Soliq statistikasi indd


Soliq majburiyati bajarilmagan holda tugatilish sabablari



Yüklə 0,94 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə42/158
tarix04.10.2023
ölçüsü0,94 Mb.
#152187
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   158
soliq statistikasi va prognozi

Soliq majburiyati bajarilmagan holda tugatilish sabablari
t/r
Soliq to‘lovchining 
toifasi
Soliq majburiyati bajarilmagan holda 
tugatilish sabablari
1. Jismoniy shaxslar uchun
- vafot etgan deb e’lon qilish to‘g‘risidagi sud 
qarori qonuniy kuchga kirishi bilan.
2. Yuridik shaxslar uchun
tugatilganidan keyin;
qo‘shib olish (qo‘shib olingan yuridik shaxsga 
nisbatan), qo‘shib yuborish, bo‘lish va 
o‘zgartirish orqali qayta tashkil etilganidan 
keyin
Belgilangan muddatda bajarilmagan soliq majburiyatini so liq 
idoralari tomonidan undirib olish choralari ko‘riladi. Soliq maj-
buriyatini to‘lash muddati o‘tgandan keyin soliq idorasi xodimlari 
uchun soliq majburiyati bo‘yicha da’vo qilish muddati mavjud. 
Da’vo qilish muddati davomida soliq idorasi soliq qarzdorligini 
majburiy undirib olish choralarini qo‘llaydi.
Da’vo qilish muddatidan kelib chiqib, Davlat soliq xizmati 
organi soliq davri tugaganidan keyin besh yil ichida soliqlar va 
boshqa majburiy to‘lovlarni hisoblashi yoki ularning hisoblangan 
summasini qayta ko‘rib chiqishi mumkin. O‘z navatida, soliq 
to‘lovchi ham soliq davri tugaganidan keyin besh yil ichida soliqlar 
va boshqa majburiy to‘lovlarning ortiqcha to‘langan summalarini 
hisobga olishni yoki qaytarishni talab qilishi mumkin.
Yuqorida ta’kidlanganidek, soliq majburiyati soliq solish 
obyek tini paydo bo‘lishi bilan bevosita bog‘liq. O‘zbekiston Res-
publikasi soliq kodeksining 25-moddasida soliq solish obyektiga 
quyidagicha ta’rif berilgan: soliq solish obyekti soliq to‘lovchida 
soliq yoki boshqa majburiy to‘lov hisoblab chiqarilishi va (yoki) 
to‘lanishi yuzasidan majburiyat keltirib chiqaruvchi mol-mulk, 
harakat, harakat natijasidir.


138
Soliq solish obyektiga umumiy ta’rif berilsa-da, har bir soliq 
turi bo‘yicha soliq obyektining o‘ziga xos xususiyatlari mavjud.
Soliq va boshqa majburiy to‘lovning har bir turi bo‘yicha soliq 
solish obyekti hamda soliq solish bilan bog‘liq obyektlarining o‘ziga 
xos xususiyatlari O‘zbekiston Respublikasi soliq kodeksining 127, 
169, 198, 230, 244, 249, 258, 266, 273, 280, 288, 296-moddalari, 
302-moddasining birinchi qismi, 306, 313, 317, 322, 328, 346, 355, 
365-moddalari, 372-moddasining birinchi qismi, 392-moddasining 
ikkinchi qismlarida bayon qilingan. Masalan, mazkur kodeksning 
127-moddasida yuridik shaxslardan olinadigan foyda solig‘ining 
obyekti sifatida quyidagilar ko‘rsatilgan:
– O‘zbekiston Respublikasi rezidentlarining, shuningdek, O‘z-
bekiston Respublikasida faoliyatni doimiy muassasa orqali amal ga 
oshiruvchi O‘zbekiston Respublikasi norezidentlarining foydasi;
– O‘zbekiston Respublikasi rezidentlarining va O‘zbekiston Res-
publikasi norezidentlarining ushbu bo‘limga muvo
fi
q chegirmalar 
qilinmagan holda to‘lov manbayida soliq solinadigan daromadlari. 
O‘zbekiston Respublikasi soliq kodeksining 198-moddasida 
qo‘shilgan qiymat solig‘ining soliq solish obyekti sifatida soliq 
solinadigan oborot va soliq solinadigan import belgilangan.
Soliq obyektini aniqlashda soliq to‘lovchilarning daromadlari 
hamda soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlarni hisoblab chiqarish 
uchun ular bo‘yicha tegishli chegirmalar to‘lov to‘langan vaqt va 
pul kelib tushgan sanadan qat’i nazar, ular taalluqli bo‘lgan hisobot 
davrida aks ettiriladi. Ushbu usul soliq nazariyasida soliq obyektini 
aniqlashning hisoblab yozish usuli deb ataladi.
Mol-mulkdan olinuvchi soliq obyektini hisobga olish bux-
galteriya hisobi to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga muvo
fi
q amalga 
oshiriladi.
Soliq to‘lovchi tomonidan hisob hujjatlari yo‘qotilgan yoki 
yo‘q qilingan holatlar ham soliq amaliyotida uchrab turadi. Bun-
day holatlarda budjetga va davlat maqsadli jamg‘armalariga to‘ la -
nishi kerak bo‘lgan soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlar sum ma-


139
sini aniqlash uchun zarur bo‘lgan soliq obyekti davlat soliq xiz mati 
organlari tomonidan mustaqil aniqlanadi. Soliq obyektini, shu-
ningdek, soliq majburiyatini aniqlashda soliq idorasi xodimlari soliq 
to‘lovchi to‘g‘risida, shuningdek, shunga o‘xshash boshqa soliq 
to‘lovchilar to‘g‘risida mavjud bo‘lgan ma’lumotlarga asos lanadi. 
Bundan tashqari, o‘zaro aloqador yuridik shaxslar o‘z tijorat 
va moliyaviy munosabatlarida o‘zaro aloqador bo‘lmagan yuridik 
shaxslar o‘rtasida qo‘llanilishi mumkin bo‘lgan narxlardan farq 
qiladigan narxlarni qo‘llashi mumkin. Farq qiladigan narx soliq 
to‘lovchining soliq majburiyatlari miqdorini kamayishiga olib 
keladi. Shu sababli, soliq xizmati xodimlari soliq solinadigan 
bazaga kiruvchi tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) realizatsiya qilish 
narxlari asosida hisoblab chiqariladigan soliq solish obyektini 
aniqlashda o‘zaro aloqador bo‘lmagan yuridik shaxslar o‘rtasida 
qo‘llaniladigan narxlardan foydalanadi. 
Soliq solish obyektlari va soliq solish bilan bog‘liq obyektlarni 
aniqlash, shuningdek, soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlarni hisob-
lab chiqarish uchun asos bo‘lgan birlamchi hujjatlar, buxgalteriya 
hisobi registrlari hamda boshqa soliq majburiyati bo‘yicha da’vo 
qilish muddati tugaguniga qadar saqlanadi.
Aksariyat xo‘jalik yurituvchi subyektlar bir vaqtning o‘zida bir 
necha turlari bilan shug‘ullanishlari mumkin. Bunday holatlarda 
soliq to‘lovchi soliq solish obyektlari va soliq solish bilan bog‘liq 
obyektlarning alohida-alohida hisobini yuritadi. 
Soliq solish obyektlari va soliq solish bilan bog‘liq obyektlarning 
alohida-alohida hisobi soliq to‘lovchilar tomonidan buxgalteriya 
hisobi ma’lumotlari asosida yuritiladi.
Soliq solish obyektlari va soliq solish bilan bog‘liq obyektlarning 
alohida-alohida hisobini ikki usuldan foydalangan holda - mutanosib 
usul yoki to‘g‘ridan to‘g‘ri hisobga olish usullari vositasida yuri-
tiladi.
Soliq solish obyektlari va soliq solish bilan bog‘liq obyektlarning 
alohida-alohida hisobini yuritishning qaysi usulidan foydalanilishi 


140
yuridik shaxsning butun kalendar yilga mo‘ljallangan hisob siyosati 
bilan belgilanadi.
Hisobga olishning mutanosib usulidan foydalanishda daromadlar
xarajatlar va soliq solishning obyektlari faoliyatning muayyan 
turlari bo‘yicha realizatsiya qilishdan olingan sof tushumning jami 
sof tushum umumiy summasidagi ulushi aniqlanadi. Aniqlangan 
ulushga asosan soliq obyekti va soliq majburiyati miqdori aniq-
lanadi.
To‘g‘ridan to‘g‘ri hisobga olish usulidan foydalanishda daro-
mad lar, xarajatlar va soliq solishning boshqa obyektlari faoliyatning 
qay si turi amalga oshirilishi bilan bog‘liq bo‘lsa, shu turga kiri tiladi. 
Soliqlar va majburiy to‘lovlar bo‘yicha soliq majburiyatlarining 
miqdori soliq hisobotlarida, shuningdek, soliq hisob-kitoblarida 
aks ettiriladi. Soliq hisobotlari yuridik shaxslar tomonidan o‘zlari 
soliq inspeksiyalariga taqdim qiladilar. Jismoniy shaxslarning soliq 
majburiyatlari esa soliq idorasi xodimlari tomonidan hisoblanib 
aniqlanadi. Soliq hisobotlarini tuzish va taqdim qilish muddatlari 
ham soliq qonunchiligida belgilangan. Hisoblangan soliq summalari 
O‘zbekiston Respublikasi soliq kodeksida belgilangan muddatlarda 
budjetga undiriladi.
Belgilangan muddatda to‘lanmagan soliq summalari soliq 
idorasi xodimlari tomonidan majburiy tartibda undiriladi..

Yüklə 0,94 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   158




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin