq to‘lovchining
yozma arizasi asosida, zimmasiga majburiy to‘lovlarni
undirib olish
majburiyati yuklatilgan organlarga tegishli ariza berilgan sanadan
e’tiboran o‘ttiz ish kuni ichida amalga oshiriladi.
Dostları ilə paylaş: