Qo‘shilgan qiymat soliq to‘lovchilari t/r Qo‘shilgan qiymat solig‘i to‘lovchilari 1. Soliq solinadigan oborotlarga ega bo‘lgan yuridik shaxslar
2.
O‘zbekiston Respublikasi norezidentlari tomonidan amalga oshiri la yot-
gan soliq solinadigan oborotlar uchun qo‘shilgan qiymat solig‘i to‘lash
bo‘yicha majburiyat yuklatiladigan yuridik shaxslar
3.
Tovarlarni O‘zbekiston Respublikasi hududiga import qiluvchi yuridik
va jismoniy shaxslar
4.
Oddiy shirkat soliq solinadigan oborotlarni amalga oshirayotganda
zim masiga uning ishlarini yuritish yuklatilgan (ishonchli shaxs) sherik
(ish tirokchi) - yuridik shaxs
Notijorat tashkilotlar, soliq solishning soddalashtirilgan tartibi
asosida soliq to‘lovchisi yuridik shaxslar qo‘shilgan qiymat solig‘i
to‘lovchilari hisoblanmaydi. Soliq solishning soddalashtirilgan
tar tibi asosida soliq to‘lovchisi yuridik shaxslarga savdo tashki-
lotlari, yagona soliq to‘lovchi kichik korxonalar, yagona yer solig‘i
to‘lovchi qishloq xo‘jalik tovar ishlab chiqaruvchilar kiradi. 7–3-
jadvalga qarang.
QQS to‘lovchilarni xalq xo‘jaligi sohalariga qarab sanoat, trans -
port, qurilish, kommunal xo‘jaligi, aloqa va boshqalar bo‘lishi mum -
kin. Faoliyat turlariga qarab ishlab chiqarish, tayyorlov, vosi tachi-
lik, birja, bank xizmatlari va boshqa, turlarga bo‘lish mumkin.
Mantiqiy jihatdan tahlil qilinganda, qo‘shilgan qiymat solig‘i
to‘lovchilarning sonini ortishi mazkur soliq turi bo‘yicha soliq
tushumini oshishiga olib kelishi aniq. Ammo, amalda mavjud
bo‘lgan qo‘shilgan qiymat solig‘i to‘lovchi –yuridik shaxslarning
200
tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirish, tovaroborot hajmini keskin
oshirish orqali ham qo‘shilgan qiymat solig‘i tushumi hajmini oshi-
rish mumkin.