9
Olimjonov. O. «Bozor iqtisodiyotiga o’tish davrida soliq siyosati». «Ҳayot va iqtisod». 1992.
17
Soliqlarning funksiyalari, vazifalari va tamoyillari
U yoki bu iqtisodiy kategoriyaning mohiyatini chuqurroq anglash uchun
unga xos umumiy belgilarni aniqlash lozim bo’ladi. Masalan, kredit iqtisodiy
kategoriya sifatida muddatlilik, qaytarishlik, muayyan miqdorda ustama haq (foiz)
to’lash kabi umumiy belgilarga egaki, ushbu belgilar kredit kategoriyasi
mohiyatini kengroq yoritish uchun xizmat qiladi. Xuddi shu kabi soliq kategoriyasi
ham bir qator o’ziga xos belgilarga egaki, ushbu belgilar soliqlarning boshqa
to’lovlardan farqlash uchun xizmat qiladi.
Shuni alohida qayd etish lozimki, soliqlarning belgilari borasida ham
iqtisodchi olimlar tomonidan turli xil fikrlar mavjud. Masalan, prof. Q. Yahyoev
soliqlarni umumiy belgilari sifatida quyidagilarni asoslaydi.
1. Soliqlar va yig’imlar majburiy bo’lib, bunda davlat soliq to’lovchining bir
qism daromadlarini majburiy badal sifatida byudjetga olib qo’yadi. Bu majburiylik
Oliy Majlis tasdiqlab bergan Soliq Kodeksining qoidalari asosida amalga
oshiriladi. Demak, majburiylik belgisi huquqiy jihatdan davlat tomonidan
kafolatlanadi.
2. Soliqlar xazinaga davlat budjetiga tushadi. Ammo boshqa turdagi
to’lovlar «Umid», «Ekosan» kabi jamg’armalarga tushishi soliq munosabatlarini
aks ettirmaydi.
3. Soliqlar qat’iy belgilangan va doimiy harakatda bo’ladi. Tarixan asrlab
o’zgarmay harakatda bo’lgan soliqlar mavjud. Uning ilmiy asosi qancha chuqur
bo’lsa, shuncha qat’iy va uzoq yillar o’zgarmasdan harakat qiladi.
4. Davlatga to’langan soliq summasi to’lovchining o’ziga to’liq qaytmaydi,
ya’ni u ekvivalentsiz pul to’lovidir
10
.
Rus iqtisodchisi A.Medvedev o’zining «Soliqlarni qanday rejalashtirmoq
kerak» nomli kitobida soliqlarga xos bo’lgan ikki belgini, ya’ni majburiylik va
ekvivalentsizlik kabi belgilarni qayd etadi.
Yuqoridagilardan kelib chiqib, bizningcha soliqlarning umumiy belgilarini
quyidagicha ifodalash mumkin:
10
Yahyoev Q. «Soliqqa tortish nazariyasi va amaliyoti». T-2003 y.
18
1. Soliq to’lovchi pulning u yoki bu summasini davlatga to’lap ekan, buning
evaziga bevosita biron-bir tovar yoxud xizmat olmaydi. Alohida olingan soliq
to’lovchi tomonidan to’langan soliq miqdori bilan u iste’mol qiladigan ijtimoiy
ne’matlar o’rtasida to’g’ridan-to’g’ri bog’liqlik mavjud bo’lmaydi. Xuddi ana shu
xususiyatiga ko’ra soliq narxdan, (tovar yoki xizmatlarni ixtiyoriy iste’mol
qilganligi uchun to’lanadigan haq sifatida) ruxsatnoma (litsenziya) lar va
vositachilik yig’imlaridan farq qiladi, chunki bular majburiy yoki ixtiyoriy
to’lovlar hisoblansada, biroq hamma vaqt hukumat tomonidan ko’rsatilgan
xizmatdan muayyan foyda (naf) ko’rilishi bilan bog’liqdir.
Davlatga to’lanadigan soliqlar bilan uning evaziga olinadigan iqtisodiy va
ijtimoiy ne’matlar o’rtasida bevosita, har bir kishining ko’zi ilg’aydigan
bog’liqlikning yo’qligi soliq to’lovchilar soliqqa tortishni yuk sifatida baholashlari
uchun sabab bo’ladi, vaholangki, ular soliqlar hisobidan qilinadigan davlat
xarajatlarining yo’nalishini ma’qullashlari ham mumkin.
Alohida olingan soliq to’lovchi odatda jamiyat va o’zining ko’rgan foydasi
yoki manfaatini to’lagan soliqlari bilan solishtirib o’tirmaydi. Bu shunga olib
keladiki, oqibatda fuqarolarning bir qismi soliqlar to’lashdan buyin tovlashga, o’z
daromadlarini yashirishga urinadi. Davlat o’z fuqarolaridan yig’ib olgan soliqlarni
samarali va oshkora tarzda ishlatsa hamda fuqarolarning aksariyat qismi davlatning
iqtisodiy ijtimoiy va boshqa dasturlarini o’z mablag’lari hisobidan pul bilan
ta’minlashga rozi bo’lgandagina yuksak soliq axloqi tamoyillari yuzaga keladi.
2. Soliqlar majburiy to’lovlar hisoblanadi. Soliqlarning to’liq miqdorda va
o’z vaqtida to’lanishi uchun javobgarlik soliq to’lovchilar zimmasiga yuklangan
bo’lsada, ular ixtiyoriy emas, majburiy ravishda to’laydilar, davlat soliq to’lashdan
bo’yin tovlaganlarni qattiq jazolaydi.
3. Davlat foydasiga soliq to’lash orqali daromadning avvaldan belgilab
qo’yilgan, eng muhimi, qonuniy tartibda ko’zda tutilgan qismi undirib olinadi.
Ko’pgina davlatlarning, shu jumladan, O’zbekistonning ham qonunlarida soliqlarni
belgilash va ularning hajmlarini aniqlashga faqat Oliy qonun chiqaruvchi
hokimiyat yoki uning tomonidan vakolat berilgan organlar haqlidirlar, deb
19
mustaxkamlab qo’yilgan. O’zining xohish-istagiga qarab yangi soliqlar belgilash
yoki ularning hajmlarini aniqlashga hech kimning haqqi yo’q. To’lovlarning
qonuniy, ochiq-oydin xususiyatga ega bo’lishi soliqlarning bosh tavsifi
hisoblanadi.
4. Soliqlarning yana bir belgisi ularning davlat yoki mahalliy byudjetga kelib
tushishidir, ya’ni soliqlar byudjetdan tashqari fondlar yoki turli xil boshqa
fondlarga kelib tushmaydi.
5. Soliqlarga xos bo’lgan umumiy belgilardan biri sifatida davlat hamda
yuridik va jismoniy shaxslar o’rtasida mulkchilikni qayta taqsimlash jarayonini
yuzaga kelishidir. Soddaroq qilib aytganda korxonalar va aholidan olinadigan
soliqlar, aslida ular mulkining ma’lum bir qismini davlat hisobiga o’tkazilishini
bildiradi. Bu bilan xo’jalik yurituvchi sub’ektlarga tegishli bo’lgan mulk daromad
shaklida majburiy to’lov bo’lib, davlat mulkiga aylanadi.
Demak, yuqorida qayd etilgan soliqlarga xos bo’lgan umumiy belgilar ularni
iqtisodiy mohiyatini ochishga xizmat qiladi. Soliq kategoriyasi boshqa iqtisodiy
kategoriyalar: moliya, kredit, sug’urta, investitsiya kabilar bilan umumiy
o’xshashlikka ega, ya’ni ularning barchasi pulli munosabatlarni ifodalaydi. Lekin
soliqlarning o’ziga xos yuqorida qayd etilgan belgilari mavjudki, ushbu belgilar
soliqlarni boshqa iqtisodiy kategoriyalardan farqlash uchun xizmat qiladi.
Soliqlarning iqtisodiy mohiyati davlat bilan huquqiy va jismoniy shaxslar o’rtasida
vujudga
keluvchi
ob’ektiv
majburiy
to’lovlarga
asoslangan
moliyaviy
munosabatlar orqali xarakterlanadi. Bu moliyaviy munosabatlar maxsus ijtimoiy
xarakterga ega bo’lib, milliy daromadning bir qismi bo’lgan pul mablag’larini
davlat ixtiyoriga safarbar qilishga xizmat qiladi.
Soliqlarning mohiyati ularning bajaradigan funktsiyalaridan kelib chiqadi.
Har bir iqtisodiy kategoriyaning o’z funktsiyasi mavjud. Soliq ham mustaqil
kategoriya sifatida o’zi bajaradigan funktsiyalarga ega bo’lib, bu funktsiyalar soliq
kategoriyasining amaldagi xarakatini ifodalaydi. Funktsiya deganda, odatda,
kategoriyaning hayotda ko’p qaytariladigan, takrorlanadigan doimiy xarakatlarini
tushunish lozim.
20
Soliqlarning funktsiyalari to’g’risida turli xil qarashlar mavjud. Sobiq
sotsialistik mamlakatlar iqtisodchilari o’rtasida soliqlar ikki funktsiyani bajaradi,
degan qarash keng tarqalgan edi. Bu ikki funktsiya sifatida fiskal va nazorat
funktsiyalari tan olinardi. Ularning fikriga ko’ra eng asosiy funktsiya bu
soliqlarning fiskal funktsiyasidir, chunki usiz nazorat funktsiyasining mavjud
bo’lishi mumkin emas.
Malmiginning fikriga ko’ra soliqlar uch funktsiyani bajaradi, ya’ni fiskal,
taqsimlash va rag’batlantirish. Uning fikriga ko’ra birinchi funktsiya davlat
daromadlari manbalarining tashkil topishi bilan bog’liq, ikkinchisi huquqiy va
jismoniy shaxslarning daromadlarini taqsimlashni nazarda tutadi. Rag’batlantirish
funktsiyasi turli imtiyozlar va engilliklar berish yuli bilan amalga oshiriladi
11
.
O’z-o’zidan
ko’rinib
turibdiki,
G’arb
iqtisodiy
adabiyotlaridagi
daromadlarni boshqarish funktsiyasi I.Malmiginda taqsimlash funktsiyasi sifatida
namoyon bo’lmoqda.
Soliqlarning
funktsiyalari
ularning
mohiyatini
amaliyotda
harakat
qilayotganligini ko’rsatadi. Shunday ekan, funktsiya doimo yashab, soliq
mohiyatini ko’rsatib turishi zarur. Bugun paydo bo’lib ertaga yo’q bo’lib ketadigan
holatlar soliq funktsiyasi bo’la olmaydi. Demak, funktsiya kategoriyasi doimiy,
qat’iy takrorlanib turadigan voqe’likni ifodalaydi. Shunday uslubiy yondashishdan
kelib chiqib soliqlar funktsiyasini aniqlash kerak.
Soliqlarning funktsiyalari masalasida katta bahslashuvlar mavjud, lekin
yagona bir fikrga kelingan emas. Ko’pchilik iqtisodchilar soliqlarga fiskal,
boshqaruvchi, rag’batlantiruvchi, nazorat funktsiyalari xos deb ta’rif berishadi.
Bizning fikrimizcha, soliqlarning quyidagi asosiy funktsiyalarini ajratib
ko’rsatish maqsadga muvofiqdir (2-rasm):
1. Soliqning fiskal funktsiyasi
2. Tartibga solish funktsiyasi.
3. Rag’batlantirish funktsiyaschi
4. Soliqning nazorat funktsiyasi.
11
Малмигин И. Налоги как элементы финанса. М.: перевод с англ. 1997 г. стр. 69
21
5. Soliqni hisoblash jarayonini axborot bilan ta’minlash funktsiyasi.
Dostları ilə paylaş: |