Soliq statistikasi indd


Soliq qarzini to‘lashni kechiktirish



Yüklə 0,94 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə43/158
tarix04.10.2023
ölçüsü0,94 Mb.
#152187
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   158
soliq statistikasi va prognozi

5.2.Soliq qarzini to‘lashni kechiktirish,
bo‘lib-bo‘lib to‘lash
Ayrim xo‘jalik yurituvchi subyektlarga soliq qarzini to‘lashni 
kechiktirish yoki bo‘lib-bo‘lib to‘lash uchun ruxsat berilishi 
mumkin. Asosan moliyaviy qiyinchilikka ega bo‘lgan korxonalarga 
davlat tomonidan yordam ko‘rsatish tariqasida soliq qarzini to‘lashni 
kechiktirish yoki bo‘lib-bo‘lib to‘lash uchun ruxsat beriladi. Soliq 
to‘lovchilarga soliq qarzini to‘lashni kechiktirish yoki bo‘lib-bo‘lib 
to‘lash uchun ruxsat berish umumiy shartlari va amalga oshirish 


141
tartibi O‘zbekiston Respublikasining soliq kodeksini 54.55-
moddalarida batafsil yoritilgan.
Soliq kodeksining mazkur moddalariga asosan, “soliq qarzini 
to‘lashni kechiktirish yoki bo‘lib-bo‘lib to‘lash” iborasi ostida 
vaqtinchalik moliyaviy qiyinchilikka ega bo‘lgan korxonalarga 
davlat tomonidan yordam ko‘rsatish maqsadida to‘lash muddatini 
soliq to‘lovchi qarz summasini bir yo‘la yoki bosqichma-bosqich 
to‘lagan holda keyinroq muddatga tushuniladi.
Soliq qarzini to‘lashni kechiktirish yoki bo‘lib-bo‘lib to‘lash 
soliqqa oid qonun hujjatlarida belgilangan tartibda O‘zbekiston 
Respublikasi Vazirlar Mahkamasi yoki u vakolat bergan organ 
tomonidan bir oydan yigirma to‘rt oygacha muddatga beriladi.
Yuqorida ta’kidlanganidek, soliq qarzini to‘lashni kechiktirish 
yoki bo‘lib-bo‘lib to‘lash korxona va tashkilotlarning moliyaviy 
barqarorligini ta’minlash maqsadida qo‘llaniladi. Shu sababli, 
bunday imtiyozni berish uchun soliq to‘lovchining moliyaviy 
holati o‘rganiladi. Agar qo‘shimcha hisoblangan soliqlar va boshqa 
majburiy to‘lovlar hamda moliyaviy sanksiyalar bo‘yicha soliq 
majburiyatini to‘lashni kechiktirish yoki bo‘lib-bo‘lib to‘lash, oxirgi 
hisobot sanasidagi holatga ko‘ra xo‘jalik yurituvchi subyektning 
joriy aktivlar summasining jami 20 foizidan ortiq miqdorini tashkil 
qilgan hollarda ruxsat beriladi. Soliq qarzdorligi undirish to‘g‘risida 
qaror qabul qilingan kundan e’tiboran olti oy ichida soliq qarzi 
oyma-oy bo‘lib to‘langan holda amalga oshiriladi.
To‘lashni kechiktirish yoki bo‘lib-bo‘lib to‘lash uchun ruxsat 
soliq qarzining faqat bir qismiga ham berilishi mumkin.
Soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlar bo‘yicha qarzni to‘lashni 
kechiktirish yoki bo‘lib-bo‘lib to‘lashni amalga oshirish davrida 
soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlar bo‘yicha penya hisoblash 
vaqtinchalik to‘xtatib turiladi.
Soliq qarzini to‘lashni kechiktirish yoki bo‘lib-bo‘lib to‘lash 
qoidalari O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan 
belgilanadi.


142
Imtiyozdan foydalanish oxirgi sanasi bo‘lib soliq qarzini to‘-
lashni kechiktirish yoki bo‘lib-bo‘lib to‘lash ruxsatnomasining 
amal qilish muddati hisoblanadi. Soliq qarzini to‘lashni kechiktirish 
yoki bo‘lib-bo‘lib to‘lash uchun berilgan ruxsat muddatidan oldin 
ham tugatilishi mumkin. Agar kechiktirilgan yoki bo‘lib-bo‘lib 
to‘lanadigan soliq qarzining jami summasi o‘z vaqtida to‘lanmasa 
yoki bo‘lib-bo‘lib to‘lash muddati o‘tguniga qadar to‘lansa, yoki 
imtiyozdan foydalanish shartlari buzilsa – imtiyozning amal 
qilinishi muddatidan oldin tugatiladi.

Yüklə 0,94 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   158




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin