Soliqlar, ularning azifalari va turlar


-rasm. Soliq stavkasi turlari



Yüklə 1 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə7/15
tarix02.08.2023
ölçüsü1 Mb.
#138350
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   15
Soliqlar ularning vazifalari va turlari

3-rasm. Soliq stavkasi turlari
13
 
Soliq stavkasi bilan soliqqa tortish ob'ekti o’rtasidagi bog’liqlik darajasiga 
qarab soliq stavkalarini proporsional, progressiv va regressiv kabi turlarga ajratish 
mumkin.
Soliq stavkalari, undirilishga, mohiyatiga va amal qilishi nuqtai nazariga 
ko’ra bir necha turlarga ajratiladi (3-rasm). 
Soliq stavkasi va daromadlar o’rtasidagi nisbatga asoslanib, soliqlar odatda 
progressiv (o’sib boruvchi), proporsional (mutanosib) va regressiv (kamayib 
boruvchi) soliqlarga bo’linadi
14
.
1. Daromad hajmi o’sib borishi bilan o’rtacha stavkasi o’sib boruvchi 
soliqlar progressiv soliqlar deyiladi.
2. Daromad hajmi o’sib borishi bilan o’rtacha stavkasi pasayib boruvchi 
soliqlar regressiv soliqlar deyiladi. 
13
A.Vahobov, A.Jo’raev. Soliqlar va soliqqa tortish. Darslik. – T.: “Sharq” nashriyoti – 2009 y. - 400 b. 
14
Shodmonov Sh.Sh., G’afurov U.V. Iqtisodiyot nazariyasi (darslik). – T., «Iqtisod-moliya» nashriyoti, 2010. – 558 
b. 
Soliq 
stavkasi 
turlari 
Proporsion
al 
Progressiv 
Regressiv 
Qat’iy 
O’zgaruvch

Tabaqalash
tirilmaydig
an 
Ulushli 
O’zgarmas 
Tabaqalash
tiriladigan 


26 
3. Daromad hajmi o’sib borishi bilan o’rtacha stavkasi o’zgarishsiz qoluvchi 
soliqlar proporsional soliqlar deyiladi. 
4-rasm. Progressiv, proporsional va regressiv soliqlarning grafik ko’rinishi
15
 
Soliq stavkalari turlaridan biri – bu proporsional soliq stavkalari bo’lib, bu 
soliq stavkalarini asosiy mohiyati shundan iboratki, soliq to’lovchi ega bo’lgan 
foyda (daromad), divedend, oborot yoki mol-mulk qiymatini hajmi (summasi) 
qancha bo’lishidan qat'iy nazar bir xil tartibda, ya'ni bir xil foizda soliq stavkasi 
qo’llaniladi. Masalan, divedend uchun barcha soliq to’lovchilari uchun soliq 
stavkasi 10 foiz qilib belgilangan. Bundan tashqari, qo’shilgan qiymat solig’i 
stavkasi ham bugungi kunda proporsional soliq stavkasi hisoblanadi. Har qaysi 
soliq to’lovchi qancha oborot (realizatsiya)ga ega bo’lishidan qat'iy nazar 20 foiz 
stavka bo’yicha soliq to’laydi. Shuningdek, yuridik shaxslardan olinadigan mol-
mulk solig’i bo’yicha ham proporsional soliq stavkasi qo’llaniladi. Respublikamiz 
soliq tizimida amal qiluvchi yuridik va jismoniy shaxslarning mol-mulkiga soliq 
uning ob'ekti 500 ming so’m bo’lganida ham 800 ming so’m bo’lganida ham soliq 
stavkasi o’zgarmay qolaveradi, ya'ni soliq ob'ektining o’zgarishi soliq stavkasining 
o’zgarishiga ta'sir qilmaydi.
Proporsional soliq stavkasi o’zgarmas soliq stavkasi bo’lib, uning miqdori 
(foizi) soliq ob'ektining hajmiga bog’liq bo’lmaydi. Bu bir tomondan yuqori 
daromadga (oborotga) ega bo’lgan soliq to’lovchilar uchun qulay soliq stavkalari 
15
Shodmonov Sh.Sh., G’afurov U.V. Iqtisodiyot nazariyasi (darslik). – T., «Iqtisod-moliya» nashriyoti, 2010. – 558 
b. 


27 
hisoblansada, ayrim soliq to’lovchilar uchun noqulaylik tug’dirishi mumkin, ya'ni 
ushbu soliq stavkasi soliqlarning rag’batlantiruvchilik rolini bajarmaydi.
Soliq stavkalarining keyingi turi progressiv soliq stavkasi hisoblanadi. 
Progressiv soliq stavkasi mohiyati jihatidan proporsional soliq stavkasiga nisbatan 
teskari holatda amal qilib, unga muvofiq soliq to’lovchilarning daromadlari, 
foydasi yoki oboroti ortib, o’sib borishiga muvofiq tarzda soliq stavkasining ham 
ortib borishi tushuniladi. O’zbekiston Respublikasi soliq tizimida buni jismoniy 
shaxslardan olinadigan daromad solig’i misolida ko’rish mumkin. Bunga muvofiq, 
jismoniy shaxslarning olgan daromadi oshib borishi bilan birga belgilangan shkala 
asosida soliq stavkasi oshib boradi. Masalan, jismoniy shaxsning umumiy olgan 
daromadi eng kam ish haqining olti baravarigacha miqdoridan 13 foiz stavkada, 
eng kam ish haqining olti baravaridan o’n baravarigacha bo’lgan qismidan 18 foiz 
stavkada, eng kam ish haqining o’n baravaridan ortgan qismidan esa 25 foiz 
stavkada soliq undirilishi belgilangan.
Demak, bundan ko’rinadiki, progressiv soliq stavkasida soliq ob'ektining 
oshib borishiga mutanosib ravishda soliq stavkasi ham oshib boradi. Qayd etish 
lozimki, ko’pgina iqtisodiy adabiyotlarda progressiv soliq stavkasi deganda faqat 
jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig’i bo’yicha stavkalar keltiriladi. 
Bundan tashqari, progressiv soliq stavkalaridan davlat tartibga soluvchi vosita 
sifatida ham keng foydalanadi, masalan, respublika soliq qonunchiligiga muvofiq 
me'yoriy muddatlarda o’rnatilmagan yuridik shaxslarning mol-mulkiga belgilangan 
stavkaning ikki baravari miqdorida soliq undirish belgilangan bo’lib, 2008 yildan 
yuridik shaxslar mol-mulk solig’i stavkasi 3,5 foiz bo’lgani holda, ularning 
me'yoriy muddatlarda o’rnatilmagan mol-mulkidan 7foiz miqdorida soliq 
undiriladi.
Progressiv soliq stavkasining ikki turi mavjud: oddiy progressiya va 
murakkab progressiya. Oddiy progressiyada soliqning orttirilgan stavkasi soliqqa 
tortiladigan barcha ob'ektga nisbatan qo’llaniladi, murakkab progressiyada esa 
soliqqa tortish ob'ekti qismlarga bo’linadi, ularning har biri o’z stavkasi bo’yicha 
soliqqa tortiladi, ya'ni orttirilgan stavkalar butun ob'ektga nisbatan emas, balki 


28 
bundan oldingi bosqichdan ortgan qismiga nisbatan qo’llaniladi. Jismoniy 
shaxslarning daromadiga soliq stavkalari murakkab progressiya hisoblanadi.
Progressiv soliq stavkasining kamchiligi shundaki, bu soliq stavkalari soliq 
to’lovchilarning daromad olish manfaatdorligini rag’batlantirmaydi, shuning uchun 
progressiv soliq stavkalarini qo’llaganda muayyan chegaraga qadar soliq stavkasini 
oshib borishini ta'minlagan holda so’ngra regressiv soliq stavkalarini joriy etish 
soliq to’lovchilar manfaatlariga mos keladi. Shuning bilan birgalikda ta'kidlash 
lozimki, progressiv soliq stavkalari davlat tomonidan iqtisodiyotni soliqlar 
vositasida tartibga solishda alohida ahamiyatga ega.
Soliq stavkalari haqida gapirganda, proporsional soliq stavkasi uchun neytral 
holat xarakterli bo’lsa, progressiv soliq stavkasi soliqlarning fiskallik xususiyatini 
xarakterlaydi, ya'ni progressiv soliq stavkalarida byudjet manfaati ko’proq yuzaga 
chiqadi. Shu jihatdan soliqlardan adolatlilik tamoyilining amal qilishini ta'minlash 
maqsadida regressiv soliq stavkalaridan foydalaniladi.
Regressiv soliq stavkasida soliq to’lovchining soliqqa tortiladigan daromadi, 
oboroti, mol-mulk qiymati kabi soliq ob'ektining ortib borishi bilan soliq 
stavkasining kamayib borishi ifodalanadi. Bundan ko’rinadiki, regressiv soliq 
stavkasi progressiv soliq stavkasiga nisbatan teskari, hodisani ifodalaydi.
O’zbekiston Respublikasi soliq tizimida regressiv soliq stavkasi asosan 
soliqlarning rag’batlantiruvchilik rolini oshirish maqsadida qo’llanilib, bu asosan 
korxonalarning mahsulot (xizmat, ish)ni chetga eksport qilishini rag’batlantirish 
maqsadida joriy etilgan. Jumladan:
Foyda solig’i bo’yicha:
Eksportchi korxonalar uchun realizatsiyaning umumiy hajmida o’zi ishlab 
chiqargan tovarlar eksportining erkin konvertatsiyalanadigan valyutaga eksport 
qilish ulushiga bog’liq holda daromadga soliq solishning regressiv shkalasi amal 
qiladi. Eksport ulushi:
- realizatsiyaning umumiy hajmida 15 foizdan 30 foizga qadar bo’lganida – 
belgilangan stavka 30 foizga kamayadi;


29 
- realizatsiyaning umumiy hajmida 30 foiz va undan ko’p bo’lganida - 
belgilangan stavka 2 baravarga kamayadi.
Mol-mulk solig’i bo’yicha, ham shu tartib amal qiladi.
Respublikamiz soliq tizimida eksport faoliyatini rag’batlantirishga qaratilgan 
qator imtiyozlarning mavjudligi milliy tovar ishlab chiqaruvchilarni o’z 
mahsulotlarini eksport qilishga yo’naltiruvchi asosiy omil bo’lib xisoblanadi.
Iqtisodiy adabiyotlarda uzoq yillardan buyon yagona soliq stavkalarini joriy 
etish to’g’risida bahsli munozaralar davom etib kelayapti.
Bu qarashlarni rus olimlari A.Abalkin, P.Bunich va boshqalarning ilmiy 
ishlarida uchratish mumkin. Ularning qayd etishlariga ko’ra korxonalar foydasidan 
olinadigan soliq uchun yagona stavka joriy qilish bozor munosabatlariga 
o’tayotgan davlatlar uchun maqbul va yagona yo’l ekanligini ta'kidlaydi. Fikrining 
isboti tariqasida yagona stavkani joriy qilishning to’rt sababini ajratib ko’rsatadi:
1) Xo’jalik mexanizmining yagonaligi;
2) Kapitalni sarflash sohalarining soliq munosabatlariga nisbatan tengligi, bu 
kapitalni erkin xarakat qilishi uchun asos yaratadi;
3) Barcha korxonalarning soliq to’lovchilar sifatida davlat oldida teng 
huquqliligi;
4) Bozordagi raqobat kurashida sharoitlarning tengligi.
Bozor iqtisodiyoti sharoitida bunga qarama-qarshi fikrlar ham mavjud. Ana 
shunday fikrlarga ko’ra, barcha korxonalar uchun yagona stavkada foydadan soliq 
olish maqsadga muvofiq emasdir. Korxonalarning turlicha moliyaviy sharoitda 
bo’lgan hozirgi davr holatida yagona stavkani qo’llash korxonaning moliyaviy 
ehtiyojlari bilan davlat manfaatlari yuzasidan keskin qarama- qarshiliklarni yuzaga 
keltiradi.
Rivojlangan va rivojlanayotgan davlatlar soliq tizimiga e'tibor qaratadigan 
bo’lsak, ular amaliyotida soliq stavkalarini tabaqalashtirilgan holda qo’llanilishini 
guvohi bo’lish mumkin.
Chunki, soliqlarning rag’batlantiruvchilik rolini yuzaga chiqishi asosan uch 
xil ko’rinishda yuzaga chiqadi. Bular soliq imtiyozlarini amalga oshirish (soliq 


30 
ob'ektini kamaytirish), soliq to’lovchilarni soliqdan ozod etish hamda soliq 
stavkalarini tabaqalashtirish hisoblanadi.
Qayd etish joizki, soliq stavkalarini tabaqalashtirish soliq tizimi hamda 
iqtisodiyotning real sektori uchun ham foydali bo’lsada, ammo, bu jarayonda eng 
asosiy muammo soliq stavkalarini tabaqalashtirish masalasi hisoblanadi.
Agar, soliq stavkalarini tabaqalashtirishda to’g’ri va egri soliqlar holatiga 
e'tibor beradigan bo’lsa, egri soliqlarga nisbatan to’g’ri soliqlarda soliq stavkalari 
ko’proq tabaqalashgan. Buning asosiy sababi, soliqlarning rag’batlantiruvchilik 
roli asosan to’g’ri va egri soliqlar orqali yuzaga chiqishi, shunga asoslangan holda 
soliq stavkalarini tabaqalashtirishda to’g’ri va egri soliqlar orqali korxonalarni turli 
xil faoliyat bo’yicha rag’batlantirish hisoblanadi.
Suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq xo’jalik yurituvchi 
sub'ektlardan asosan suv manbalaridan tejab tergab foydalanish hamda davlat 
byudjetini daromad bilan ta'minlash sifatida kiritilgan bo’lib, uni tabaqalashtirishda 
ikki xil yondashuv amalga oshirilgan, ya'ni suv resurslaridan foydalanilganlik 
uchun soliq stavkalari sohalar va suvlarni paydo bo’lish manbalariga ko’ra 
tabaqalashtirilgandir. 
O’zbekiston Respublikasi soliq tizimida to’g’ri soliqlardan tashqari egri 
soliqlar ham amal qilib, ushbu soliq turlari bo’yicha ham tabaqalashtirilgan soliq 
stavkalari qo’llaniladi (5-rasm).
Qo’shilgan qiymat solig’i eng asosiy soliq turlaridan biri bo’lib, bu asosan 
oborotdan olinadigan va sotuvdan olinadigan soliqlarning o’rniga kiritilgan. 
Qo’shilgan qiymat solig’i bo’yicha dastlabki yilda 32 foizli stavka qo’llanilgan 
bo’lsa, bugungi kunda umumiy tartibda 20 foizlik va nollik stavka bo’yicha soliq 
undirilmoqda.


31 

Yüklə 1 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   15




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin