Soliqlar, ularning azifalari va turlar


O’zbekistonda soliq tizimini rivojlanish istiqbollari



Yüklə 1 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə13/15
tarix02.08.2023
ölçüsü1 Mb.
#138350
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15
Soliqlar ularning vazifalari va turlari

 O’zbekistonda soliq tizimini rivojlanish istiqbollari 
Barcha 
mamlakatlar 
iqtisodiyotini 
rivojlanishida 
soliqlar 
byudjet 
daromadlarining asosiy manbai hisoblanadi. Soliqlar davlat tomonidan belgilangan 
majburiy to’lovlar bo’lib, yuridik va jismoniy shaxslardan undiriladi. Davlat 
umummilliy dasturlarini amalga oshirish davrida jamg’armalar tashkil etilishi 
mumkin bo’lib, ularga qonun hujjatlarida nazarda tutilgan tartibda majburiy 
to’lovlar belgilanadi. Hozirgi davrda respublikamizda quyidagi soliqlar–foyda 
solig’i, daromad solig’i, qo’shilgan qiymat solig’i, aksiz solig’i, yer qa’ridan 
foydalanuvchilar uchun soliqlar va maxsus to’lovlar, suv resurslaridan 
foydalanganlik uchun soliq, mol-mulk solig’i, yer solig’i, obodonlashtirish va 
ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish solig’i, transport vositalariga benzin, dizel 
yoqilg’isi va gaz ishlatganlik uchun olinadigan soliqlar amal qilmoqda. Soliqlardan 
tashqari majburiy to’lovlar – ijtimoiy jamg’armalarga majburiy to’lovlar (yagona 
ijtimoiy to’lov, Pensiya jamg’armasiga sug’urta badallari va majburiy ajratmalar), 
Respublika yo’l jamg’armasiga majburiy to’lovlar (majburiy ajratmalar va 
yig’imlar), davlat boji, bojxona to’lovlari, ayrim turdagi tovarlar bilan chakana 
savdo qilish va ayrim turdagi xizmatlarni ko’rsatish huquqi uchun yig’imlar ham 
amal qiladi. 
Jamiyat 
rivojlana 
boshlagan 
sari 
soliq 
tizimi 
ham 
rivojlanib, 
takomillashtirilib boriladi. 
Ma’lumki, O’zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor 
yo’nalishi bo’yicha Harakatlar strategiyasida O’zbekistonning soliq siyosatining 
muhim strategik yo’nalishlari sifatida soliq yukini kamaytirish, soliqqa tortish 
tizimini soddalashtirish siyosatini davom ettirish soliq ma’muriyatchiligini 
takomillashtirish va tegishli rag’batlantiruvchi choralarni kengaytirish kabi muhim 
masalalar belgilab olingan bo’lib, bular iqtisodiyotni tezkor rivojlantirish hamda 
mamlakatning investitsiyaviy jozibadorligini yaxshilashning muhim shartlari 
sifatida belgilab olindi. 


41 
Oxirgi uch yil davomida Respublikamiz moliya-soliq tizimini isloh qilish 
borasida o’ndan ortiq O’zbekiston Respublikasi Prezidentining farmon, qaror va 
farmoyishlari qabul qilindi.
Oxirgi bir yarim yil davomida O’zbekiston Respublikasining soliq siyosatini 
takomillashtirish konsepsiyasini hayotga joriy etib borish natijasida bir qator 
soliqlar va yig’imlar unifikatsiya qilindi, birgina 2019 yilda tushumdan olinadigan 
majburiy ajratmalarni to’liq bekor qilish natijasida korxonalarda qo’shimcha 5,2 
trillion so’m ularning o’zlarida qolishi, jismoniy shaxslar uchun daromad 
solig’ining eng yuqori stavkasi 22 foizdan 12 foizgacha, yagona ijtimoiy to’lovi 25 
foizdan 15 foizgacha tushirilishi, fuqarolarning 8 foizlik sug’urta badali bekor 
qilinishi natijasida aholi daromadlari 6,5 foizga oshishi, yuridik shaxslar mol-mulk 
solig’i 5 foizdan 2 foizgacha, foyda solig’i 14 dan 12 foizgacha, kichik biznes 
sub’ektlari yagona solig’i 5 foizdan 4 foizgacha kamaytirilishi natijasida 
tadbirkorlar ixtiyorida 2 trillion so’m qo’shimcha mablag’ qolishi, 2019 yil 1 
oktyabrdan boshlab qo’shilgan qiymat solig’ining 20 foizdan 15 foizga tushirilishi 
hisobiga esa tadbirkorli sub’ektlari ixtiyorida 10 trln so’mdan ko’proq mablag’ 
qolishi kutilmoqda. 
Agar oxirgi ikki yilda moliya tizimida amalga oshirilgan islohotlarga e’tibor 
qaratadigan bo’lsak, davlat byudjetiga tushadigan mablag’larning bir qismini 
mahalliy byudjetlar ixtiyorida qoldirish tartibi o’rnatilishi hisobiga 2018 yilning 
o’zida mahalliy byudjetlar ixtiyorida 5,5 trillion so’m yoki 2017 yilga nisbatan 6 
barobar ko’p mablag’ qoldi, 2019 yil yakunlari bo’yicha bu ko’rsatkich yanada 
oshgan. 
2019 yildan boshlab Davlat byudjetini ishlab chiqishda o’rta muddatli 
byudjetni rejalashtirish mexanizmlarini joriy etilishi tadbirkorlar, fuqarolar va 
byudjetga aloqador barcha tomonlarga o’z faoliyatini bir yilga emas, balki uch 
yilga aniqroq rejalashtirish imkoni bermoqda. Fuqarolar uchun byudjetni 
tayyorlash va e’lon qilish konsepsiyasining joriy etilishi byudjet, uni shakllantirish 
va ijro etish to’g’risidagi ishonchli va to’liq axborotdan keng jamoatchilik 
foydalana olishini ta’minlashga olib keldi, o’z navbatida byudjetni shakllantirishda 


42 
aholining takliflarini e’tiborga olishga imkoniyat yaratildi, moliya sohasida 
boshqaruvning oshkoralik tamoyillarining roli kuchaytirildi. 
Muhtaram Prezidentimiz 2019 yil uchun mo’ljallangan eng muhim ustuvor 
vazifalar haqidagi Oliy Majlisga Murojaatnomasi va boshqa shu kabi chiqishlarida 
moliya-soliq tizimidagi muhim ustuvor vazifalar sifatida byudjet hisobidan 
mablag’ ajratiladigan har qanday dastur yoki loyihaning sifat va miqdor 
ko’rsatkichlaridan iborat, natijaga yo’naltirilgan indikatorlari bo’lishi, moliya 
bozorlari, jumladan, fond bozorini rivojlantirish, yangi moliyaviy instrumentlarni 
joriy etish va obligatsiyalar chiqarish orqali, bank xizmatlari ko’lamini yanada 
kengaytirish, byudjet va iste’mol mahsulotlari narxining barqarorligini ta’minlash, 
mamlakat taraqqiyotining tayanchi bo’lgan insofli, halol soliq to’lovchilarni 
rag’batlantirish, yashirin faoliyat yuritadiganlarni esa jazolash ko’zda yangi 
tahrirdagi Soliq kodeksini qabul qilish, soliq stavkalari pasaytirilishi yoki ayrim 
soliqlar bekor qilinishi bilan byudjetga tushadigan mablag’larning kamayishini 
samarali soliq ma’muriyatchiligi orqali bartaraf etish, soliq yukini kamaytirish 
hisobiga barchaga bir xil adolatli soliq rejimini joriy etish, soliq imtiyozlarini 
bosqichma-bosqich bekor qilish va shu kabi muhim vazifalarni belgilab bergan edi. 
Soliqqa tortish tizimini tahlili shuni ko’rsatadiki, hozirgi davrda soliqlarni 
rag’batlantiruvchi vazifasi moliya-budjet omillari to’g’ri ishlatgan holda korxona 
va tashkilotlarni ishlab-chiqarishini ko’tarishiga, ularni kuchaytirishga erishish 
maqsadida soliq solinadigan bazasini batafsil aniqlab, uning kengaytirish 
imkoniyatlari bo’yicha muayyan tahlil qilib, soliq tizimini takomillashtirish 
bo’yicha umumiy yondoshuvlarga aniq yo’lni topib olish lozim. 
Soliqlar davlatning iqtisodiy va ijtimoiy siyosatini amalga oshirishning 
asosiy manbai hisoblanadi. 
Ko’rinib turibdiki, O’zbekiston Respublikasida olib borilayotgan islohotlar 
kundan kunga chuqurlashib bormoqda. Bu xo’jalik yurituvchi subyektlar 
faoliyatini erkinlantirishuvida namoyon bo’lmoqda. Davlat bilan xo’jalik 
yurituvchi subyektlar, yani yuridik va jismoniy shaxslar o’rtasidagi munosabat 
endilikda faqat soliq orqali amalga oshiriladigan holatga aylanmoqda.


43 
Bu esa ushbu jarayonni chuqur o’rganishni, tahlil qilishni taqozo etadi. 
2017-2021 yillarda O’zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta 
ustuvor yo’nalishi bo’yicha Harakatlar strategiyasida muhim vazifalar sifatida 
belgilangan 
islohotlarning 
huquqiy 
asoslarini 
takomillashtirish, 
qonun 
ustuvorligini ta'minlash, jamiyat va davlat hayotining barcha sohalarini, shu 
jumladan, soliq sohasini ham isloh qilishga qaratilgandir.
Mamlakatda tadbirkorlikni rivojlantirish va xorijiy investitsiyalarni jalb 
qilish uchun soliq yukini izchillik bilan kamaytirish va qulay shart-sharoitlarni 
yaratishni ta'minlaydigan soliq tizimi shakllantirilgan.
Shu bilan birga, soliq ma'muriyatchiligi sohasida, shu jumladan soliqlar va 
boshqa majburiy to’lovlarni yig’ish, soliq solinadigan bazani kengaytirish va soliq 
to’lovchilarning huquqiy madaniyatini oshirishda muayyan muammolarning 
mavjudligi 
mamlakatning 
ijtimoiy-iqtisodiy 
rivojlanishi 
dasturlarini 
moliyalashtirishning barqaror manbalarini ta'minlashga salbiy ta'sir ko’rsatmoqda.
Soliq tizimining hozirgi holati erkin bozor iqtisodiyoti talablariga to’liq 
javob bermaydi. Shuning uchun soliq ma'muriyatchiligi jarayoniga zamonaviy 
axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish, bu borada ilg’or xorijiy 
tajribadan unumli foydalanish muhim ahamiyat kasb etmoqda. Ayni vaqtda 
tadbirkorlik sub'ektlariga nisbatan saqlanib qolayotgan yuqori darajadagi soliq 
yuki, soliqlar turining ko’pligi, ularning ma'muriyatchilik jarayoni murakkabligi 
iqtisodiyotimiz ravnaqiga to’sqinlik qilmoqda.
Amaldagi soliqqa tortish tizimi hali zamonaviy talablar darajasiga 
ko’tarilmagan. Jumladan, soliq qonunchiligi barqaror emas, soliq va majburiy 
to’lovlarni hisoblash murakkab. Natijada ishlab chiqarishni kengaytirish hamda 
modernizatsiya qilish, tadbirkorlik faoliyatini yuritish uchun qulay shart-sharoitlar 
yaratilmayapti.
Kichik va yirik biznes sub'ektlari o’rtasidagi soliq yukida sezilarli darajada 
farq mavjud. Bu esa tadbirkorlik sub'ektlarining yiriklashuviga ta'sir qilmay 
qolmayapti, albatta. Soliqning yuqoriligi hamda qo’shimcha qiymat solig’ini 
undirish tizimi soliq to’lovchilarning aylanma mablag’lari tortilishiga, iste'mol 


44 
mahsulotlari narxlari qimmatlashishiga olib kelib, kichik va yirik biznes o’rtasidagi 
kooperatsiyaning o’sishiga to’siq bo’layotir. Jismoniy shaxslarni soliqqa tortish 
tizimining mukammal emasligi esa mehnatga haq to’lash fondining pasayishiga, 
pirovardida oylik ish haqini to’lash bo’yicha yuridik jihatdan to’liq bo’lmagan 
soliq sxemasiga olib keladi. Samarasiz soliq ma'muriyatchiligi Davlat byudjeti 
kirim darajasiga salbiy ta'sirini o’tkazmay qolmaydi va x.k.
Mamlakatimizda yango soliq konsepsiyasini ishlab chiqishdan asosiy 
maqsad Respublika Prezidenti tomonidan tadbirkorlarni, keng aholi qatlamini 
qo’llab- quvvatlashga qaratilgan islohotlar samaradorligini yanada oshirish, ularga 
soliq ma'muriyatchiligida imkoniyatlar yaratishdir. Bunda asosiy e'tibor ish 
beruvchi tomonidan to’lanadigan turli soliq yukini yengillashtirishga qaratilgan. 
Ulardan biri qo’shimcha qiymat solig’ini kamaytirish. Bugungi kunda deyarli 
barcha mamlakatlarda qo’shimcha qiymat solig’i 20 foiz etib belgilangan. Soliq 
konsepsiyasi loyihasida esa bu miqdor O’zbekistonda 12 foizga tushirilishi 
belgilanmoqda. Asosiy maqsad tadbirkorlikni rivojlantirishga keng yo’l ochib 
berishdir.
Mazkur konsepsiya, birinchi navbatda, tadbirkorlarni qo’llab- quvvatlashga 
xizmat qiladi. Ya'ni u soha vakillariga qo’rqmasdan, soliqlarni to’lashdan 
qochmasdan xodimlar sonini ochiq ko’rsatgan holda, faoliyat yuritish uchun 
sharoit yaratishga qaratilgan. Masalan, qaysidir ish beruvchi shu kungacha 
xodimiga 1 million so’m miqdorida maosh beradigan bo’lsa, barcha soliqni 
qo’shib hisoblaganda, 55 foizgacha soliq to’lashiga to’g’ri kelardi. Tabiiyki, bu 
tadbirkorga og’irlik qiladi. Shu sabab endilikda buni 25 foizgacha tushirish 
mo’ljallanyapti.
Bugun O’zbekistonda 19 soliq turi mavjud. Endilikda soliqlar yukini 
kamaytirish, 
ularni 
soddalashtirish 
rejalashtirilmoqda. 
Bu 
konsepsiya 
tadbirkorlarga haqiqiy yordam bo’ldi. Avvalo, qo’shimcha qiymat solig’i stavkasi 
pasaytirilishi va yuridik shaxslarning deyarli barchasi shu soliq to’loviga o’tishi 
muhim ahamiyat kasb etadi.

Yüklə 1 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin