Soliq statistikasi indd


Soliq qarzdorligini majburiy undirish choralari



Yüklə 0,94 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə46/158
tarix04.10.2023
ölçüsü0,94 Mb.
#152187
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   158
soliq statistikasi va prognozi

Soliq qarzdorligini majburiy undirish choralari
t/r
Soliq qarzdorligini majburiy undirish choralari
1.
soliq qarzini soliq to‘lovchining bankdagi hisob varaqlaridan so‘zsiz un-
dirish
2.
undiruvni soliq to‘lovchiga uning debitorlari o‘tkazishi lozim bo‘lgan 
summalarga qaratish
3. undiruvni soliq to‘lovchining mol-mulkiga qaratish
Soliq tekshiruvi natijalari bo‘yicha qo‘shimcha hisoblangan so-
liq qarzi summalari yuzasidan soliq to‘lovchi shikoyat bilan mu-
rojaat qilishi mumkin. Soliq to‘lovchilarga tekshirish natijalari yuza-
sidan shikoyat qilish uchun muddat berilgan. Tekshirish natijalari 
yuzasidan shikoyat qilish uchun berilgan muddat davomida qo‘-
shimcha hisoblangan soliq qarzi summalarini majburiy undirish 
cho ralari to‘xtatib turiladi.
Soliq to‘lovchining bankdagi hisob varaqlaridan soliq qarzini 
so‘zsiz undirish maqsadida davlat soliq xizmati xodimlari soliq 
to‘lovchining bankdagi talab qilib olinguncha saqlanadigan depozit 
hisobvarag‘iga inkasso topshiriqnomasini taqdim etadi. 
Soliq to‘lovchi tomonidan bank belgisi qo‘yilgan to‘lov top shi-
riqnomasining nusxasi taqdim etilmasa, soliq to‘lovchining bankdagi 
hisob varaqlaridan soliq qarzini so‘zsiz undirish yuzasidan inkasso 
topshiriqnomalari taqdim qilinadi. Soliq qarzi summasini o‘tkazish 
to‘g‘risidagi inkasso topshiriqnomalari soliq qarzi summasini uzish 
to‘g‘risidagi talabnomani bajarishning belgilangan muddati o‘tgan 
kundan e’tiboran uch ish kuni ichida davlat soliq xizmati organlari 
tomonidan taqdim etiladi.
Soliq to‘lovchining hisobvarag‘ida pul mablag‘lari bo‘lmagan-
ligi yoki yetarli bo‘lmaganligi tufayli davlat soliq xizmati organining 
inkasso topshiriqnomasi to‘liq yoki qisman bajarilmasligi mum kin. 


148
Bunday holatlarda, inkasso topshiriqnomasi olingan kundan e’ti boran 
uch kunlik muddatda uning nusxasiga bankning belgisi qo‘yilib, davlat 
soliq xizmati organiga va soliq to‘lovchiga yuboriladi. 
Soliq qarzi summasini undirish soliq to‘lovchining barcha bank 
hisob varaqlarida turgan pul mablag‘laridan amalga oshiriladi.
Soliq to‘lovchi o‘zining soliq qarzdorligi summasini debitoridan 
undirishni taklif qilishi mumkin. Soliq qarzdorligi summasini 
debitoridan undirish uchun debitor bilan o‘zaro hisob-kitoblarning 
solishtirma dalolatnomasini tuzishi va davlat soliq xizmati organiga 
taqdim etishi lozim. Soliq to‘lovchining debitori bilan o‘zaro hisob-
kitoblari solishtirma dalolatnomasi asosida soliq xizmati organi 
undiruvni soliq to‘lovchining debitorlaridan o‘tkazilishi lozim 
bo‘lgan summaga qaratadi.
Ayrim hollarda, soliq to‘lovchining debitorlari o‘zaro hisob-
kitoblarning solishtirma dalolatnomalariga imzo qo‘yishdan asos-
siz bosh tortishi mumkin. Bunday holatlarda, soliq to‘lovchi bir to-
monlama imzolangan solishtirma dalolatnomalarni debitorlik qarzi 
mavjudligini tasdiqlovchi hujjatlarni ilova qilgan holda davlat soliq 
xizmati organlariga taqdim etadi.
Soliq to‘lovchi bir tomonlama imzolangan o‘zaro hisob-
kitoblarning solishtirma dalolatnomasi asosida davlat soliq xizmati 
organi soliq to‘lovchining debitoriga yozma bildirish yuboradi. 
Yozma bildirishda soliq qarzdorligi mavjud bo‘lgan soliq to‘lovchida 
uning kreditorlik qarzi borligi haqida bayon qiladi. Yuborilayotgan 
bildirishga imzolash uchun soliq to‘lovchi tomonidan taqdim etil-
gan solishtirma dalolatnomani va kreditorlik qarzi mavjudligini 
tas diqlovchi hujjatlarning ko‘chirma nusxalarini ilova qiladi.
Yozma bildirishni olgan soliq qarzdorining debitori uch ish 
kuni ichida o‘zaro hisob-kitoblarning solishtirma dalolatnomasini 
imzolash yoki solishtirma dalolatnomada ko‘rsatilgan qarzning 
mavjud emasligini asoslagan holda rad javobini taqdim etishi lozim. 
Soliq to‘lovchining debitori tomonidan tan olingan qarz summasi 
bildirishga ilova qilingan solishtirma dalolatnomada ko‘rsatilgan 


149
qarz miqdoridan farq qilsa, debitor xuddi shu muddatda davlat 
soliq xizmati organiga o‘zi tan olgan summani ko‘rsatgan holda 
solishtirma dalolatnomani taqdim etadi. 
Soliq idorasi tomonidan yuborilayotgan bildirish soliq to‘lov-
chi ning debitori tomonidan e’tiborsiz qoldirilsa, imzolangan o‘z aro 
hisob-kitoblarning solishtirma dalolatnomasi asosida soliq qarz-
dorligi mazkur debitordan undiriladi.
Soliq to‘lovchi bilan uning debitori o‘rtasidagi o‘zaro hisob-ki-
toblarning solishtirma dalolatnomasida quyidagi ma’lumotlar ko‘r-
satiladi. 5–2-jadvalga qarang.
5–2-jadval

Yüklə 0,94 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   158




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin