Yuridik shaxslardan olinadigan foyda solig‘i bo‘yicha joriy to‘lovlarni
hisoblash uchun ma’lumotnoma
Ko‘rsatkichlar
Satr kodi
Summa
(so‘m)
Hisobot davrida yuridik shaxslardan olinadigan
foyda solig‘ini to‘lagunga qadar taxmin
qilinayotgan foyda summasi
010
Taxmin qilinayotgan foydaning tuzatish
koef
fi
tsiyenti , % da
020
Hisobot davridagi taxmin qilinayotgan soliq solish
bazasi
030
Yuridik shaxslardan olinadigan foyda solig‘i uchun
belgilangan stavka, %
040
Yuridik shaxslardan olinadigan foyda solig‘i
summasi
050
Yuridik shaxslardan olinadigan foyda solig‘i
bo‘yicha joriy to‘lovlar summasi
060
Hisobot davri mobaynida soliq to‘lovchilar yuridik shaxslardan
olinadigan foyda solig‘i summasini joriy to‘lovlar tarzida amalga
oshiradi. 6–14-jadvalga qarang.
Yuridik shaxslardan olinadigan foyda solig‘i bo‘yicha joriy
to‘lovlarning miqdori joriy hisobot davri uchun taxmin qilinayotgan
soliq solinadigan foydadan va yuridik shaxslardan olinadigan
foyda solig‘ining belgilangan stavkasidan kelib chiqib hisoblanadi.
Foyda solig‘i bo‘yicha joriy to‘lovlar miqdorini aniqlash uchun
soliq to‘lovchi hisobot davri birinchi oyining 10-kunigacha davlat
soliq xizmati organiga ma’lumotnoma taqdim etadilar.
Joriy to‘lovlar har oyning 15-kuniga qadar, yil choragi bo‘yicha
yuridik shaxslardan olinadigan foyda solig‘i summasining uchdan
bir qismi miqdorida to‘lanadi. Agar hisobot davrida taxmin qili-
179
na yotgan soliq solinadigan foyda eng kam ish haqining ikki yuz
baravaridan kam miqdorni tashkil etsa, soliq to‘lovchilar joriy to‘-
lovlarni to‘lamaydi.
Soliq imtiyozlari vositasida soliqlarning rag‘batlantirish va
tartibga solish funksiyalari bajariladi.
Soliq imtiyozlari rag‘batlantirishning muhim omili bo‘lib, ular
bozor munosabatlariga o‘tish davri uchun xos bo‘lgan eng muhim
iqtisodiy vazifalarni hal etishga yo‘naltirilgan bo‘lishi lozim. Le-
kin shu asosiy vazifani belgilashga noto‘g‘ri yondashish soliq im-
tiyozlaridan foydalanishning hech qanday samara bermasligiga
olib keladi. Bizning
fi
krimizcha, hozirgi paytda soliq imtiyozlari
avvalo har tomonlama milliy ishlab chiqarishni yuksaltirishga qa-
ratilgan bo‘lishi lozim. Ishlab chiqarishga soliq imtiyozlarini taqdim
etishdan yutqazilgan budjet daromadlari yoki, boshqacha aytganda,
soliq xarajatlari yaqin davr ichida ishlab chiqarish rivojlanishi,
iqtisodiyotda yuzaga keladigan nomutanosiblikni oldini olish va
yo‘qotishga xizmat qilishi va shu orqali albatta qoplanishi lozim.
Aks holda soliq imtiyozlarini berishdan hech qanday ma’no bo‘l-
maydi. Respublikamizda ko‘p hollarda berilgan imtiyozlardan sa-
marali foydalanmaslik, imtiyozlarni taqdim etishdan ko‘zlangan
maqsadlarning ro‘yobga chiqmasligi, ya’ni imtiyozlarning ishla-
masligi kuzatilmoqda.
O‘zbekiston Respublikasi soliq kodeksining 158- moddasida
yuridik shaxslardan olinadigan foyda solig‘i bo‘yicha imtiyozlar
berilgan. Soliq kodeksining ushbu moddasiga asosan yuridik
shaxslardan olinadigan foyda solig‘ini to‘lashdan quyidagi yuridik
shaxslar ozod qilinadi:
– nogironlarning jamoat birlashmalari, “Nuroniy” jamg‘armasi
va “O‘zbekiston chernobilchilari” assotsiatsiyasi mulkida bo‘lgan,
ishlovchilari umumiy sonining kamida 50 foizini nogironlar, 1941–
1945-yillardagi urush va mehnat fronti faxriylari tashkil etgan,
savdo, vositachilik, ta’minlash-sotish va tayyorlov faoliyati bilan
shug‘ullanmaydigan yuridik shaxslar;
180
– davolash muassasalari huzuridagi davolash-ishlab chiqarish
ustaxonalari;
– jazoni ijro etish muassasalari;
– ichki ishlar organlari huzuridagi qo‘riqlash bo‘linmalari.
O‘zbekiston Respublikasi soliq kodeksida yuridik shaxslarning
ayrim turdagi foydalarini foyda solig‘iga tortishdan ozod qilingan.
Bunday foyda turlariga quyidagilar kiradi:
– protez-ortopediya buyumlari, nogironlar uchun inventarlar
ishlab chiqarishdan, shuningdek, nogironlarga ortopedik protezlash
xizmati ko‘rsatishdan, nogironlar uchun mo‘ljallangan protez-orto-
pediya buyumlari va inventarlarni ta’mirlash hamda ularga xizmat
ko‘rsatishdan olingan foydasi;
– shahar yo‘lovchilar transportida (taksidan, shu jumladan
yo‘na lishli taksidan tashqari) yo‘lovchilarni tashish bo‘yicha xiz-
matlar ko‘rsatishdan olingan foydasi;
– tarix va madaniyat yodgorliklarini ta’mirlash hamda qayta
tiklash ishlarini amalga oshirishdan olingan foydasi;
– investitsiya fondlarining xususiylashtirilgan korxonalar ak-
siyalarini sotib olishga yo‘naltiriladigan foydasi;
– Xalq banki tomonidan fuqarolarning shaxsiy jamg‘arib bori-
ladigan pensiya hisob varaqlaridagi mablag‘lardan foyda lanishdan
olingan foydasi.
– to‘liq amortizatsiya qilingan asosiy vositalarni realizatsiya
qilishdan yoki tugatishdan olingan foydasi.
Ishlovchilari umumiy sonining 3 foizidan ko‘prog‘ini nogironlar
tashkil etgan yuridik shaxslar uchun alohida shartli soliq imtiyozi
belgilangan. 3 foizidan ortiq ishga joylashtirilgan nogironlarning
har bir foiziga yuridik shaxslardan olinadigan foyda solig‘ining
summasi ham mos ravishda bir foizga kamaytiriladi.
Yuridik shaxslardan olinadigan foyda solig‘ini hisoblashda
soliq solinadigan foyda miqdorini kamaytirish imtiyozi ham soliq
qonunchiligida nazarda tutilgan. Yuridik shaxslarning quyidagi
turdagi soliq solinadigan foydasi kamaytirilish imtiyoziga ega:
181
– ekologiya, sog‘lomlashtirish va xayriya jamg‘armalariga,
madaniyat, sog‘liqni saqlash, mehnat va aholini ijtimoiy mu hofaza
qilish, jismoniy tarbiya va sport muassasalariga, ta’lim muas sa-
salariga, mahalliy davlat hokimiyati organlariga, fuqaro
larning
o‘zi ni o‘zi boshqarish organlariga beriladigan badallar, homiylik va
xayriya tariqasidagi mablag‘lar summasiga, biroq soliq solinadigan
foydaning ikki foizidan ko‘p bo‘lmagan miqdorda;
– O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori
aso sida kollejlar, akademik litseylar, maktablar va maktabgacha
ta’lim-tar biya muassasalari qurilishiga yo‘naltirilgan mablag‘lar
sum masiga, lekin soliq solinadigan foydaning 30 foizidan ko‘p
bo‘l magan miqdorda;
– ishlab chiqarishni modernizatsiyalashga, texnik va texnologik
jihatdan qayta jihozlashga, yangi texnologik jihoz xarid qilishga,
ishlab chiqarishni yangi qurilish shaklida kengaytirishga, ishlab
chiqarish ehtiyojlari uchun foydalaniladigan binolar va inshootlarni
rekonstruksiya qilishga, shuningdek, ushbu maqsadlar uchun olin-
gan kreditlarni uzishga, lizing obyekti qiymatining o‘rnini qop-
lashga yo‘naltiriladigan mablag‘lar summasiga, tegishli soliq dav ri-
da hisoblangan amortizatsiyani chegirib tashlagan holda, biroq soliq
solinadigan foydaning 30 foizidan ko‘p bo‘lmagan miqdorda. So liq
solinadigan foydani kamaytirish yuqorida ko‘rsatib o‘tilgan xa rajatlar
qilingan soliq davridan e’tiboran, texnologik jihoz bo‘yicha esa u
foydalanishga topshirilgan paytdan e’tiboran besh yil ichida amalga
oshiriladi. Yangi texnologik jihoz xarid qilingan (import qilingan)
paytdan e’tiboran uch yil ichida realizatsiya qilingan yoki tekinga
berilgan taqdirda, yuridik shaxslardan olinadigan foy da solig‘ini
to‘lash bo‘yicha majburiyatlar tiklangan holda, maz kur imtiyozning
amal qilishi imtiyoz qo‘llanilgan butun davr uchun bekor qilinadi.
Ushbu imtiyoz tovarlar (ishlar, xizmatlar) ish lab chiqarishni amalga
oshiruvchi soliq to‘lovchilar tomonidan qo‘llaniladi;
– ishlab chiqarishni modernizatsiyalashga, texnik va texnologik
jihatdan qayta jihozlashga, yangi texnologik jihozlar xarid qilishga,
182
ushbu maqsadlar uchun berilgan kreditlarni uzishga, lizing obyekti
qiymatining o‘rnini qoplashga, tegishli soliq davrida hisoblangan
amortizatsiyani chegirgan holda yo‘naltiriladigan mablag‘lar sum-
masiga. Soliq solinadigan bazani kamaytirish yuqorida ko‘r satib
o‘tilgan xarajatlar amalga oshirilgan soliq davridan e’ti boran, tex-
nologik jihozlar bo‘yicha esa u foydalanishga topshirilgan paytdan
e’tiboran uch yil ichida amalga oshiriladi. Yangi texnologiya ji-
hoz lari ular olingan (import qilingan) paytdan e’tiboran uch yil
ichi da realizatsiya qilingan yoki tekin berilgan taqdirda, mazkur
imtiyozning amal qilishi foydadan olinadigan soliqni to‘lash bo‘-
yicha majburiyatlar tiklangan holda, imtiyoz qo‘llanilgan butun
davr uchun bekor qilinadi;
– yosh oilalar toifasiga kiruvchi xodimlarga ipoteka kreditlari
badallari to‘lashga va (yoki) mulk sifatida uy-joy olishga tekin
yo‘naltiriladigan mablag‘lar summasiga, biroq soliq solinadigan
bazaning 10 foizidan oshmagan miqdorda;
– diniy va jamoat birlashmalarining (kasaba uyushmalari, siyosiy
Dostları ilə paylaş: |