76
7.
Respublika yo‘l
jamg‘armasiga
majburiy to‘lovlar
sof tushum
8.
Yagona soliq to‘lovi
yalpi tushum
Soliq to‘lovchining mahsulot, tovar,
ish va xizmatlar sotuvidan
olgan tushumi asosida soliq bazasini
aniqlash usuli milliy soliq
tizimida keng foydalaniladi. Mazkur usul yordamida qo‘shilgan
qiymat solig‘i, tovarlarni importi uchun qo‘shilgan qiymat solig‘i,
ak
siz solig‘i, tovarlarni importi uchun aksiz solig‘i, jismoniy
shaxs
lardan transport vositalariga benzin, dizel yoqilg‘isi va
gaz ishlatganlik uchun olinadigan soliq, budjetdan tashqari pen-
siya jamg‘armasiga majburiy ajratmalar, Respublika yo‘l jam-
g‘armasiga majburiy to‘lovlar, yagona soliq to‘lovlari uchun so liq
bazalari aniqlanadi. Ko‘rsatilgan soliq turlari bo‘yicha soliq ba-
zasini aniqlashda mahsulot, tovarlarni sotishdan,
ish bajarishdan
va xizmat ko‘rsatishdan olingan yalpi tushum, sof tushumlardan
hisoblash asosi sifatida foydalaniladi.
Faqat, tovarlarni importi uchun qo‘shilgan qiymat solig‘i va
aksiz soliqlari soliq bazalarini import tovarlarining bojxona qiymati,
shuningdek O‘zbekiston Respublikasiga tovarlarni import qilishda
to‘lanishi lozim bo‘lgan aksiz solig‘ining, bojxona bojlarining sum-
malari tashkil qiladi.
Bundan tashqari, aksiz solig‘ining stavkalari mutlaq summada
belgilangan tovarlar bo‘yicha soliq solinadigan baza aksiz to‘ la-
nadigan tovarlarning naturada ifodalangan hajmi asosida aniq-
lanadi. Jismoniy shaxslarga transport vositalari uchun benzin,
dizel
yoqilg‘isi va gazning natura holidagi realizatsiya qilingan hajmi
soliq solinadigan baza sifatida e’tirof etiladi.
Soliq to‘lovchining mahsulot, tovar, ish va xizmatlar sotuvidan
olgan tushumi asosida aniqlanuvchi soliq bazasining kengayishiga
ijobiy va salbiy ta’sir qiluvchi qator omillar mavjud. Ta’sir qiluvchi
omillar soliq to‘lovchining mahsulot, tovar, ish va xizmatlar
77
sotuvidan olgan tushumi asosida aniqlanuvchi soliq bazasi hajmi
bilan funksional va nofunksional bog‘lanishga ega.
Soliq to‘lovchining mahsulot, tovar, ish va xizmatlar sotuvidan
olgan tushumi asosida aniqlanuvchi soliq bazalariga soliq
to‘lovchining hisobot davrida mahsulotni, tovarni sotishdan, ishni
bajarishdan va xizmat ko‘rsatishdan oladadigan yalpi tushumi,
sof tushumi, import tovarlarining bojxona qiymati, shuningdek
bojxona bojlarining summalari to‘g‘ri nisbatdagi bog‘lanishga
ega bo‘lib, sanalgan omillarning miqdorini oshishi soliq bazalarini
kengayishiga olib keladi. Bir so‘z bilan aytganda sotilgan mahsulot,
tovar, ish va xizmatlar baholari va birligining
oshishi soliq bazasini
oshishiga olib keladi. Bir vaqtda salbiy ta’sir qiluvchi omillar ham
mavjud. Mavjud imtiyozlar sonining ko‘payishi, soliq bazasiga
kirmaydigan tushumlar miqdorining oshishi, soliq to‘lovchilar
soning kamayishi va shu kabi boshqa omillar soliq to‘lovchining
mahsulot, tovar, ish va xizmatlar sotuvidan olgan tushumi asosida
aniqlanuvchi soliq bazasi miqdorini qisqarishiga olib keladi.
Bundan tashqari nofunksional bog‘lanishga ega bo‘lgan, salbiy
ta’sir qiluvchi omillar ham mavjud. Masalan, qo‘shilgan qiymat
solig‘i, aksiz solig‘i, respublika yo‘l jamg‘armasiga majburiy
to‘lovlar amalga oshiruvchi, yagona soliq to‘lovi to‘lovchilarining
moliyaviy ahvolini yomonlashuvi ham soliq bazasini qisqarishiga
olib kelishi mumkin.
Tovarlarning
naturada ifodalangan hajmi, jismoniy shaxslarga
transport vositalari uchun benzin, dizel yoqilg‘isi va gazning
natura holidagi realizatsiya miqdorlari o‘zgarishi mos ravishda
aksiz solig‘i va jismoniy shaxslardan transport vositalariga
benzin, dizel yoqilg‘isi va gaz ishlatganlik uchun olinadigan soliq
bazalari miqdoriga jiddiy ta’sir ko‘rsatish mumkin. Bunda ushbu
ko‘rsatkichlarning oshishiga olib keluvchi omillar bilvosita soliq
bazasini oshishiga ijobiy ta’sir qiladi.
Soliq to‘lovchining tadbirkorlik maqsadida foydalangan re-
surslari asosida soliq bazasini aniqlash usuli yer qa’ridan
foyda-
78
langanlik uchun soliq, qo‘shimcha foyda solig‘i, tijoratbop
to pil ma bonusi, suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq sum-
ma sini hisoblashda qo‘llaniladi. O‘zbekiston Respublikasi so liq
ko deksining 245, 250, 254, 260 moddalarida tadbirkorlik maq sa-
dida foydalanilgan resurslar uchun belgilanuvchi soliq bazalarini
hisoblash me’yorlari bayon qilingan.
3–3-jadval
Dostları ilə paylaş: