45
Xulosa
Ushbu kurs ishimizda mamlakatimizda soliqlarning
iqtisodiy mohiyati,
ularning vazifalari, turlari, soliqlarni undirish mexanizmining bugungi kundagi
holatini
tahlil qilishga, shuningdek bugungi kunda soliqlardan foydalanishni
samarali tashkil qilish masalalarini ochib berishga harakat qildik va quyidagi
xulosalarni chiqardik:
Soliqlar, yig’imlar, bojlar va boshqa to’lovlar
hisobiga davlat moliyaviy
resurslari tashkil topadi. Davlat faoliyatining barcha yo’nalishlarini mablag’ bilan
ta’minlashning asosiy manbalaridan biri va davlat ustuvorligini amalga
oshirishning iqtisodiy vositasi soliqlardir. Soliq
tizimini tartibga solish va
mukammallashtirish samarali davlat iqtisodiy siyosatini olib borishga, xususan,
moliyaviy tizimni rivojlantirishga yordam beradi.
Soliqlar moliyaviy resurslarni davlat ixtiyorida to’planib borishini
ta’minlaydi, bu resurslardan iqtisodiy
rivojlanishning umumdavlat, mintaqaviy
vazifalarni hal qilish, ishning samaradorligi va sifatini rag’batlantirish,
ijtimoiy
adolat tamoyillaridan kelib daromadlarni tartibga solish uchun foydalaniladi.
Soliqlarning umumdavlat va mahalliy soliqlarga bo’linishi hukumat
idoralarining respublika hukumati va mahalliy hukumatlarga bo’linishi asosida
kelib chiqadi.
Soliqlarning iqtisodiy mohiyati davlat bilan huquqiy
va jismoniy shaxslar
o’rtasida vujudga keluvchi ob’ektiv majburiy to’lovlarga asoslangan moliyaviy
munosabatlar orqali xarakterlanadi. Bu moliyaviy munosabatlar maxsus ijtimoiy
xarakterga ega bo’lib, milliy daromadning bir qismi bo’lgan pul mablag’larini
davlat ixtiyoriga safarbar qilishga xizmat qiladi.