22
Ishlab chiqarishning rivojlanishi bilan fiskal funktsiyaning
ahamiyati oshib
boradi. Ishlab chiqarish ijtimoiy tusdaligining chuqurlashishi fan-texnika
taraqqiyotining
rivojlanish
munosabati
bilan
asosan
soliqlar
hisobiga
shakllantiriladigan moliyaviy resurslar oqimini ko’paytirishning real zarurati
yuzaga keladi. Davlat iqtisodiy va ijtimoiy tadbirlarga ko’proq e’tibor bergan sari
ko’p moliyaviy resurslarni sarflamoqda, lekin soliq tizimi o’zining fiskal
funktsiyasi vazifalarini bajarishi jarayonida ishlab chiqarish o’sishiga, jamg’arish
jarayoniga halal bermasligi, ijtimoiy adolatni buzmasligi hamda xalq xo’jaligining
umumiy tuzilmasida buzilishlar va chetga chiqishlar sodir bo’lishiga yo’l
qo’ymasligi, bozor jarayoniga putur etkazmasligi kerak.
Soliqlarning ushbu funktsiyasi orqali hosil bo’ladigan
pul resurslari davlat
fondi (davlat byudjeti) orqali qayta taksimlanadi, ular ishlab chiqarish va ijtimoiy
infratuzilmani
rivojlantirishga,
ustuvor
tarmoqlarni
investitsiyalashga
yo’naltiriladi.
Jahon amaliyotida ijtimoiy himoyaga muhtoj bo’lgan shaxslar uchun soliq
imtiyozlari va yuqori daromad oluvchi shaxslar uchun progressiv stavkalar
belgilash ham qo’llanadi, ya’ni aholining kam daromad oladigan qismini ijtimoiy
himoya qilish maqsadida daromadlarni bir qismi qayta taqsimlanadi. Bunday
yondashuvlar
soliqqa
tortiladigan
daromad
aniqlanayotganida
soliqqa
tortilmaydigan minimum miqdoridagi daromad qo’shilmaydi, ayni paytda ortiqcha
daromadlar soliqqa yuqori progressiv stavkalar bo’yicha tortiladi.
Soliqlarning ko’pchiligi ishlab chiqaruvchilar va iste’molchilarni
yuzaga
kelgan vaziyatni hisobga olgan holda joylarda korxonalar faoliyatining iqtisodiy
shart-sharoitlarini o’zgartirishga majbur etib, moliyaviy resurslarni makrodarajada
qayta taqsimlashga olib keladi.
2. Bozor munosabatlarining shakllanishi va rivojlanishi sharoitida
soliqlarning ikkinchi muhim funktsiyasi ularning iqtisodiyotdagi tartibga
soluvchilik roli hisoblanadi, ya’ni davlat soliqlar orqali tovarlar, xizmatlarni ishlab
chiqarish va sotishning iqtisodiy shart-sharoitini tartibga soladi va bu bilan xalq
xo’jaligi tarmoqlarining iqtisodiy faoliyatini amalga oshirish uchun muayin «soliq
23
muhiti»ni yaratadi. Ushbu funktsiya orqali soliq tizimiga ta’sir ko’rsatadi, ya’ni
muayyan tarmoqda ishlab chiqarish sur’atlarini rag’batlantiradi
yoki jilovlab
turadi, sarmoyaning bir tarmoqdan soliq muhiti eng ma’qul bo’lgan boshqa
tarmoqqa qo’yilishini kuchaytiradi yoki pasaytiradi, shuningdek aholining to’lovga
qobil talabini kengaytiradi yoki kamaytiradi.
Soliqlarning tartibga soluvchi sifatidagi funktsiyasining ahamiyati bozor
sharoitida o’sib boradi, bu davrda tadbirkorlarni ma’muriy qaram qilish usullari
yo’q bo’lib ketadi yoki juda oz holda qoladi, korxonalar
faoliyatini farmoyishlar,
ko’rsatmalar va buyruqlar yordamida idora qilish huquqiga ega bo’lgan «yuqori
tashkilot» tushunchasining o’zi asta-sekin yo’qola boradi. Biroq iqtisodiy faollikni
izga solib turish, uning rivojlanishini jamiyat uchun maqbul bo’lgan yo’nalishda
rag’batlantirish zarurati saqlanib qoladi.
3. Rag’batlantirish funktsiyasi soliq tizimining eng muhim funktsiyalaridan
biri bo’lib, ishlab chiqarishni rivojlantirishga, moddiy xom ashyo resurslari,
shuningdek
moliyaviy va mehnat resurslari, jamg’arilgan mol-mulkdan samarali
foydalanishga rag’batlantiruvchi ta’sir ko’rsatadi, ya’ni soliq yukini kamaytirish
orqali ishlab chiqarishni rivojlantirishga, moliyaviy ahvolni mustahkamlashga va
investitsiya faoliyatini jonlantirishga rag’batlantiradi. Soliqlarning rag’batlantirish
funktsiyasi orqali davlat xalq xo’jaligi taraqqiyotini rag’batlantiradi, bu bilan fiskal
funktsiyani bajarish
uchun bazani kengaytiradi, ishlab chiqarishni soliqlarning
rag’batlantirish funktsiyasi orqali rag’batlantirib, davlat oqilona soliq siyosatini
olib borish bilan soliq yukini kuchaytirmasdan xo’jalik yurituvchi sub’ektlarning
erkin faoliyat ko’rsatishi ta’minlanadi.
4. Soliqlarning nazorat funktsiyasi soliq to’lovchi tomonidan taqdim etilgan,
soliqqa tortish ob’ekti, soliqqa tortiladigan baza, imtiyozlar singari va hokazo
tegishli soliq ko’rsatkichlarining hisob-kitoblarini tekshirishdek
ancha murakkab
jarayondan iborat. Soliq hisobi soliq idoralariga belgilangan soliq hisobi shakllari
orqali
soliq
to’lovchilar
o’zlarining
soliq
majburiyatlarini
qanday
bajarayotganliklarini yanada samarali nazorat qilish imkonini beradi.
Dostları ilə paylaş: