185
Foyda solig‘i tushumini prognoz ko‘rsatkichiga yuqorida kel-
tirilgan barcha iqtisodiy faktorlar katta ta’sir ko‘rsatadi. Dastlab,
foyda solig‘ini hisoblash uchun zarur bo‘lgan soliq bazasini
hisoblash talab qilinadi. Soliq bazasi qanchalik to‘g‘ri hisoblangan
bo‘lsa, budjetga tushadigan tushumning miqdori ham ko‘p bo‘ladi.
Prognozlashtirilayotgan yil uchun foyda solig‘ini rejalashtirishda
jami daromad tarkibi,
jami daromaddan chegirmalar, umidsiz qarz-
lar bo‘yicha ma’lumotlar, molyaviy jazo va penya summalari, asosiy
vositalar, qimmatli qog‘ozlar va boshqa aktivlarni sotishdan olgan
foyda (zararlari), amortizatsiya chegirmalari,
soliq imtiyozlari va
amaldagi soliq stavkalari to‘g‘risidagi ma’lumotlardan foyda-
laniladi.
Demak jamlangan statistik ma’lumotlar, soliq organlarida jam-
lanadigan budjetga undirilgan tushumlari, soliq to‘lovchi yuridik
shaxslarni moliyaviy faoliyati haqidagi hisobotlar asosida foyda
solig‘ini prognoz ko‘rsatkichlari hisoblab chiqiladi.
Birinchi usulda statistika organlari
tomonidan chop etilgan
hisobotlardan foydalanilsa, ikkinchi usulda budjetga haqiqatda
tush
gan tushumlarning o‘sish sur’atlaridan foydalangan holda
amal ga oshiriladi.
Foyda solig‘ini hisoblab chiqishda korxona faoliyati moliyaviy
natijalarini to‘g‘ri shakllantirish hamda shu faoliyat bilan bog‘liq
xarajatlarni hisoblash muhim ahamiyatga ega.
Rejalashtirilayotgan yil uchun soliq obyekti aniqlangandan
so‘ng soliqni prognoz qilishda belgilangan
soliq stavkalaridan
foyda lanadilar.
Foyda solig‘ining prognoz ko‘rsatkichlarini hisoblashda im-
tiyozlar summasi ham to‘g‘ridan to‘g‘ri prognozlashtirilgan tushum
summasiga ta’sir qiladi.
Foyda solig‘ining prognoz ko‘rsatkichlari asosan uchta usulda
amalga oshirilishi mumkin:
– yirik soliq manbalari;
– haqiqatda tushgan soliq va to‘lovlar tushumini tahlili asosida;
186
– korxona va tashkilotlarning moliyaviy xo‘jalik faoliyati to‘g‘-
risidagi ma’lumotlarga ko‘ra.
Makromanbalar bo‘yicha prognoz qilishda
asosiy soliq turlari
bo‘yicha, QQS, foyda solig‘i; jismoniy shaxslarning daromad
so lig‘i; aksiz solig‘i; yer solig‘i; mulk solig‘i; suv resurslaridan
foydalanganlik uchun soliq; yerosti boyliklaridan foydalanganlik
uchun soliqlar hisoblanadi, chunki jami
soliq tushumlari ichida
ushbu soliq turlaridan tushgan tushum asosiy o‘rinni egallaydi.
Birinchi variant bo‘yicha prognoz qilishda Makroiqtisodiy va
statistika idoralari tomonidan tayyorlangan korxonalarning moliya-
viy natijalari hisobotlari, korxonalarni ishlab chiqarish hajmi, meh-
nat va mehnatga haq to‘lash haqidagi hisobotlar,
mahsulotning
tannarxi, tayyor mahsulotni realizatsiyasi to‘g‘risidagi hisobotlari,
kor xonalarni debitorlik va kreditorlik qarzlari to‘g‘risidagi ma’lu-
motlar, soliq stavkalari, soliq turlari bo‘yicha berilgan imtiyozlar
va boshqa ma’lumotlardan foydalaniladi.
6–16-jadval
Dostları ilə paylaş: