Soliq statistikasi indd


Foyda solig‘i bazasiga ta’sir qiluvchi soliq bazasi miqdorining



Yüklə 0,94 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə70/158
tarix04.10.2023
ölçüsü0,94 Mb.
#152187
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   158
soliq statistikasi va prognozi

Foyda solig‘i bazasiga ta’sir qiluvchi soliq bazasi miqdorining
variatsion o‘zgarishi
yillar
Soliq bazasi
O‘rtacha 
miqdor(x1),
mln so‘mda
x-x1, mln 
so‘mda
(x-x1)2 
/5, mln 
so‘mda
Dispersiya, 
mln so‘mda
1
809
900,6
-91,6
1678,11
40,96
2
848
900,6
-52,6
553,35
23,52
3
939
900,6
38,4
294,91
17,17
4
877
900,6
-23,6
111,39
10,55
5
1030
900,6
129,4
3348,87
57,87
Jami
4503
900,6
0
5986,64
77,37


192
Bizning hisob-kitobimizda tahlil uchun olingan besh yil mo-
bay 
nida soliq bazasining o‘rtacha miqdori 900,6 mln so‘mni, 
uning dispersiyasi 77,37 mln so‘mni tashkil qilgan. 6–21-jadvalga 
qarang.
Foyda solig‘ining bazasi kabi foyda solig‘ini prognoz yilida ku-
tilayotgan miqdorini uning o‘zini oldingi yillar ma’lumotlaridan 
foydalanib, ehtimolli o‘zgarish miqdorini aniqlash mumkin.
6–22-jadval
Tadqiqot uchun tanlangan yillar mobaynida foyda solig‘i summalari 
o‘rtasidagi variatsion o‘zgarish
yillar
Foyda solig‘i 
summasi
O‘rtacha 
miqdor(x1),
mln so‘mda
x-x1, mln 
so‘mda
(x-x1)2 
/5, mln 
so‘mda
Dispersiya, 
mln 
so‘mda
1
105,17
98,1240
7,05
9,93
3,15
2
101,76
98,1240
3,64
2,64
1,63
3
103,29
98,1240
5,17
5,34
2,31
4
87,7
98,1240
-10,42
21,73
4,66
5
92,7
98,1240
-5,42
5,88
2,43
Jami
490,62
98,1240
0
45,53
6,75
Oldingi besh yil davomida foyda solig‘ining summasi 92,7 mln 
so‘mdan 105,17 mln so‘mgacha – maksimal va minimal darajada 
tebrangan. 6–22-jadvalga qarang. Tahlil uchun olingan davrda 
foy da solig‘ining o‘rtacha miqdori 98,1240 mln so‘mga, o‘rtacha 
kvadratik cheklanishi 227,63 mln so‘mga. Dispersiyasi 15,09 mln 
so‘mga tenglashgan. 
Yuqorida amalga oshirilgan prognoz hisob-kitoblari oldingi yil-
larda foyda solig‘i bazasiga ta’sir qiliuvchi omillarning haqiqat da gi 
natijasi asosida tashkil qilindi. Shuni esda tutish kerakki, har bir 


193
yangi yil uchun prognoz ko‘rsatkichini belgilashda prognoz yilida 
kutilayotgan mamlakat makroiqtisodiy ko‘rstakichlarini, e’tiborga 
molik bo‘lgan yangi soliq bazalarini, in
fl
atsiya darajalarini inobatga 
olish tavsiya qilinadi. Yalpi foyda miqdorining prognoz qiymatini 
aniqlashda yalpi ichki mahsulotning, sanoat mahsulotlarning, to var 
aylanmasining umumiy hajmini, baho indeksini, in
fl
atsiya dara ja-
sini o‘zgarish tendensiyalarini inobatga olish talab qilinadi. 
6.5. Yuridik shaxslardan olinuvchi foyda solig‘ini 
prognozlashtirishda soliq qarzi va debitorlik 
qarzlarini hisobga olish
Yuridik shaxslardan olinuvchi foyda solig‘ini prognoz ko‘rsat-
kich lari hisob-kitobini tashkil qilishda soliq to‘lovchilarning debi-
torlik va kreditorlik qarzlarini inobatga olish o‘ta muhim hisob-
lanadi.
Foyda solig‘i yuzasidan paydo bo‘luvchi soliq majburiyatlarini 
o‘z vaqtida bajarmaslik natijasida soliq to‘lovchida kreditorlik 
qarzlari yuzaga keladi. Yuridik shaxslarning foyda solig‘i to‘lovi 
bilan bog‘liq bo‘lgan kreditorlik qarzlari prognozlashtiriluvchi yil-
da to‘lanishi rejalashtiriladi. Shu sababli soliq to‘lovchining foyda 
solig‘i bo‘yicha kreditorlik qarzlari miqdorini prognozlashtiriluv chi 
yilda undiriluvchi foyda solig‘i tushumi sifatida qarash maqsadga 
muvo
fi
q. Aksincha, soliq to‘lovchining foyda solig‘i to‘lovlari 
bo‘yicha debitorlik qarzlari prognozlashtiriluvchi yilda undirilishi 
rejalashtirilayotgan soliq tushumining miqdorini kamayishiga olib 
keladi.
Soliq to‘lovchilarning debitorlik va kreditorlik qarzlarini tahlil 
qilishda ularning muddati o‘tgan yoki o‘tmaganligiga alohida e’tibor 
qaratiladi. Muddati o‘tgan debitorlik qarzlarining ayrim turlari 
gumondor toifaga mansub bo‘lishi mumkin. Gumondor toifadagi 
debitorlik va kreditorlik qarzlarini undirish masalasi murakkab 
jarayon hisoblanadi, ularning ayrimlarini undirish imkoniyatlari 


194
deyarli mavjud bo‘lmaydi. Shu sababli foyda solig‘ining prognoz 
ko‘rstakichlarini tashkil qilishda soliq to‘lovchining debitorlik va 
kreditorlik qarzlarida ehtimoldagi mavjud bo‘lgan gumondorlik 
koef
fi
tsiyentlarini hisobdan chiqarish tavsiya qilinadi.
Soliq to‘lovchilarning debitorlik va kreditorlik qarzlari to‘g‘-
risidagi ma’lumotlar yuridik shaxslar tomonidan taqdim qilinuvchi 
hisobotlardan yig‘iladi. Bunday ma’lumotlar dastlab tuman soliq 
inspeksiyalarida, keyinchalik yig‘ilgan ma’lumotlar umumlashtirish 
uchun viloyat soliq boshqarmalariga yuboriladi. Viloyat soliq bosh-
qarmalari esa debitorlik va kreditorlik qarzlari to‘g‘risidagi ma’lu-
motlarni O‘zbekiston Respublikasi soliq qo‘mitasiga taqdim qiladi. 
Debitorlik va kreditorlik qarzlarini tahlil qilishda yuridik shaxs -
larning respublika ichidagi qarzlari, ichki idoraviy qarzlari, res -
publikadan tashqaridagi qarzlar alohida guruhlarga ajratilib, qarz-
dor larning nomlari bo‘yicha o‘rganiladi. Tahlil jarayonida debi torlik 
va kreditorlik qarzlarini yuzaga kelish sabablari, undirish im ko-
niyatlari, oldingi soliq davriga nisbatan o‘sish, kamayish sur’at lari 
batafsil tadqiq qilinadi.
Foyda solig‘i tushumi bo‘yicha prognoz ko‘rsatkichlari belgi-
langan tartibda tasdiqlangandan keyin, u ijaraga soliq idoralariga 
yuborladi. Belgilangan prognoz ko‘rstakichlarini to‘liq va o‘z 
vaqtida bajarilishi davlat soliq xizmmati xodimlari tomonidan 
amalga oshiriladi. Foyda solig‘i bo‘yicha soliq majburiyatlari soliq 
qonunchiligida belgilangan muddatda soliq to‘lovchi tomonidan 
bajarilishi lozim. Soliq majburiyati belgilangan muddatlarda baja-
ril magan hollarda soliq idorasi xodimlari soliq to‘lovlarini majburiy 
undirish choralarini ko‘radilar. Dastlab soliq to‘lovchining bank 
hisob raqamidagi mavjud pul mablag‘laridan undirish tashkil 
qilinadi. Yuridik shaxslarning bank hisob raqamida pul mablag‘lari 
mavjud bo‘lmganda, yoki undirishning iloji yo‘q hollarda ularning 
debitorlaridan undirish choralari ko‘riladi. Aynan ushbu maqsadlarda 
ham yuridik shaxslarning debitorlik va kreditorlik qarzlarini tahlil 
qilish va o‘rganish o‘ta muhim hisoblanadi. 


195
Yuridik shaxslarning foyda solig‘i bo‘yicha solq qarzdorligini 
ularning bank hisob raqamlaridagi pul mablag‘laridan va debi tor-
laridan undirish ilojsiz bo‘lsa, qarzdorlikni undirish soliq to‘lov-
chining mulkiga qaratiladi. 

Yüklə 0,94 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   158




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin