Soliq statistikasi indd


Davlat maqsadli jamg‘armalari



Yüklə 0,94 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə37/158
tarix04.10.2023
ölçüsü0,94 Mb.
#152187
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   158
soliq statistikasi va prognozi

Davlat maqsadli jamg‘armalari
T/r
Daromad turlari
1. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Respublika yo‘l
2. O‘zbekiston Respublikasi Davlat mulkini boshqarish davlat 
qo‘mitasining maxsus hisobvarag‘i
3. Ish bilan ta’minlashga ko‘maklashuvchi davlat jamg‘armasi
4. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Budjetdan tashqari 
Pensiya jamg‘armasi
Davlat maqsadli jamg‘armalarini tuzish, jamg‘arma mablag‘ la-
rini shakllantirish va ulardan foydalanish tartibi O‘zbekiston Res-
pub likasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi. 
Xulosa qilib aytganda, hozirgi vaqtda O‘zbekiston Respublikasi 
Davlat budjetining quyidagi daromad tushumlari bo‘yicha prog-
noz lash tashkil qilinadi:
I.Maqsadsiz fondlarning daromadlari.
1. To‘g‘ri soliqlar:
– yuridik shaxslardan olinadigan foyda solig‘i;
– jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i;
– jismoniy shaxslarning tadbirkorlik faoliyatidan olinadigan so-
liq;
– mikro
fi
rma va kichik korxonalardan olinadigan yagona soliq 
to‘lovi.
2. Egri soliqlar.
– qo‘shilgan qiymat solig‘i; 
– aksiz solig‘i.
3.Resurs to‘lovlari va mol-mulk soliqlari.
– yuridik shaxslar mol-mulkiga solinadigan soliq;
– jismoniy shaxslar mol-mulkiga solinadigan soliq;


116
– yer solig‘i;
– yuridik shaxslarning noqishloq xo‘jalik maqsadlarida foyda-
lanadigan yerlaridan olinadigan yer solig‘i;
– jismoniy shaxslardan olinadigan yer solig‘i;
– yer qa’ridan foydalanganlik uchun soliq;
– suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq;
3. Davlat boji.
4. Davlat mulkini sotishdan tushgan tushum.
5. Jarimalar.
6. Davlat avtomobil nazorati (DAN) yig‘imlari.
7. Mahalliy soliqlar va yig‘imlar:
– obodonlashtirish va ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish so-
lig‘i; 
II. Maqsadli jamg‘armalarning daromadlari.
1. Pensiya jamg‘armasi.
2. Ish bilan bandlik jamg‘armasi.
3. Yo‘l jamg‘armasi.
Soliq tushumlari prognozlashni tashkil qilish tamoyillari O‘zbe-
kiston Respublikasi budjet tizimi tuzilishining asosiy tamoyillariga 
mos keladi. Shu sababli soliq tushumlarini prognozlashda quyidagi 
tamoyillarga amal qilinadi:
– budjet tasni
fi
tizimi, hisob-budjet hujjatlari va budjet jarayoni 
tuzilishining yagonaligi;
– budjet tuzilishining O‘zbekiston Respublikasi ma’muriy-hu-
dudiy tuzilishiga muvo
fi
qligi;
– turli darajadagi budjetlarning o‘zaro bog‘liqligi;
– davlat budjetining balansliligi;
– davlat daromadlarining manbalar bo‘yicha va xarajatlarini 
yo‘nalishlari (moddalari) bo‘yicha rejalashtirish;
– davlat budjeti xarajatlarini budjetdan ajratiladigan tasdiqlan-
gan mablag‘ doirasida sar
fl
ash;
– barcha darajadagi budjetlarning mustaqilligi.


117
Barcha darajadagi budjetlarni shakllantirish, ko‘rib chiqqish, 
qabul qilish va ularning ijrosi hisobini yuritish O‘zbekiston Res-
publikasining milliy valutasi – so‘mda amalga oshiriladi.
Davlat budjeti daromadlarining tasni
fi
ularni turlari va manbalari 
bo‘yicha guruhlashdan iborat bo‘ladi.
O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjetining daromad qismini 
prognozlashtirishda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi, 
davlat hokimiyati organlari, Moliya vazirligi, soliq idoralari o‘z-
larining vakolat doirasida qatnashadilar. 
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi soliq tushumlarini 
prognoz qilishga oid jarayonida quyidagi vazifalarni bajaradi: 
– Davlat budjeti loyihasi ishlab chiqilishini tashkil etadi va uni 
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga taqdim etadi;
– Davlat budjetining ijrosini tashkil etadi;
– O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va davlat boshqa-
ruvi boshqa organlarining Davlat budjetini ijro etish borasidagi 
ishlarini muvo
fi
qlashtiradi va nazorat qiladi;
– davlat maqsadli jamg‘armalari mablag‘larini shakllantirish va 
ulardan foydalanish tartibini belgilaydi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi va mahalliy 
hokimiyat vakillik organlari soliq tushumlarini prognoz qilish jara-
yonida quyidagi vazifalarni bajaradi:
– Qoraqalpog‘iston Respublikasi budjetini va mahalliy budjet-
larni qabul qiladi, shuningdek ularning ijrosi to‘g‘risidagi hiso bot-
larni tasdiqlaydi;
– mahalliy soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlar miqdorlarini 
belgilaydi, mahalliy soliqlar bo‘yicha imtiyozlar beradi; 
– Qoraqalpog‘iston Respublikasi budjeti va mahalliy budjetlar 
loyihalarini tegishli ravishda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘-
qorg‘i Kengesi va mahalliy hokimiyat vakillik organlari qabul qi-
lishi uchun taqdim etadi hamda ularning ijrosi to‘g‘risida hisobotlar 
tuzadi;


118
– budjetga tushumlar to‘liq va o‘z vaqtida tushishi hamda bud-
jet mablag‘laridan belgilangan maqsadda foydalanilishi ustidan 
nazoratni tashkil etadi.
Davlat budjeti loyihasini tayyorlash vazifasi O‘zbekiston Res-
publikasi Moliya vazirligi vakolatiga kiradi.
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi vakil qilingan vazir-
liklar, davlat qo‘mitalari, idoralar, shuningdek tegishli tashkilotlar 
bilan birgalikda budjetnoma loyihasini ishlab chiqadi va birinchi 
oktabrgacha O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga ki-
ritadi. Budjetnoma loyihasida quyidagilar ham o‘z aksini topishi 
lozim: 
– mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning o‘tgan yilgi 
asosiy yakunlari va mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish-
ning joriy yilgi yakunlarining prognoz bahosi;
– o‘tgan yilgi Davlat budjeti ijrosi to‘g‘risidagi hisobot O‘zbe-
kiston Respublikasi Hisob palatasining tegishli xulosasi bilan va 
joriy yilgi Davlat budjetining kutilayotgan ijrosi bahosi; 
– kelgusi yilga mo‘ljallangan Davlat budjeti loyihasini tuzishda 
asos bo‘lgan kelgusi yilning asosiy makroiqtisodiy ko‘rsatkichlari;
– mamlakat budjet va soliq siyosatining kelgusi yilgi asosiy 
yo‘nalishlari loyihasi O‘zbekiston Respublikasi Hisob palatasining 
tegishli xulosasi bilan; 
– mamlakat budjet va soliq siyosatining kelgusi yilgi asosiy 
yo‘nalishlariga sharhlar;
– davlat ichki va tashqi qarzlari hamda ular bo‘yicha xarajatlar 
holati to‘g‘risidagi ma’lumotlar;
– kelgusi moliya yiliga mo‘ljallangan Davlat budjeti loyihasi 
O‘z 
bekiston Respublikasi Hisob palatasining tegishli xulosasi 
bilan. 
Budjetnoma O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi to-
monidan joriy yilning o‘n beshinchi oktabridan kechiktirmay O‘z-
bekiston Respublikasi Oliy Majlisiga kiritiladi. 


119
Soliqlar va boshqa majburiy tushumlar prognozini amalga oshi-
rishda mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning o‘tgan yilgi 
asosiy yakunlari va mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish-
ning joriy yilgi yakunlarining prognoz bahosi.
Mamlakatni, shuningdek, hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivoj-
lantirishning o‘tgan yilgi asosiy yakunlari va mamlakatni ijtimoiy-
iqtisodiy rivojlantirishning joriy yilgi yakunlarining prognoz bahosi, 
kelgusi yilga mo‘ljallangan Davlat budjeti loyihasini tuzishda 
asos bo‘lgan kelgusi yilning asosiy makroiqtisodiy ko‘rsatkichlari 
tahliliy o‘rganiladi. Bunda o‘tgan, joriy va prognozlashtiriluvchi 
yillarga taalluqli bo‘lgan quyidagi makro-iqtisodiy ko‘rsatkichlar 
tahliliy o‘rganiladi:
1. Yalpi ichki mahsulotning o‘sish sur’ati.
2. Sanoat mahsuloti ishlab chiqarish hajmining o‘sish sur’ati.
3. Qishloq xo‘jaligi mahsulotlari hajmining o‘sish sur’ati.
4. Pudrat qurilish ishlari hajmining o‘sish sur’ati.
5. Chakana tovar aylanmasi hajmining o‘sish sur’ati.
6. In
fl
atsiya sur’atlari.
7. Davlat budjeti yalpi ichki mahsulotga nisbatan pro
fi
tsit yoki 
di
fi
tsit miqdori.
8. Ijtimoiy sohani rivojlantirish xarajatlari.
9. Budjet tashkilotlari xodimlari ish haqi, pensiyalar, nafaqalar 
va stipendiyalar miqdori.
10. Investitsiyalar hajmi.
11. Eksport hajmining o‘sish sur’ati.
12. Yalpi ichki mahsulotda kichik biznes ulushi.
13. Xizmatlar sohasini o‘sish sur’ati.
14. Aholi bandligi dasturlarini amalga oshirish.
15. Yangi ish o‘rinlarini tashkil etiish.
16. Hududlarni kompleks rivojlantirish, ya’ni: sanoatni rivoj-
lantirish, birinchi navbatda qishloq xo‘jaligi mahsulotlari va mineral 
xomashyoni chuqur qayta ishlash, qishloq joylarda zamonaviy 


120
xizmatlar va servis sohasini tashkil etish, kichik biznes va xususiy 
tadbirkorlikni jadal rivojlantirish hisobiga kompleks rivojlantirishni 
ta’minlash imkoniyatlari.
17. Soliq to‘lovchilar va ular to‘lagan soliqlar bo‘yicha hisob 
axborotlari; 
18. Amaldagi va kelajakdagi soliq stavkalari; 
19. Amaldagi va kelajakdagi soliqlar bo‘yicha soliq to‘lovchilar-
ga berilgan imtiyozlar.
20. Boshqa ma’lumotlar. 
Soliq to‘lovchilar va ular to‘lagan soliqlar bo‘yicha hisob ax bo-
rotlari, soliq stavkalari, soliqlar bo‘yicha soliq to‘lovchilarga beril-
gan imtiyozlar soliq idoralaridagi mavjud hisobot ma’lumotlari dan 
foydalaniladi.
Soliq va majburiy to‘lovlarni prognoz qilish uchun zarur bo‘lgan 
ma’lumotlar soliq idoralarining quyidagi shakldagi hisobotlaridan 
olinadi:
– forma 

25 jamlama reyestr. Forma 

25 reyestr bo‘yicha 
hisobga olinadigan soliqlar va yig‘imlar tuman davlat soliq ins-
peksiyasidan ro‘yxatdan o‘tgan soliq to‘lovchi yuridik va jismoniy 
shaxslarning soliq hamda budjet to‘lovlari bo‘yicha ochilgan 
shaxsiy varaqalari har bir soliq turi bo‘yicha alohida yuritiladi;
– forma 

1-N (qisqa) kunlik va Shakl 

2 (to‘liq) hisobotlar. 
Tuman davlat soliq inspeksiyalarida va yuqori soliq organlarida 
davlat budjetining daromadlari qismiga tushadigan to‘lovlar bo‘-
yicha kunlik, oylik, choraklik va yillik haqiqiy tushum uchun hi-
sobot; 
– Qo‘shilgan qiymat va Aksiz soliqlari bo‘yicha kartochka 


va 

6;
– kartochka 

9 shakl(qo‘shma korxonalarning aksiya, obli-
gatsiya va qimmatli qog‘ozlar bo‘yicha olgan dividendlari hisobi, 
chet el yuridik shaxslarining Respublikamizda olgan daromadlari 
bo‘yicha to‘lovlar hisobi);


121
– Davlat tomonidan musodara qilingan tovar va moddiy qiy-
matliklar, egasiz mollar bo‘yicha tushumlar hisobi kartochkasi- 


shakl;
– ma’muriy va moliyaviy jarimalar hisobi -forma 

11 kitobida 
yoki 

25 reyestrda;
– jismoniy shaxslardan undiriladigan daromad solig‘i, mol-
mulk solig‘i va yer solig‘i hisobi 

1 va 

26 shaxsiy hisob daf-
tarlari.
Tasdiqlangan va amalda foydalaniladigan hisobotlardan asosiysi 
bu «hisoblangan va davlat budjetiga haqiqatda tushgan soliqlar 
va boshqa majburiy to‘lovlar summasi to‘g‘risida» gi 1–«N» hi-
soboti. 
1 – «N» hisobotida umumiy soliqlar tushumi va soliq turlari 
bo‘yicha hukumat tomonidan belgilangan prognoz ko‘rsatkichlari, 
haqiqatda budjetga o‘tkazilgan summalar, o‘rtasidagi farqi va baja-
rilish foizlari aks ettiriladi. Ko‘rsatkichlar yil boshidan, chorak va 
oy boshidan o‘sib borish surati bilan jamlanib boriladi.
Hisobotlar har oyning 1-sanasiga soliq turlari bo‘yicha to‘liq va 
asosiy soliq turlari bo‘yicha qisqartirilgan shaklda har oyning 16 
sanasiga jamlanadi. 
Tuzilgan hisobot davlat boshqaruv, moliya, statistika idoralariga 
foydalanish uchun taqdim etiladi. Hisobotdagi ma’lumotlar orqali 
respublika va mahalliy budjetlarning bajarilishi tahlil qilinadi. 
Ushbu hisobot asosida Moliya Vazirligi davlat budjetini daromad 
qismini to‘ldirilishini va budjetning xarajat qismini yetarli mablag‘ 
bilan ta’minlanishini tahlil qilib, kerakli chora-tadbirlar belgilab 
oladi. 
Olib borilgan ishlar «Soliq to‘lovchilar faoliyatini nazorat qilish 
to‘g‘risida»gi 2-«N» hisobotida aks ettiriladi.
Bu hisobotda quyidagi ko‘rsatkichlar aks ettiriladi:
– davlat soliq inspeksiyasida ro‘yxatdan o‘tgan soliq to‘lovchi 
huquqiy va jismoniy shaxslar soni;


122
– ular tomonidan budjetga o‘tkazilgan soliqlar va majburiy to‘-
lovlar summasi;
– soliq to‘lovchi huquqiy va jismoniy shaxslar faoliyatini 
nazorat qilish borasida o‘tkazilgan tekshirishlar, aniqlangan qo-
nun buzarchiliklar va ko‘rilgan moliyaviy, ma’muriy choralar, ja-
rimalar;
2-«N» hisobotidagi ma’lumotlarini soliq inspeksiyasining na zo-
rat ishlarini baholovchi asosiy ko‘rsatkichlar deb hisoblasa bo‘ ladi.
Bu hisobot quyidagi turlarga bo‘linadi:
– to‘liq hisobot. Bu hisobot turi yarim yillik va bir yillik shaklida 
o‘sib borish tartibi bilan tuziladi. Bu hisobotda hududdagi jami 
soliq to‘lovchilar mulkchilik shakliga, tarmoqlarga mansubligiga 
asosan ko‘rsatiladi, ularning to‘lagan soliq summalari, faoliyatini 
tekshirish natijalari aks ettiriladi;
– har oyning boshida tuziladigan qisqartirilgan turi. Hisobotning 
bu shaklida soliq to‘lovchi yuridik va jismoniy shaxslarni umumiy 
soni, tekshirishlar soni, aniqlangan qonunbuzarliklar va ko‘rilgan 
moliyaviy, ma’muriy choralar va jarimalar aks ettiriladi.
Davlat soliq organlarida «Xo‘jalik yurituvchi subyektlarni bo-
qimandasi to‘g‘risida»gi «1–N-N» hisoboti tuziladi. 
Ushbu hisobotda xalq xo‘jaligi tarmoqlariga mansub xo‘jalik 
yurituvchi subyektlar, ularning soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlar 
bo‘yicha boqimanda summasi, hisoblangan penya summalari aks 
ettiriladi.
Bu turdagi hisobot har oyning boshiga soliq inspeksiyalaridan 
viloyat soliq boshqarmalariga, viloyat soliq boshqarmalaridan 
Davlat soliq qo‘mitasiga uzatiladi. 
Bu hisobot natijalari Moliya Vazirligida, Davlat soliq qo‘mi-
tasida va tegishli vazirliklarda o‘rganib chiqib, ba’zi bir xo‘ja lik 
yurituvchi subyektlarga budjet bilan hisob-kitoblarni tako 
mil-
lashtirish va to‘lovlar intizomini mustahkamlash bo‘yicha Hukumat 
komissiyasiga boqimandani kamaytirish uchun imtiyozlar berilishi 
taklif qilinadi.


123
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 
15- noyabrdagi 444-sonli «O‘zbekiston Respublikasida pensiya ta’-
mi notini takomillashtirish to‘g‘risida»gi qaroriga binoan davlat so-
liq inspeksiyalarida va yuqori soliq organlarida «1-PF» hisobotini 
tu zish tashkil qilingan.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2003-yil 19-avgustda 
UP-3292 sonli «Umumiy foydalanishdagi avtomobil yo‘llarini 
qu rish va foydalanishni boshqarish tizimini takomillashtirish 
to‘g‘ri sida»gi farmoniga asosan davlat soliq inspeksiyalarida va 
yuqori soliq organlarida «1-N-DF» hisobotini tuzish tashkil qi-
lingan. 
Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi-
ning 2004-yil 7-iyundagi 263-sonli “Budjetdan tashqari maktab 
ta’limi jamg‘armasini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi 
qarorining qabul qilinishi bilan davlat soliq inspeksiyalarida va 
yuqori soliq organlarida «1-N-ShF» hisobotini tuzish tashkil qi-
lingan.
Ushbu hisobotda soliq to‘lovchilar tomonidan hisoblangan 
va budjetdan tashqari Pensiya Fondiga o‘tkazilgan summalar oy, 
chorak, yil boshidan aks ettirilgan holda ko‘rsatiladi.

Yüklə 0,94 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   158




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin