Soliqlar, ularning azifalari va turlar


   Soliqlarning turlari va tasnifi



Yüklə 1 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə6/15
tarix02.08.2023
ölçüsü1 Mb.
#138350
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
Soliqlar ularning vazifalari va turlari

 


24 
 Soliqlarning turlari va tasnifi 
Soliqlarning mamlakat iqtisodiyotiga ta'siri, asosan, ularning stavkalari 
darajasining miqdori bilan belgilanadi. Respublika soliq tizimining shakllanishini 
hozirgi bosqichida soliq stavkalarining darajasi eng munozarali masalalardan 
hisoblanadi.
Soliq stavkalari respublika va mahalliy byudjetlar xarajatlarini mablag’ bilan 
ta'minlashda muvozanat darajasini hamda xo’jalik sub'ektlarining moliyaviy 
imkoniyatlarini belgilaydi. Demak, ular moliya- byudjet munosabatlarini 
sog’lomlashtirish bilan chambarchas bog’liqdir. Soliq stavkalari korxonalarning 
iqtisodiy mustaqilligini ta'minlaganlari holda, moliya-byudjet munosabatlarining 
pul muomalasiga ko’rsatadigan salbiy ta'siriga barham bera olishi ham kerak. Bu 
esa, respublikamizda amalga oshirilayotgan soliq islohotining muhim jihatini 
tashkil etadi.
Soliq elementlari tarkibida soliq stavkalari alohida o’rin tutadi. Iqtisodiy 
adabiyotlarda soliq stavkasi deganda soliq ob'ektining har bir soliq birligi uchun 
davlat tomonidan belgilab qo’yilgan me'yor tushuniladi.
Soliq stavkasining ahamiyati soliq ob'ektini qancha qismi qanday miqdorda 
majburiy to’lov sifatida byudjetga undirishini xarakterlaydigan masalaga javob 
beradi.
Soliq stavkalarini mohiyati shundaki, ular soliq ob'ekti, soliq birligi va soliq 
normalariga asoslangan holda soliq mexanizmini samarali ishlashini ta'minlaydi. 
Soliq stavkalaridan davlat tomonidan iqtisodiyotni tartibga solish vositasi sifatida 
foydalanilsa, boshqa tomondan soliq imtiyozlarini bir turi sifatida ular orqali ishlab 
chiqarishni rivojlantirishga rag’batlantirish rolidan foydalaniladi.
Soliq stavkalari ikki xil ko’rinishda: qat'iy stavkalarda va nisbiy (foiz) 
stavkalarda ifodalanadi. Soliq stavkasi qat'iy stavkada belgilangan holda soliq 
ob'ektiga nisbatan qat'iy so’mda belgilanadi. Masalan, yer solig’ining har bir 
gektari uchun qat'iy so’mda soliq miqdori o’rnatilgan. Yuridik va jismoniy 
shaxslarning daromadlariga, mol-mulklariga esa nisbiy stavkada yoki foizda soliq 
miqdori belgilangan.


25 

Yüklə 1 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin