Soliq statistikasi indd


Soliqlarni to‘lash usullari



Yüklə 0,94 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə18/158
tarix04.10.2023
ölçüsü0,94 Mb.
#152187
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   158
soliq statistikasi va prognozi

Soliqlarni to‘lash usullari
Deklaratsiya usuli
Soliq to'lash usullari
Kadastr usuli
Manbada soliq to'lash usuli
Xarajat qilish vaqtida to'lash usuli
Soliq deklaratsiyasi – soliq to‘lovchning hisobot davrida so-
liq qa tortiladigan daromadga ega bo‘lganligi, soliq imtiyozlari 
mav judligi to‘g‘risidagi yozma arizasi. To‘lanishi lozim bo‘lgan 
soliq summasining miqdori soliq deklaratsiyasi yordamida belgi-
lanadi. Soliq idorasi xodimlari soliq deklaratsiyasi yordamida so-
liqlarni to‘g‘ri hisoblanganligini hamda budjetga to‘liqligicha o‘t-
kazilganligini nazorat qiladi.
Soliq deklaratsiyasi barcha soliq to‘lovchilar tomonidan, har bir 
soliq turi bo‘yicha taqdim qilinadi. 
O‘zbekiston sharoitida, soliq deklaratsiyasi jismoniy shaxslarning 
jami daromadlari bo‘yicha yillik deklaratsiya to‘ldiriladi. Ammo, 
yuridik shaxslar soliq majburiyatlari bo‘yicha soliq idoralariga soliq 
hisobotlarini taqdim etadilar. Yuridik shaxslarning soliq hisobotlari 
ham soliq deklaratsiyasi bajaruvchi funksiyani bajaradi.
Soliqqa tortish obyekti guruhlarga bo‘linib differensiatsiya 
qilinganda soliq to‘lashning kadastr usulidan foydalaniladi. Soliq 
obyektining guruhlari maxsus kadastr ro‘yxatida ko‘rsatiladi. 
Kadastrda ko‘rsatilgan har bir guruh uchun soliq solishning 
individual stavkasi qo‘llaniladi. Ushbu usulning xarakterli jihati 


59
shundan iboratki soliq miqdori soliq obyektining daromadlilik 
darajasiga bog‘liq emas.
O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksida to‘lov manbasida 
soliq undirish tartibi ham nazarda tutilgan. Budjetga to‘lanishi 
lozim bo‘lgan soliq summasi daromadni to‘lovchi shaxs tomonidan 
ushlab qolinib, budjetga o‘tkazadi. Boshqa so‘zlar bilan aytganda, 
daromad egasiga tushgunga qadar soliq summasi budjetga to‘lanadi. 
O‘zbekiston Respublikasida ish beruvchilar tomonidan ishchilarga 
ish haqi to‘lash vaqtida soliq summasi ushlab qolinadi.
Ayrim soliqlar xarajatlar amalga oshirish vaqtida to‘lanadi. 
Bunday usul egri soliqlarga xos hisoblanadi.

Yüklə 0,94 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   158




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin