145
Soliq qarzdorligi soliq to‘lovchi tomonidan belgilangan mud-
datlarda uzilmagan hollarda soliq idorasi xodimlari tomonidan
qarz dorlikni undirib olish bo‘yicha choralar ko‘riladi.
Soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlarni to‘lash
majburiyatlari
bajarilishini ta’minlash maqsadida soliq to‘lovchiga davlat soliq
xizmati organi tomonidan uning majburiyatini bajarish zarurligi
ham da soliq qarzini majburiy undirish yuzasidan ko‘riladigan cho-
ralar to‘g‘risida talabnoma yuboriladi.
Soliq qarzini uzish to‘g‘risidagi yozma talabnomada quyidagi
rekvizitlar ko‘rsatiladi::
– soliq to‘lovchining familiyasi, ismi, otasining ismi yoki to‘liq
nomi;
– soliq to‘lovchining identi
fi
katsiya raqami;
–
talabnoma tuzilgan sana;
– talabnomani yuborish vaqtida hisoblangan soliqlar va boshqa
majburiy to‘lovlar, penya, jarimalar bo‘yicha qarz summasi;
– talabnoma olinganidan so‘ng soliq majburiyati bajarilmagan
taqdirda qo‘llaniladigan majburiy undirish choralari va mud dat lari;
– debitorlar bilan o‘zaro hisob-kitoblar
solishtirma dalolatno-
ma sini taqdim etish to‘g‘risidagi ko‘rsatma.
Soliq qarzini uzish to‘g‘risidagi talabnoma soliq to‘lovchiga
yoki uning vakiliga topshiriladi. Topshirilgan talabnomada soliq
to‘lovchiga yoki uning vakili ushbu talabnomani olganligini
tasdiqlovchi yozuv va talabnoma olingan sana ko‘rsatilishi lozim.
Soliq qarzini uzish to‘g‘risidagi talabnoma pochta orqali bu-
yurtma xat bilan yuborilishi mumkin. Pochta jo‘natmasi top-
shi rilganligi to‘g‘risidagi bildirish blankasida ko‘rsatilgan sana
talabnomani olingan vaqti deb hisoblanadi.
Soliq qarzini uzish to‘g‘risidagi talabnoma talablarini soliq
to‘lovchi tomonidan bajarish yuzasidan muddatlar belgilangan.
Shunday talablardan biri – soliq to‘lovchi
tomonidan talabnoma
taqdim qilingandan keyin soliq qarzdorligini uzish bo‘yicha beri-
luvchi muddatdir. O‘zbekiston Respublikasi soliq kodeksining 61-
146
moddasida soliq qarzini uzish to‘g‘risidagi talabnomani bajarish
muddatlari belgilangan.
Soliq qarzini uzish to‘g‘risidagi talabnoma soliq to‘lovchi to-
monidan olingan kundan e’tiboran besh kun ichida soliq qarzi uzi-
lishi zarur. Aks holda, davlat soliq xizmati organlari soliq qarzini
soliq to‘lovchining bank hisob varaqlaridan so‘zsiz undirish cho-
ralarini qo‘llaydi.
Yuridik shaxslar uchun soliq qarzini uzish to‘g‘risidagi
talab-
nomani bajarishning alohida shartlari mavjud.
Soliq qarzini uzish to‘g‘risidagi talabnoma olingan kundan e’ti-
bo ran o‘n kun ichida yuridik shaxs soliq qarzini mustaqil uzish cho-
ralarini ko‘rishi zarur. Talabnoma olingan kundan e’tiboran o‘n kun
ichida soliq qarzlari yuridik shaxs tomonidan mustaqil uzil ma sa,
davlat soliq xizmati organlari undiruvni soliq to‘lovchining debi-
torlari o‘tkazishi lozim bo‘lgan summalarga qaratadi. Soliq qarzini
uzish to‘g‘risidagi talabnoma olingan kundan e’tiboran 30 kun mo-
baynida yuridik shaxs soliq qarzdorligini
mustaqil uzmasa va uning
debitoridan soliq qarzdorligini undirish imkoniyati bo‘lmasa, yuridik
shaxsning soliq qarzdorligini undirish uning mol-mulkiga qaratadi.
Jismoniy shaxslar uchun soliq qarzini uzish to‘g‘risidagi
talabnoma shartlarini bajarish muddati – olingan kundan boshlab
o‘n kun belgilangan. 10 kun ichida bajarilmagan talabnomalar yuza-
sidan davlat soliq xizmati organlari soliq qarzini jismoniy shaxsdan
undirish to‘g‘risidagi ariza bilan sudga murojaat qiladi.
Soliq qarzdorligini majburiy undirishning
bir qancha choralari
mavjud. 5–1-jadvalga qarang.
Soliq to‘lovchi soliq qarzini jadvalda ko‘rsatilgan barcha choralar
ko‘rilganidan keyin uzmagan taqdirda, davlat soliq xizmati organi
uni bankrot deb topish to‘g‘risidagi ariza bilan sudga murojaat
etadi.
Soliq qarzini majburiy undirish choralari
yakka tartibdagi tad-
birkor bo‘lmagan jismoniy shaxslarga nisbatan faqat sud qarori
bilan hal qilinadi.