Soliq statistikasi indd


O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti tizimi



Yüklə 0,94 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə35/158
tarix04.10.2023
ölçüsü0,94 Mb.
#152187
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   158
soliq statistikasi va prognozi

O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti tizimi
Qoraqalpog‘iston Respublikasi budjetining, viloyatlar va Tosh-
kent shahar mahalliy budjetlarining tuzilmasi o‘z ichiga Qo raqal-
pog‘iston Respublikasining respublika budjeti, Qoraqal 
pog‘is-
ton Respublikasi tumanlari va shaharlarining budjetlari, viloyat 
bud jeti, tegishli viloyatlar tumanlari va shaharlarining budjetlari, 
Toshkent shahar budjeti va shahar tarkibiga kiruvchi tumanlarning 
budjetlarini oladi.
O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti daromadlari respublika 
budjeti hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasi budjeti, viloyatlar va 
Toshkent shahar mahalliy budjetlari daromadlarini o‘z ichiga oladi. 
Budjet daromadlari tarkibiga quyidagilar kiradi:
– soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlar;
– davlat aktivlarini joylashtirish, foydalanishga berish va so-
tish dan olingan daromadlar;
– meros, hadya huquqi bo‘yicha davlat mulkiga o‘tgan pul mab-
lag‘lari;
– yuridik va jismoniy shaxslardan, shuningdek chet davlatlardan 
tushadigan qaytarilmaydigan pul tushumlari;
– rezident-yuridik shaxslarga berilgan budjet ssudalarini va chet 
davlatlarga ajratilgan kreditlarni to‘lash hisobidan to‘lovlar;
– boshqa daromadlar
14
.
14
O‘zbekiston Respublikasining Budjet kodeksi (O‘zbekiston Respublikasi 
qonun hujjatlari to‘plami, 2013-y., 52-I son).


112
Davlat budjetining “Boshqa daromadlar” moddasi, o‘z nav ba-
tida, davlat bojlari, yig‘imlar, tovon pullari, kompensatsiya to‘lov-
lari va jarima sanksiyalari, aksiyalarning davlat ulushi bo‘yicha 
dividendlar, mobil aloqa xizmatlari ko‘rsatuvchi yuridik shaxslar 
tomonidan abonent raqamidan foydalanganlik uchun to‘lov, 
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining foydasi va boshqa 
daromadlarni o‘zida jamlaydi.
O‘zbekiston Respublikasining respublika budjetidan ajrati ladi-
gan subvensiyalar, o‘tkazib beriladigan daromadlar va dotatsiyalar 
Qoraqalpog‘iston Respublikasi respublika budjetining, viloyatlar 
viloyat budjetlarining va Toshkent shahri shahar budjetining daro-
madlari hisoblanadi.
O‘zbekiston Respublikasining budjet tizimida konsolidatsiya-
lashgan budjet tushunchasi ham ishlatiladi. Moliya yili yakunlari 
bo‘yicha tahliliy maqsadlar uchun hamda budjet tizimi budjetlarining 
barcha tushumlari va xarajatlarini hamda O‘zbekiston Respublikasi 
Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasi mablag‘larini, ular o‘rtasidagi 
transfertlarni hisobga olmagan holda hisobga olib borish maqsadida 
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan O‘zbekiston 
Respublikasining konsolidatsiyalashgan budjeti tuziladi. O‘zbe-
kiston Respublikasining konsolidatsiyalashgan budjeti tarkibi 4–4-
chizmada ko‘rsatilgan.
O‘zbekiston Respublikasining konsolidatsiyalashgan budjet 
tarkibiga kiruvchi Davlat maqsadli jamg‘armalarining aksariyati 
O‘zbekiston Respublikasining Moliya vazirligi huzurida tashkil 
qilingan. Davlat maqsadli jamg‘armalari tarkibiga O‘zbekiston 
Res publikasi Moliya vazirligi huzurida tashkil qilinuvchi budjetdan 
tash qari Pensiya jamg‘armasi, Respublika yo‘l jamg‘armasi, bud-
jet dan tashqari umumta’lim maktablari, kasb-hunar kollejlari, aka-
demik litseylar va tibbiyot muassasalarini rekonstruksiya qilish, 
mukammal ta’mirlash va jihozlash jamg‘armasi, Sug‘oriladigan 
yerlarning meliorativ holatini yaxshilash jamg‘armasi, oliy o‘quv 
yurtlarining moddiy-texnika bazasini rivojlantirish jamg‘armalarini, 


113
O‘zbekiston 
Respublikasi
Tiklanish va
taraqqiyot
jamg‘armasi 
mablag‘lari
Davlat budjeti
Davlat maqsadli 
jamg‘armalarining 
budjetlari
O‘zbekiston Respublikasining 
konsolidatsiyalashgan budjeti tarkibi
shuningdek, Davlat mulkini xususiylashtirishdan tushgan mablag‘-
lar jamg‘armasi, O‘zbekiston Respublikasining Bandlikka ko‘mak-
lashish davlat jamg‘armalari kiradi.
4–4-chizma

Yüklə 0,94 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   158




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin