4.3. Davlat budjeti daromadlarini prognoz
qilishning usullari
Soliqlar tushumini prognozlashtirishning hisoblash usullarini
tanlash soliq tushumlari manbalarining aniqlik va haqqoniylik
darajasiga bog‘liq. Har qanday holatda soliq to‘lovlari turlari
bo‘
yicha tushum hajmi haqidagi ma’lumot aniqlikni talab qi-
ladi. Soliqlar tushumini prognozlashtirish uchun tanlangan usul
prognozlashtirilayotgan to‘lov turini hisoblash va to‘lash xusu si-
yatlariga, shuningdek, prognozlashtirilayotgan davrda soliqqa tor-
tish shart-sharoitlari (stavka, imtiyozlar, to‘lov muddatlari va h.k.)
ga to‘liq mos kelishi lozim.
124
Soliqlar tushumini prognozlashtirishda “to‘g‘ri hisob-kitob” va
“o‘tgan davr ko‘rsatkichlarini statistik qayta ishlash” usullaridan
foydalanish mumkin.
“To‘g‘ri hisob-kitob” usulidan foydalanishda tegishli davlat
ido ralaridan haqiqiy va kutilayotgan mahsulot (ish, xizmat) ish-
lab chiqarish hajmi, yalpi foyda, daromad, tannarx, ish haqi va
boshqa prognoz hisob-kitob uchun zarur ko‘rsatkichlar to‘g‘risida
ma’ lumotnoma yig‘iladi. Aniq hisob-kitobi ko‘rsatilgan soliq to‘-
lovlari bazasi (masalan, foyda solig‘i, yer, daromad, aksiz solig‘
va h.k.) asosida prognozlashtirish uchun prognoz ko‘rsatkichlari
aniqlanadi.
O‘tgan davr ko‘rsatkichlarini statistik qayta ishlash usulidan
foydalanishda avvalgi yillardagi soliq tushumlarini yig‘ish borasida
erishilgan natijalar to‘g‘risidagi ma’lumotlar yig‘iladi. Yig‘ilgan
ma’lumotlarga statistik funksiyalar- «Mikrosoft Excel» dasturi va
shu kabi dasturlari yordamida qayta ishlov beriladi.
Soliqlar tushumini prognozlashtirishda o‘tgan hisobot davri
uchun haqiqiy va prognozlashtiriluvchi davr uchun kutilayotgan
ko‘rsatkichlar birgalikda aniq to‘lov turi uchun joriy etilgan hisob-
kitob shakllari orqali amalga oshiriladi.
Ilmiy tadqiqot muayyan usullar asosida amalga oshirilganidek,
soliq tushumlarini prognoz qilish ham aniq usullarga tayanadi.
Hozirgi kunda soliq tushumlarini prognoz qilishning bir nechta
usullari mavjud(ma’lumot manbaasiga qarab). Ularga quyidagilar
kiradi:
– haqiqiy erishilgan darajadan kelib chiqib prognoz qilish usuli;
– mikroiqtisodiy ko‘rsatkichlar (korxona ma’lumotlari) asosida
prognoz qilish usuli;
– makroiqtisodiy ko‘rsatkichlar asosida prognoz qilish usuli;
– ko‘p omilli tahlil asosida prognoz qilish usuli.
Haqiqiy erishilgan darajadan kelib chiqib prognoz qilish usuli
oldingi hisobot davrlaridagi haqiqatdagi tushumlar to‘g‘risidagi
125
ma’lumotlarni tahlil qilishga asoslanadi. Mazkur usulni qo‘llashda
prognoz qilinayotgan davr uchun kutilayotgan tushumlar summasi
o‘tgan hisobot davrlaridagi haqiqatdagi tushumlarga nisbatan koef-
fi
tsiyent qo‘llash orqali hisoblab chiqiladi. Koef
fi
tsiyentni aniq-
lashda turli xil matematik hisob-kitoblardan foydalanish mumkin
(masalan, ekstrapolyatsiya usuli).
Kutilayotgan soliq tushumlarining hisob-kitobida soliq to‘lov-
chilar tomonidan taqdim etilgan soliq hisobotlari ma’lumotlaridan
ham foydalanish mumkin.
Tumanlar miqyosida hisoblangan soliqlar bo‘yicha tushumlar-
ning prognoz summalari esa viloyat soliq boshqarmalarida jamlanib
Dav lat soliq qo‘mitasiga uzatiladi.
Xuddi shu tariqa respublika miqyosida soliqlar bo‘yicha tu-
shum larning prognoz summalari ham barcha hududiy davlat so liq
boshqarmalaridagi kutilayotgan tushumlarni jamlash orqali hisob-
lab chiqiladi.
Mikroiqtisodiy ko‘rsatkichlar (korxona ma’lumotlari) asosida
prognoz qilish usulida soliqlar bo‘yicha kutilayotgan tushumlar
hisob-kitobi soliq to‘lovchilarning soliq organlariga taqdim
etadigan moliyaviy va buxgalteriya hisobotlari (balans, moliyaviy
natijalar to‘g‘risidagi hisobot va b.) ma’lumotlari asosida amalga
oshiriladi.
Mazkur usulda katta hajmdagi moliyaviy va buxgalteriya hiso-
botlari ma’lumotlarini yuritish zarur bo‘lganligi va bu juda ko‘p
vaqt talab qilganligi bois, soliq organlarida ushbu hisobotlarning
ma’lumotlari kiritib boriladigan dasturiy mahsulot ishlab chiqilgan
va kerakli ma’lumotlar avtomatlashgan tarzda prognoz ishiga jalb
qilinadi.
Mikroiqtisodiy ko‘rsatkichlar asosida prognoz qilish usulida
ham soliqlar bo‘yicha kutilayotgan tushumlar hisob-kitobi uchchala
darajada, ya’ni tuman, hudud va respublika miqyosida amalga
oshiriladi.
126
Davlat budjeti daromadlarini makroiqtisodiy ko‘rsatkichlar aso-
sida ham prognoz qilinishi mumkin. Ushbu usuldan faqat hu dud va
respublika miqyosida soliq tushumlarini prognoz qilishda qo‘l keladi.
Prognoz hisob-kitoblarida yalpi ichki mahsulot yoki yalpi hududiy
mahsulot, uning tarkibiy elementlari, yalpi ish haqi fondi, eksport,
import hajmi kabi makroiqtisodiy ko‘rsatkichlar qat nashadi.
Ko‘p omilli tahlil asosida prognoz qilish usulidan foydalanishda
korxonalarning mahsulot ishlab chiqarish hajmi, qiymat ko‘rsat kich-
lari, valuta kursi, soliq to‘lovchilar soni, imtiyozga ega bo‘lganlar
soni, soliq stavkalari va boshqa shu kabi omillar tahlil qilinadi.
Ko‘p omilli tahlil asosida prognoz qilish usuli ham uch toifaga
bo‘linadi:
– budjetga tushumlarni iqtisodiyot tarmoqlari bo‘yicha prognoz
qilish usuli. Bu iqtisodiy faoliyat turlariga qarab (OKONX)
soliqlarni turkumlagan holda tahlil qilishga asoslangan prognozdir.
Bunday ajratish iqtisodiy jarayonlar, makroiqtisodiy omillar, narx
konyunkturasi o‘rtasidagi o‘zaro aloqadorlik va ularning soliqlarga
ta’sirini aniqlash va kuzatish imkonini beradi.
– yig‘ma moliyaviy va tarmoqlararo balans usuli. Bu usul ishlab
chiqarish, muomala, iste’mol va jamg‘arish o‘rtasidagi, daromadlar,
xarajatlar va yakuniy talab hamda soliq tushumlari o‘rtasidagi
bog‘liqlikni kompleks ravishda o‘rganish uchun qo‘llaniladi.
– budjetga tushumlarni soliqlarning yalpi ichki mahsulotga
nisbatan elastikligini baholash asosida prognoz qilish usuli.
Davlat soliq xizmati organlarida soliq va majburiy to‘lovlarni
prognoz ko‘rsatkichlari uchta variantda: yirik soliq manbalari;
haqiqatda tushgan soliq va to‘lovlar tushumini tahlili asosida;
korxona va tashkilotlarning moliyaviy xo‘jalik faoliyati to‘g‘risidagi
ma’lumotlarga ko‘ra tuziladi.
Yirik soliq manbalari bo‘yicha prognoz qilishda asosiy 8 ta soliq
turi, ya’ni QQS, foyda solig‘i, daromad solig‘i, aksiz solig‘i, yer
solig‘i, mol-mulk solig‘i, suv resurslaridan foydalanganlik uchun
soliq, yer qa’ridan foydalanganlik uchun soliqlar bo‘yicha tahlil
127
amalga oshiriladi, chunki jami soliq tushumlari ichida ushbu soliq
turlaridan tushgan tushum qariyb 90 % ni tashkil qiladi.
Oxirgi variant bo‘yicha prognoz qilishda Makroiqtisodiyot va
statistika vazirligi, quyi statistika idoralari tomonidan tayyorlangan
korxonalarning moliyaviy natijalari hisobotlari; ishlab chiqarish
hajmi; mehnat va mehnatga haq to‘lash haqidagi hisobotlar; mahsulot
tannarxi; tayyor mahsulot realizatsiyasi to‘g‘risidagi hisobotlar;
korxonalarning debitorlik va kreditorlik qarzlari to‘g‘risidagi ma’lu-
motlar; amaldagi soliq stavkalari; soliq turlari bo‘yicha berilgan
imtiyozlar va boshqa ma’lumotlardan foydalaniladi.
Davlat budjetini daromad qismi loyihasini tayyorlash, ko‘rib
chiqish va qabul qilish.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va
Toshkent shahar hokimlari, davlat maqsadli jamg‘armalarini taq-
simlovchi organlar tomonidan joriy yilning birinchi iyulidan ke-
chiktirmay O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligiga budjet
so‘rovlari taqdim etiladi.
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi kelgusi moliya yiliga
mo‘ljallangan Davlat budjeti loyihasini tayyorlaydi. Davlat budjeti
loyihasini joriy yilning o‘n beshinchi sentabrigacha O‘zbekiston
Respublikasi Hisob palatasiga yuboradi. Davlat budjeti loyihasini
O‘zbekiston Respublikasi Hisob palatasining tegishli xulosasi bilan
birga joriy yilning birinchi oktabrigacha O‘zbekiston Respublikasi
Vazirlar Mahkamasiga taqdim etadi.
Davlat budjeti loyihasini budjet mablag‘lari oluvchilar taqdim
etgan buyurtmalarga va Davlat budjetining tuzilmasiga kiruvchi
budjetlar loyihalariga muvo
fi
q tayyorlaydi.
Kelgusi moliya yiliga mo‘ljallangan Davlat budjeti loyihasida
budjet tasni
fi
ga muvo
fi
q aks ettiriladigan Davlat budjeti daromadlari
va xarajatlari ham o‘z aksini topadi.
Kelgusi moliya yiliga mo‘ljallangan Davlat budjeti loyihasini
tayyorlash jarayonini muvo
fi
qlashtirish va nazorat qilishni O‘zbe-
kiston Respublikasining Bosh vaziri amalga oshiradi.
128
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi vakil qilingan vazir-
liklar, davlat qo‘mitalari, idoralar, shuningdek tegishli tashkilotlar
bilan birgalikda budjetnoma loyihasini ishlab chiqadi va birinchi
oktabrgacha O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga ki-
ritadi.
Budjetnoma O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi to-
monidan joriy yilning o‘n beshinchi oktabridan kechiktirmay O‘z-
bekiston Respublikasi Oliy Majlisiga kiritiladi.
Davlat budjetini qabul qilish O‘zbekiston Respublikasi Oliy
Majlisi vakolatiga kiradi.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi tomonidan qabul qilingan
davlat budjeti tegishli hokimiyat vakillik organlari tomonidan qabul
qilinadi.
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va boshqa moliya
organlari Davlat budjeti va uning tuzilmasiga kiruvchi budjetlarning
qonun hujjatlarida belgilangan ko‘rsatkichlar doirasida bajarilishi
uchun mas’ul hisoblanadi. O‘zbekiston Respublikasi Moliya
vazirligi Davlat budjeti daromadlari va xarajatlarini boshqarishni
hamda budjet ijrosi nazoratini amalga oshiradi.
Dostları ilə paylaş: |