Soliq statistikasi indd


Soliqqa tortiladigan baza va uning elementlariga



Yüklə 0,94 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə20/158
tarix04.10.2023
ölçüsü0,94 Mb.
#152187
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   158
soliq statistikasi va prognozi

3.2. Soliqqa tortiladigan baza va uning elementlariga
ta’sir etuvchi omillar
Soliqqa tortiladigan baza oldingi paragrafda ta’kidlanganidek, 
soliq solish obyektining qiymatiga oid, jismiy va boshqa tavsifdan 
iboratdir.
Soliq solinadigan bazani aniqlash usuli soliq solish obyektining 
turiga va tavsi
fi
ga bog‘liq. 
Soliq obyektining tavsi
fi
ga qarab soliq bazasini aniqlash usul-
larini quyidagi guruhlarga ajratishimiz mumkin:
– soliq to‘lovchining daromadi asosida soliq bazasini aniqlash;
– soliq to‘lovchining mahsulot, tovar, ish va xizmatlar sotuvidan 
olgan tushumi asosida aniqlanuvchi soliq bazasi;
– soliq to‘lovchining unga tegishli bo‘lgan mulki asosida soliq 
bazasini aniqlash usuli;
– soliq to‘lovchining tadbirkorlik maqsadida foydalangan 
resurslari asosida soliq bazasini aniqlash usuli;
– soliq to‘lovchining faoliyat turiga qarab soliq bazasini aniqlash 
usuli. 3–1-jadvalga qarang. 
Yuridik shaxslardan olinadigan foyda solig‘ini hisoblash ba za-
si jami daromad bilan chegirib tashlanadigan xarajatlar o‘rtasidagi 


73
farqdan mavjud imtiyozlar va soliq solinadigan foydaning ka-
maytirilishi summalarini ayirib tashlangan holda aniqlanadi
3–1-jadval
Soliq to‘lovchining daromadi asosida soliq bazasini aniqlash
T/r
Soliq turi
Soliqqa tortish bazasini aniqlash 
xususiyati
1.
Yuridik shaxslardan
olinadigan foyda solig‘i
Soliq solinadigan baza jami daromad 
bilan chegirib tashlanadigan 
xarajatlar o‘rtasidagi farq sifatida
2.
Jismoniy shaxslardan
olinadigan daromad solig‘i
Jami daromaddan kelib chiqib, soliq 
solishdan ozod qilingan daromadlar 
chegirilgan holda aniqlanadi.
3.
Obodonlashtirish va ijtimoiy
infratuzilmani rivojlantirish 
solig‘i
Yuridik shaxslardan olinadigan foyda 
solig‘i chegirilganidan keyin yuridik 
shaxs ixtiyorida qoladigan foyda
4.
Yagona ijtimoiy to‘lov va
fuqarolarning budjetdan tashqari
pensiya jamg‘armasiga sug‘urta 
badallari
Mehnatga haq to‘lash daromadlari
O‘tgan soliq davrlariga tegishli zararlar summasiga soliq soli-
na digan baza kamaytiriladi.
Soliq to‘lovchining daromadi asosida obodonlashtirish va 
ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish solig‘i bazasi ham aniqlanadi. 
Yuridik shaxslardan olinadigan foyda solig‘ini hisoblash bazasidan 
farqli obodonlashtirish va ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish 
so lig‘i bazasi yuridik shaxslardan olinadigan foyda solig‘i che-
girilganidan keyin yuridik shaxs ixtiyorida qoladigan foyda soliq 
solinadigan baza hisoblanadi. Bunda soliq solinadigan baza olinishi 
lozim bo‘lgan yoki olingan dividendlar summasiga, qo‘shimcha 


74
foyda solig‘i to‘lovchilar uchun esa sof qo‘shimcha foyda sum ma-
siga ham kamaytiriladi. 
Jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘ini hisoblash 
bazasini aniqlash usuli ham yuridik shaxslardan olinadigan daromad 
solig‘ini hisoblash bazasini aniqlash usuliga mos keladi. Ya’ni jami 
daromaddan kelib chiqib, soliq solishdan ozod qilingan daromadlar 
chegirilgan holda aniqlanadi.
Soliq to‘lovchining daromadi asosida soliq bazasini aniqlash 
usulidan yagona ijtimoiy to‘lovni va sug‘urta badallarini hisoblashda 
ham foydalanishimiz mumkin. O‘zbekiston Respublikasi soliq 
kodeksining 307-moddasida yagona ijtimoiy to‘lovni va sug‘urta 
badallarini hisoblashda soliq solinadigan baza mehnatga haq to‘lash 
daromadlari jami summasi sifatida belgilanadi.
Soliq to‘lovchining daromadi asosida aniqlangan soliq bazasiga 
bir-qator omillar o‘z ta’sirini ko‘rsatadi. Soliq to‘lovchining da-
romad miqdorini oshishiga olib keluvchi omillar soliq bazasini 
kengayishiga olib kelishi mumkin. Yuridik shaxslardan olinadigan 
foyda solig‘ini hisoblashda mavjud bo‘lgan chegirib tashlanadigan 
xarajatlar, jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i hi-
soblashda chegiriluvchi soliq solishdan ozod qilingan daromadlar 
miqdorini oshishi soliq bazasini kamayishiga olib keladi. Obo don-
lashtirish va ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish solig‘i bazasining 
kengayishiga salbiy ta’sir qiluvchi boshqa omillar ham mavjud. 
Masalan, hisoblangan dividend miqdorining oshishi, oldingi hisobot 
davri zararlari miqdorining oshishi obodonlashtirish va ijtimoiy 
infratuzilmani rivojlantirish solig‘i bazasining kamayishiga olib 
kelishi mumkin. 
Yagona ijtimoiy to‘lov va fuqarolarning budjetdan tashqari pen-
siya jamg‘armasiga sug‘urta badallarining soliq bazasiga korxonada 
ishlovchi ishchilarga to‘lanuvchi, mehnat haqi ko‘ 
rinishidagi 
daromadlar miqdorining oshishi mazkur ijtimoiy to‘lov va sug‘urta 
badalining soliq bazasini oshishiga olib keladi. Masalan, korxona 
va tashkilotlarda ishlovchi xodimlar sonining oshishi. Ish haqi 


75
miqdorining oshishi va hokazo. Ammo soliq to‘lovchilarning sonini 
kamayishi, soliq to‘lovchilarga imtiyozlar berilishi ijtimoiy to‘lov 
va sug‘urta badalining soliq bazasini qisqarishiga olib keladi.
3–2-jadval

Yüklə 0,94 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   158




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin