Soliq statistikasi indd


Soliq to‘lovchining tadbirkorlik maqsadida foydalangan resurslari



Yüklə 0,94 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə22/158
tarix04.10.2023
ölçüsü0,94 Mb.
#152187
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   158
soliq statistikasi va prognozi

Soliq to‘lovchining tadbirkorlik maqsadida foydalangan resurslari
asosida soliq bazasini aniqlash usuli
T/r
Soliq turi
Soliqqa tortish bazasini aniqlash
xususiyati
1.
Yer qa’ridan 
foydalanganlik uchun 
soliq
Kavlab olingan (ajratib olingan) tayyor 
mahsulot hajmining hisobot davri uchun 
o‘rtacha olingan realizatsiya qilish bahosida 
hisoblab chiqilgan qiymati
2. Qo‘shimcha foyda solig‘i
Qo‘shimcha foyda summasi bilan 
qo‘shimcha foyda qismiga to‘g‘ri keladigan 
sof tushumdan hisoblab chiqarilgan soliq 
va boshqa majburiy to‘lovlar summasi 
o‘rtasidagi farq sifatida aniqlanadigan sof 
qo‘shimcha foyda
3.
Tijoratbop topilma 
bonusi
Foydali qazilmalar zaxiralarining qazib 
olinadigan hajmining qiymati
4.
Suv resurslaridan
foydalanganlik uchun 
soliq
Foydalanilgan suvning hajmi
Yer qa’ridan foydalanganlik uchun soliqni hisoblab chiqarish 
uchun soliq solinadigan bazasi kavlab olingan (ajratib olingan) tay-
yor mahsulot hajmining hisobot davri uchun o‘rtacha olingan rea-
lizatsiya qilish bahosida hisoblab chiqilgan qiymatida belgilanadi.


79
Qo‘shimcha foyda solig‘i solinadigan baza qo‘shimcha foyda 
summasi bilan qo‘shimcha foyda qismiga to‘g‘ri keladigan sof 
tushumdan hisoblab chiqarilgan soliq va boshqa majburiy to‘lovlar 
summasi o‘rtasidagi farq sifatida aniqlanadigan. 
Tijoratbop topilma bonusini hisoblashda vakolatli davlat organi 
tomonidan tasdiqlangan konda foydali qazilmalarning qazib 
olinadigan zaxiralari hajmi soliq solish obyekti hisoblansa, foydali 
qazilmalar zaxiralarining qazib olinadigan hajmining qiymati soliq 
solinadigan baza hisoblanadi. 
Suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq solish bazasi si-
fatida foydalanilgan suvning hajmi qabul qilinadi..
Suv resurslarining yer usti va yerosti manbalaridan olingan 
suv hajmi suv o‘lchagich asboblarining ko‘rsatkichlari asosida 
aniqlanadi. Suv o‘lchagich asboblari mavjud bo‘lmagan hollarda 
foydalanilgan suv hajmi suv olish limitlaridan, suv iste’molining 
texnologik va sanitariya normalaridan, ekinlar hamda dov-
daraxtlarni sug‘orish normalaridan yoki ma’lumotlarning to‘ g‘ri-
ligini ta’minlovchi boshqa usullardan kelib chiqqan holda aniq-
lanadi. 
Yer qa’ridan foydalanganlik uchun soliq, qo‘shimcha foyda 
solig‘i, tijoratbop topilma bonusi, suv resurslaridan foydalanganlik 
uchun soliq bazalari tadbirkorlik maqsadida foydalaniluvchi 
resurslar hajmiga bevosita bog‘liq. Tadbirkorlik faoliyatida soliq 
to‘lovchi qanchalik ko‘p tabiiy resurslardan foydalansa, shuncha 
ushbu soliq turlariga mos bo‘lgan soliq bazasi oshadi. 
Qo‘shimcha foyda solig‘i bazasi soliq belgilangan mahsulotlarni 
realizatsiya qilish natijasida olgan foyda miqdori bilan to‘g‘ri 
nisbatga ega bo‘lsa, qo‘shimcha foyda ulushiga to‘g‘ri keluvchi 
tushumdan olinuvchi soliq miqdorlarining oshishi bilan qarama-
qarshi nisibatni tashkil qiladi. 
Soliqning ushbu turlarida ham boshqa soliq turlaridagi kabi 
soliq sohasida beriluvchi imtiyozlar soliq bazasini kamayishiga 
sabab bo‘ladi.


80
3–4-jadval

Yüklə 0,94 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   158




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin