196
VII BOB. QO‘SHILGAN QIYMAT SOLIG‘I
PROGNOZINI TASHKIL QILISH
7.1. Qo‘shilgan qiymat solig‘i va uning soliq
to‘lovchilari sonining soliq tushumi
hajmiga ta’siri
Hozirgi vaqtda O‘zbekiston soliq tizimida egri soliqlar har-bir
ishlab chiqarish bosqichida va rea lizatsiya jarayonida undiriladigan
ko‘p qirrali bilvosita soliqdir. Kor xona
tovar va xomashyo sotib
olish va ulardan mahsulotlar ish
lab chiqarish, ishlar bajarish,
xizmatlar ko‘rsatish jarayonida qo‘ shilgan qiymat yaratiladi.
Qo‘shilgan
qiymat sotilgan mahsulotlar, bajarilgan ishlar va
ko‘rsatilgan xizmatlarning qiymati bilan ishlab chiqarish jarayonida
iste’mol qilingan tovarlar, xomashyolar
va xizmatlarning qiymati
o‘rtasidagi farq sifatida e’tirof etiladi. “Tovar-pul-tovar” siklik iq-
ti sodiy munosabatning har bir ishlab chiqarish va muomala jara-
yonida qo‘shilgan qiymat yaratiladi.
Qo‘shilgan qiymat solig‘ining g‘oyasini dastlab XX asrning
boshlarida 1919-yilda Vilgelm fon Simens ilgari surdi.
Qo‘shilgan qiymat solig‘ini amaliyotga
joriy etish mexanizmi
esa birinchi marta fransuz moliyachisi M.Lore tomonidan ishlab
chiqildi. Fransiyada qo‘shilgan qiymat solig‘i haqiqatda 1968-
yil dan boshlab joriy etila boshladi. XX asrning 70-yillarida qo‘-
shilgan qiymat solig‘i G‘arbiy Yevropaning qator mamlakatla ri
soliq amaliyotida joriy qilindi. Iqtisodiy adabiyotlarda, ko‘pchilik
hollarda, qo‘shilgan qiymat solig‘ini «Yevropacha»
soliq deb ham
atashadi. Buning asosiy sabablari shundaki, birinchidan, qo‘shilgan
qiymat solig‘i dunyoda birinchi marta Yevropa davlati bo‘lgan
Fransiyada joriy etildi.
197
Ikkinchidan, 1977-yilda qabul qilingan Direktivaga asosan qo‘-
shilgan qiymat solig‘i bir vaqtning o‘zida Yevropaning bir necha
dav latlarida joriy etildi.
Uchinchidan, qo‘shilgan qiymat solig‘i G‘arbiy Yevropadagi
in tegratsion jarayonlarni shakllantirish
va rivojlantirishda muhim
rol o‘ynadi.
Bugungi kunda qo‘shilgan qiymat solig‘i Yevropa Ittifoqiga a’zo
bo‘lgan mamlakatlarning davlat budjetlarining daromadlarini shakl-
lantirishdagi o‘rni AQSH, Yaponiya, Kanada va Avstraliya bud jet
daromadlarini shakllantirishdagi ahamiyatiga qaraganda katta.
O‘zbekiston soliq tizimida qo‘shilgan qiymat solig‘i 1992-yilda
amalga joriy qilindi.
O‘zbekiston Respublikasi davlat budjetining daromad man-
bayi sifatida qo‘shilgan qiymat solig‘i hozirga qadar o‘zining aha-
miyatini saqlab kelmoqda. Masalan, O‘zbekiston
Respublikasi Pre-
zidentining 2008-yil 29-dekabrdagi PQ-1024-sonli “O‘zbekiston
Respublikasining 2009-yilgi asosiy makroiqtisodiy ko‘rsatkichlari
prognozi va Davlat budjeti parametrlari to‘g‘risida” gi qaroriga
ko‘ra 2009-yilda qo‘shilgan qiymat solig‘ining davlat budjeti da-
romadlari tarkibidagi salmog‘i 29 foizni tashkil qilgan.
7–1- jadval
Dostları ilə paylaş: