174
6. Uzatish moslamalari
7. Mashina va uskunalar
8. Mebel va o
fi
s jihozlari
9. Kompyuter jihozlari va hisoblash texnikasi
10. Transport
vositalari
11. Ishchi hayvonlar
12. Mahsuldor hayvonlar
13. Ko‘p yillik o‘simliklar
14. Boshqa asosiy vositalar
15. Konservatsiya qilingan asosiy vositalar
16. Uzoq muddatli ijara (lizing) ga olingan asosiy vositalar
Jami asosiy vositalar
shundan:
17. ishlab chiqarish
18. noishlab chiqarish
19. Yil davomida sotib olingan asosiy vositalar, jami shu jumladan:
20. o‘z mablag‘lari hisobiga
21. bank krediti
hisobiga
22. boshqa qarzga olingan mablag‘lar hisobiga
23. Tugallanmagan qurilish
Asosiy vositalar harakati to‘g‘risidagi hisobotda soliq to‘lov-
chiga tegishli bo‘lgan asosiy vositalarning boshlang‘ich (qayta
tiklash) qiymati, jamg‘arilgan eskirishi, qoldiq qiymati, yil boshidagi
qoldig‘i, kelib tushgan,
chiqib ketgan qiymati, yil oxiriga qoldig‘i
aks ettiriladi.6–12-jadvalga qarang.
175
6.3. Soliq organlarida tuziladigan soliq va boshqa majburiy
to‘lovlar to‘g‘risidagi hisobot turlari hamda foyda solig‘i
bo‘yicha soliq stavkalari
Soliq organlarida tuziladigan soliqlar va boshqa majburiy to‘-
lovlar tushumi to‘g‘risidagi hisobotlarda yuridik shaxslardan olina-
digan foyda solig‘i bo‘yicha prognoz ko‘rsatkichlari va ularning
bajarish holatlari ham o‘z aksini topadi. Soliq idoralarida foyda
so lig‘i bo‘yicha soliq tushumlari ham «Hisoblangan
va davlat
budjetiga haqiqatda tushgan soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlar
summasi to‘g‘risida» gi 1–«N» hisobotida jamlanadi. Hisobotlar har
oyning 1-sanasiga soliq turlari bo‘yicha to‘liq va asosiy soliq turlari
bo‘yicha qisqartirilgan shaklda har oyning 16 sanasiga jamlanadi.
1 – «N» hisobotida umumiy soliqlar tushumi va soliq turlari
bilan bir qatorda yuridik shaxslardan olinadigan foyda solig‘i
bo‘yicha hukumat tomonidan belgilangan prognoz ko‘rsatkichlari,
haqiqatda budjetga o‘tkazilgan summalar, o‘rtasidagi farqi va
bajarilish foizlari aks ettiriladi. Ko‘rsatkichlar
yil boshidan, chorak
va oy boshidan o‘sib borish surati bilan jamlanib boriladi.
Soliq idoralari tomonidan tuzilgan 1 – «N» hisobot moliya,
statistika va boshqa tegishli idoralariga foydalanish uchun taqdim
etiladi. Manfaatdor davlat idoralari hisobotdagi ma’lumotlar orqali
respublika va mahalliy budjetlarning bajarilishi doimiy tahlil
qilinadi.
«Hisoblangan va davlat budjetiga
haqiqatda tushgan soliqlar
va boshqa majburiy to‘lovlar summasi to‘g‘risida» gi 1–«N» hi-
sobotiga yuridik shaxslardan olinadigan foyda solig‘i bo‘yicha
soliq tushumlari haqidagi ma’lumot soliq to‘lovchilar tomonidan
taqdim qilinuvchi foyda solig‘i hisob-kitobi va mos shaxsiy hisob
varaqlaridan olinadi.
Yuridik shaxslardan olinadigan foyda solig‘i summasini hisob-
kitobini amalga oshirishda yuridik shaxslardan olinadigan foyda
solig‘i to‘langunga qadar foyda (zarar) miqdoriga(“Moliyaviy
176
natijalar to‘g‘risida hisobot”- 2-sonli shaklning 240-satri), soliq
to‘lovchi tomonidan boshqa shaxslardan
tekinga olingan mol-mulk
qiymati, chegirilmaydigan xarajatlar miqdori, hisobot davrida soliq
solinadigan bazadan chegirilmaydigan, biroq kelgusi hisobot (soliq)
davrlarning soliq solinadigan bazasidan chiqarib tashlanadigan
xarajatlar summasi qo‘shiladi. Hosil qilingan yig‘indidan hisobot
davrida soliq solinadigan bazadan chegirib
tashlanadigan ilgari
qilingan xarajatlar miqdori, foiz, dividend ko‘rinishda olingan
daromad summalari, foyda solig‘i bo‘yicha soliq imtiyozlari sum-
masi ayirib tashlanadi. Ayirma natijasiga soliq stavkasini ko‘paytirib
foyda solig‘i miqdori hisoblanadi.6–13-jadvalga qarang.
6–13-jadval
Dostları ilə paylaş: