18. Aksiz solig‘i stavkalari tovarning qiymatiga nisbatan qanday o‘lchov birligiga mutlaq summada (qat’iy)belgilanadi. A) foizlarda
B) qiymatlarda
C) o‘lchovlarda
D) xissalarda
19. Belgilangan tartibda ro‘yxatdan o‘tgan va yuridik shaxs tashkil etmagan holda tadbirkorlik faoliyatini amalga oshiradigan jismoniy shaxs ________ hisoblanadi A) xususiy tadbirkor
B) mirkofirma
C) fermer xo‘jaligi
D) dehqon xo‘jaligi
20. Jismoniy shaxsning quyida keltirilgan qaysi daromadlari daromad solig‘idan ozod qilingan. A) davlat pensiyalari
B) mehnat haqi tarzidagi daromadlar
C) dividend ko‘rinishida olingan daromadlar
D) mol-mulkni ijaraga berishdan olingan daromadlar
21. Jismoniy shaxsning quyida keltirilgan qaysi daromadlari daromad solig‘idan ozod qilingan? A) olingan alimentlar
B) ish haqi to‘lovlari
C) ijara to‘lovlari
D) tadbirkorlik faoliyati natijasidan olingan daromad
22. Jismoniy shaxslardan undiriladigan daromad solig‘i iqtisodiy mohiyatiga ko‘ra ... hisoblanadi. A) to‘g‘ri soliq
B) egri soliq
C) resurs solig‘i
D) mahalliy soliq
23. «STIR» nima? A) soliq to‘lovchining imtiyozlari ro‘yxati
B) soliq to‘lovchining identifikatsion raqami
C) soliq to‘lovchining inventarizatsiya raqami
D) soliq to‘lovchining informatsion rekvizitlari
24. O‘n nafar va undan ortiq farzandlari bor jismoniy shaxslar mol-mulk solig‘idan qanday imtiyozga ega? A) mol-mulk oltmish kvadrat metr doirasida soliq solishdan ozod qilinadi
B) mol-mulk solig‘idan to‘liq ozod qilinadi
C) mol-mulk solig‘i bo‘yicha imtiyoz ko‘zda tutilmagan
D) barcha javoblar to‘g‘ri
25. «Soliq Kodeksida belgilangan tartibda va shartlarda soliqlarni to‘lashni kechiktirish yoki bo‘lib-bo‘lib to‘lash» bu tushuncha nimani ifodalaydi? A) soliq to‘lovchilarning huquqini
B) soliq to‘lovchining majburiyatini
C) soliq organlari huquqini
D) soliq organlari majburiyatini