Soliqlar, ularning azifalari va turlar



Yüklə 1 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/15
tarix02.08.2023
ölçüsü1 Mb.
#138350
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
Soliqlar ularning vazifalari va turlari

Kurs ishining maqsadi
soliq tizimini takamillashtirish, undagi mavjud 
muammolarni bartaraf etish bo’yicha ilmiy-amaliy tavsiya va takliflar ishlab 
chiqishdan iborat. 
Mazkur maqsadga erishish uchun quyidagi vazifalar 
belgilab olindi: 
- soliq tushunchasi, uning mazmun-mohiyatini ochib berish;
- soliqlarning funksiyalari va tomoyillarini tadqiq etish; 
- soliqlarning turlari va tasniflarini o’rganish;
- O’zbekiston soliq tizimining hozirgi holatini tahlil qilish;
Kurs ishining obyekti 
soliq tizimi hamda uning turlari va ular bo’yicha 
mavjud qarashlar hisoblanadi. 
Kurs ishining predmeti
 
mamlakatimiz soliq tizimida amalga oshirilayotgan 
ishlarni o’z ichiga oladi. 
Kurs ishining nazariy va uslubiy asoslarini 
xorijlik yetakchi olimlarning 
soliq tizimi, uni tartibga solinishi, uning zaruriyati va ahamiyati borasidagi amaliy 
ishlanmalari, ilmiy maqola va konseptual nazariyalari tashkil etadi. 
Kurs ishining tuzilishi. 
Ushbu Kurs ishi kirish, xulosa, foydalanilgan 
adabiyotlar ro’yxati va o’zaro mazmunan bog’langan 5 ta rejadan iborat bo’lib 
umumiy hajmda 53 betni tashkil etadi
.
 
 
 



1. Soliq tushunchasi, uning mohiyati va ahamiyati 
Soliqlar umumiy olganda ommabop emas bo’lib ko’rinadi, holbuki soliq 
tizimining ahamiyati hammaga ayon. Agar omma qarshiligini oldini olmoqchi 
bo’lsa, har qanday qabul qilinadigan tizim ular tomonidan qo’llab quvvatlanishi 
kerak. Adolatsiz soliq tizimi o’tmishda juda ko’p tartibsizliklarni keltirib 
chiqargan. Yillar davomida nazariyachilar g’oyalarining katta qismini soliq 
tizimining 
asosiy 
tamoyillari 
qanday 
bo’lishi 
kerakligini 
aniqlashga 
bag’ishlashgan.
Zamonaviy soliq falsafasi yoki nazariyasi odatda klassik iqtisodchi olimlar, 
eng avvalo Adam Smit, tomonidan boshlangan deb hisoblanadi. Lekin zamonaviy 
siyosiy falsafaning asoschisi Tomas Gobbs (1588-1639), iqtisodchi va faylasuf 
Uiliam Petti (1623-87) kabi ilg’or olimlarning ham hissasi katta. Gobbs ko’proq 
iqtisodiy nazariyalari bilan taniqli bo’lsa ham, u bir qancha asarlarida, jumladan 
o’zining eng mashhur "Leviathan" asarida soliqlarga katta e’tibor bergan. Uning 
soliq nazariyasi ma’lum darajada murakkab deb qaraladi va unda soliq kishilarning 
boyligiga emas, balki uning himoyasi va qonun ustivorligini saqlab turish, keyingi 
o’rinda harbiy hizmat uchun davlatga bo’lgan qarzi orqali aniqlanishi kerak deb 
qaraladi. U shuningdek, o’z mehnat layoqati bilan yashash uchun yetarli mablag’ 
topa olmaydiganlarga ijtimoiy ta’minot berishni qo’llab quvvatlaydi
2

Petti "Soliqlar va yig’imlar xazinasi" (1662) asarida Fransiya bilan yuzaga 
kelayotgan urush uchun jamg’rmalar yig’ilishida qirol tomonidan qo’llanilishi 
mumkin bo’lgan soliqlar va daylat harajatlari prinsplarini tuzib chiqishga uringan. 
U olti turdagi davlat harajatlarini tuzib chiqqan: himoya, boshqaruv, cherkov, 
ta’lim, infrastruktura va barcha turdagi zaiflarni qo’llab quvvatlash va birlamchi 
mahsulotlar uchun xarajatlar. U qariyalar, kasallar, yetimlar va shu kabilarga 
ta’minot uchun qilinadigan davlar harajatlarini qo’llab quvvatlagan.
"Uzoq o’nsakkizinchi asr" (1688-1800) deb ataluvchi bu davrda Adam Smit 
va uning izdoshlari hozirgu kundagi zamonaviy soliq nazariyasini ishlab 
2
Jane Fracknall-Hughes. The Theory, Principles and Management of Taxation: An introduction, Routledge Taylor 
and Francis Group. 2015, p 2. 



chiqishgan. Bu davr nafaqat Buyuk Britaniya, balki butun dunyoda barcha turdagi 
g’oyalarning rivojlanishida muhim ahamiyatga ega bo’ldi. Bu yillar davomida 
ko’plan ahamiyatli voqealar, Amerika mustaqillik urushi, soliq masalalari asosida 
kelib chiqqan Fransiya revolutsiyasi yuz bergan. Antony Eshli Kuper, uchinchi 
Graf Shaffesbury, ko’zga ko’ringan davlat arbobi, 1706- yil Gollandiyadagi 
hamkasibiga shunday yozadi: 
Bu yerda o’zini butun dunyo bo’ylab tarqatayotgan qudratli nur mavjud... bu 
g’ayritabiiy lekin so’z va bilim har doimgidan kattaroq tezlikda tarqalishi shart.
Bu davr haqiqiy ulamolar davri edi, va fanlar yoki kasblar orasida bugungi 
kungidek hech qanday chegara bo’lmagan. Shuning uchun, o’sha davrning ilg’or 
olimlari, John Locke, David Hume, Adam Smith, Edmund Burke, Jeremy 
Bentham, Thomas Paine lar shifokor, yurist, akademik yoki siyosatchi 
bo’lishlariga qaramasdan bir vaqtning o’zida axloqiy, siyosiy va falsafiy asarlar 
yozishgan. Biz bu qatorga barcha nazariyachilarni kirita olmasakda, Adam Smit va 
uning izdoshlarining dunyo bo’ylab ulkan ta’sirini sanab o’tish joizdir. 
John Locke faylasuf, Oksford akademigi, shifokor, davlar arbobi, iqtisodchi, 
siyosatchi va revolutsiyachi sifatida tanilgan. U bir muncha notinch, ko’zga 
ko’ringan institutlar, jumladan ingliz monarxiyasi tugallangan va keyinchalik yana 
qayta tiklangan va 1688-yilgi “Shonli revolutsiya” (Uilliam III angliya qiroli va 
Mary II angliya qirolichasi bo’lgan) natijasida konstitutsiyaviy hokimiyat 
o’rnatilgan davrda yashagan. Soliqqa keladigan bo’lsak, u haqida Locke juda kam 
yozgan lekin ulkan ahamiyatga ega ma’lumotlarni qoldirgan. 
Locke insonlar o’z kuchi va sayi harakati tufayli erishgan shaxsiy mol- 
mulkiga ega bo’lish huquqi borligiga ishongan. Biroq ko’proq narsaga erishishga 
intilish tufayli iqtisodiyotda mutanosiblik buzilgan va pul munosabatlari 
rivojlanishi oqibatida turli kelishmovchiliklar yuzaga kelgan. Odamlar bir 
jamiyatga birlashib yaxlit xalq hokimiyatini tashkil qilishgan. Bundan asosiy 
maqsad kishilar o’z mol-mulklariga xavfsiz egalik qilishni ta’minlash bo’lgan. 
Biroq bu birlashish odamlarga boshqaruvdagi katta kuch berilganini anglatgan va 
bu narsani Locke davlatning noqonuniy shakli sifatida baholagan. Bu “Ijtimoiy 



shartnoma nazariyasi” sifatida tanilgan.Unga ko’ra: shaxs jamiyatning barcha 
qarorlariga bo’ysunishga rozi bo’ladi, evaziga jamiyatga a’zo bo’lganlar uchun 
mol-mulk, erkinlik, sog’lik va hayot himoyasiga ega bo’lishgan. Bu soliq 
majburiyatlarining paydo bo’lishiga olib keladi. “Davlatning 2-hazinasi” asarida 
Locke “Oliy hokimiyat insonlarning shaxsan roziligisiz ularning mol-mulkining 
hech birini olib qo’ya olmaydi” deb fikr bildiradi. Lekin insonlarning davlatga 
to’lovlar to’lab turishi kerakligini Locke ,, Davlatning ulkan xarajatlarini tasavvur 
qilib bo’lmaydi va kimki davlat himoyasidan foydalansa o’z mulkidan ma’lum 
qismini o’z roziligi bilan shu xizmatlar evaziga berishi kerak” degan fikri bilan 
ifodalagan.
Ko’pchilikning roziligi ularning har birini fikrini bilish yo’li bilan yoki ular 
orasidan saralab olingan nomzod orqali aniqlangan. Agar kimki o’z amalidan 
foydalanib odamlarning roziligisiz soliqlarni o’rnatishga va yig’ishga harakat qilsa, 
u bu orqali mol-mulkning fundamental qonunini buzadi va davlat tanazzuliga olib 
keladi. Chunki insonlar ongidagi “Nima uchun mening mulkimni kimdir o’z 
xohishi bilan olishi kerakyo” degan fikr ularning qarshiligini uyg’otishi mumkin. 
Lockening “Ijtimoiy shartnoma nazariya” soliqlarni davlat himoyasi evaziga 
inson huquqlaridan foydalangan holda joriy qilinishini yoqlab chiqqan. Bu 
huquqlardan davlatning foydalanishi Locke tomonidan davlatning soliqqa tortish 
huquqi deb nomlanadi, aks holda u qonuniy o’g’rilikka o’xshab qolar edi. Bu fikr 
keyinchalik faylasuflar, ayniqsa o’rta asrlar teologi Thomas Aquinasning “Summa 
Theologica” asarida muhokama qilingan. Davlat himoyasi va boshqa yordamlar 
evaziga soliqlarni to’lashdagi Locke tomonidan aniqlangan, tabiiy ziddiyat 
hozirgacha mavjud va u soliqlardan qochishning asisiy sabablaridanbiri bo’lib 
qolmoqda.
Locke ton ma’noda o’zining bir qancha soliq nazariyalari uchun 
“Levianthan” asarida soliq yig’imlarini davlat himoyasi va qonun ustuvorligi 
uchun to’lov sifatida keltirib o’tgan Toms Gobbsga qarzdordir. Haqidatdan ham 
Gobbs o’z asarlarida “ijtimoiy shartnoma” g’oyasini ham birmuncha 
shakllantirgan. Holbuki, davlat organlari kerakligicha samarali ishlamasligi va 



soliqlar onsongina insonlar mol mulkini ularning roziligisiz tortib olishga majbur 
qiluvchi kuchga aylanishi mumkin. Bunday ma’lum muammolardan qochish 
uchun, soliqlarning doirasi cheklanishi kerak. Soliq bu shaxs bilan davlat 
o’rtasidagi bitimdir. U davlatni o’z funksiyalarini amalga oshirishida resurslar 
bilan ta’minlashi kerak, lekin majburiy holda emas. Fuqarolarning katta qismi 
uning joriy qilinishiga rozi bo’lishlari shart. 
Locke ning garchi “kimki davlat himoyasidan foydalansao’z mol-mulkidan 
ma’lum qismini ushbu himoya uchun to’lab berishi kerak” degan fikri, progressiv 
yoki proporsional soliqlarning bir turi yoki hozirda “benefit prinsiple” sifatida 
keltiriladigan, soliq davlatdan olinadigan manfaatga bog’liq holda to’lanishini 
anglatuvchi g’oya sifatida tushunilishi mumkin bo’lsa ham u soliqlarning boshqa 
turlari, ularning tabiati, miqdori, yig’ilishi to’g’risida hech nima aytmagan. 
Amaliyotda hattoki soliq to’lovchilar va ularning holati haqida juda ko’p ma’lumot 
mavjud bo’lgan hozirgi zamonda soliqlarni bu g’oyaga asosan undirish deyarli 
imkonsiz. Shuningdek, “mol-mulk” so’zi tushunishga onson bo’lsa ham, bu 
insonlar ega bo’lgan barcha narsalarmi yoki yermi degan savollarni ko’taradi. 
Shuning uchun hamma soliq to’lashi kerakmi yoki yer egalarimi degan muammo 
yuzaga keladi. Bu savollar javobsizligicha qolmoqda. 
Doktor Johnson soliq nazariyachisi sifatida emas balki u tuzgan izchil 
“Lug’at” tufayli ko’proq eslanadi. Lekin 1770-yillarda soliqlarga bevosita aloqador 
bo’lgan, Amerikaning soliqqa tortish muammolari, Amerika mustaqillik urushi 
markazidagi masalalar bilan shug’ullanadigan “The Patriot” (1774) va “Taxation 
No Tyronny” (1775) asarlarini yozadi. Johnson Angliyaning Amerika 
koloniyalarini soliqqa tortish huquqini himoya qiladi va Amerikani “Angliya 
himoyasida saqlanuvchi… 
Angliya nizomi bo’yicha tuzilgan… Angliya armiyasi tomonidan mudofaa 
qilinuvchi” deb ta’riflaydi va “Ular bizning davlat himoyasi ostida rivojlanyabdi, 
shuning uchun evaziga nimadur berishlari kerak” degan fikrni ilgari suradi. Agar 
Amerikaliklar ingliz qonunlarini qabul qilishsa ular uni to’laligicha qabul qilishlari 
kerak edi, jumladan soliqqa aloqador bo’lganlarini ham. Ular o’zlari yoqtirgan 



elementlarni olib tashlay olmasdilar. Qonun ko’pchilikning xohishi bilan yo’lga 
qo’yilgandan keyin kolonistlar Inglizlarga o’z huquqlarini topshirishga majbur 
bo’ldilar. 
Yum Lokkning ijtimoiy shartnoma nazariyasi tushunchasini yo'q qilishi 
bilan keng tanilgan. Uning Original Shartnoma ishida, u hukumatlar qanday bir 
turdagi shartnoma tomonidan emas, balki zo'ravonlik yo'li bilan tashkil etiladi, deb 
bahs yuritadi. Agar hech qanday ijtimoiy shartnoma bo’lmasa, hokimiyat qanday 
qonuniy asosda soliqqa tortishi mumkinyo Bu savolga Yum aniq javob bermagan 
bo’lsada, uning bir necha asarlarida bu haqida ma’lumotlar bor
3
. Hukumat 
shartnomalarni himoya qiladi va shartnomalarni barchaning manfaati uchun 
yaratishga majbur qiladi. Qoidalar va majburiyatlar tinch jamiyatni yaratish hamda 
milliy va xalqaro sadoqatni boshqarish uchun yaratiladi. Soliq to'lash inson 
hohlagan jamiyatni qo'llab-quvvatlash bilan bog’liq fuqarolik burchidir, deya 
xulosa qilish mumkin. Ammo, Yumning boshqa ishlaridan shunday xulosa 
chiqarish mumkinki, “Inson aqli haqida so’rov” asarida (u taklif qiladi), inson 
harakatlariga faqat birlamchi prinsplar, inson o’zini qanday tutishi kerakligi har 
doim ham asos bo’la olmaydi. Demak, soliqda buni qo’llasak, inson uni qabul 
qilishi kerak, chunki soliq odatiy shakllangan: inson u nima uchun paydo bo’lgani 
haqida o’ylashi nojoiz. Inson narsalarni boricha qabul qilishi, bor narsadan 
foydalanishi, garchi u narsa o’zgartirilishi mumkin bo’lsada, u bilan shug’ullanishi 
kerak. Yum o’zining original shartnoma inshosida buni yanada oydinlashtiradi: 
Yangi hukumat tashkil etilgan paytda, qanday vositalar orqali tashkil etilgan 
bo’lmasin, odamlar asosan undan norozi bo'lgan, ular hukumatga sodiqlik yoki 
ahloq qoidalaridan ko’ra ko’proq zaruriyat va qo’rquvi uchun bo’ysunadi... Vaqt, 
darajalar bu barcha qiyinchiliklarni bartaraf etadi va millatni ular bosqinchi yoki 
mustabid deb o’ylagan qonuniy shahzodalari, uning oilasiga yaxshi munosabat 
bildirishga o’rgatadi. 
3
Jane Fracknall-Hughes. The Theory, Principles and Management of Taxation: An introduction, Routledge Taylor 
and Francis Group. 2015, p 5. 


10 
Yumning “Soliq” deb nom olgan inshosida soliq bo’yicha qarashlar 
tushuntirib ketilgan. U soliq nazariyasiga yo’naltirmaydi, balki ishchilar qanday 
qilib ish kuchini oshirganda soliq yuki oshishiga ko’nishi, ish haqini katta darajada 
oshmasligi haqida munozara qiladi. Ishchi tirishqoqlik bilan ishlasa, albatta 
ko’proq pul topadi. U iqlimi keskin bo’lgan mamlakatlardagi ishchilarning tabiiy 
noqulayliklarni yengib o’tish uchun qattiqroq ishlari kabi vaziyatlarni ko’rib, 
solishtiradi. U soliqqa tortishning eng yaxshi yo’li muhtoj odamlarni emas, balki 
boy insonlarni soliqqa tortish kerak deb bahs yuritadi. Uning “Fuqarolar ozodligi” 
(1741) nomli inshosida ozod bo’lgan hokimiyatlar ortiqcha qarz va soliqlar tufayli 
yo’qolib ketish tendensiyasiga ega deb hisoblaydi. U, ayniqsa, Fransiyani misol 
keltiradi: 
Fransiyada o’sgan eng katta haqorat bu monarxiyaning eng mukammal 
ko’rinishi, qaysiki soliqlarning soni yoki hajmidan davomiylikni ta’minlamaydi, 
balki undirishning qimmat, teng bo’lmagan,o’zboshimchalik bilan va chalkash 
yo’llari dehqonlar va fermerlar, jumladan kambag’allar sanoati, katta o’lchovda 
kamayishiga olib kelgan va qishloq xo’jaligi ko’r-ko’rona va qashshoq bandlik 
ko’rsatkichlariga olib keldi. U davom etadi:
Agar shahzoda yoki vazir paydo bo’lsa va unga idrok ato etilgan bo’lsa, 
o’zining va jamoatning manfaatini bilishi, miyaning yetarli kuchi bilan qadimiy 
odatlarni chiqarib tashlashini bu haqoratlarning bartaraf etilishi deb tushunishimiz 
mumkin. Bu, “Qimmat teng bo’lmagan, o'zboshimchalik bilan va chalkash” 
bo’lgan soliqlar(yuqorida)ni ko’rsatib berish uchun nazariya yaratgan inson Adam 
Smit edi. Yum Adam Smitning soliqqa oid qoidalarining zaruriyatini belgilagan 
edi. 
Adam Smit Shotlandiya ma’rifatparvarchiligining yetakchi figuralaridan biri 
edi, u Devid Yumni va boshqa zamonasining mutafakkirlarini yaxshi tanigan, 
jumladan: Fransuz dramaturgi va siyosiy faol Voltr; Amerikalik siyosatchi 
Benjamin Franklinlarni ham. 1776 yilda u “Millatlar boyligi sabablari va tabiatiga 
kirish” nomli ishini tugatdi va chop etdi. O’ziga xos nazariyasi bilan birga buyuk 
mazmunga ega, soliqlar va soliqqa tortish qoidalariga batafsil sharga ega bo’lgan 


11 
5-kitobi; qaysiki hozirgi kungacha soliqqa torlishning muhim asosi bo’lib 
hisoblanadi, garchi amaliyotda saqlanib qolgan bo’lsada, uning konsepsiyalari darz 
ketganligini ko’rishimiz mumkin. 
Soliq tushunchasi iqtisodiy kategoriya sifatida sinfiy hukmron kuch sifatida 
yuzaga chiquvchi davlatning paydo bo’lishi va uni faoliyatining davomiyligi bilan 
bevosita bog’liqdir. Shu o’rinda soliq kategoriyasi davlatni iqtisodiy siyosati orqali 
iqtisodiy voqiylik sifatida yuzaga chiqishini ta’kidlash lozim. Soliq tushunchasi bu 
tor ma’noda davlat ixtiyoriga boshqalardan majburiy tartibda undiriladigan pul 
tushumlarini ifodalaydi. Ma’lumki, soliqlar bevosita davlatning paydo bo’lishi 
bilan bog’liqdir, ya’ni davlat o’zining vakolatiga kiruvchi vazifalarni bajarish 
uchun moliyaviy manba sifatida soliqlardan foydalanadi. Soliqlarning amal qilishi 
bu ob’ektivlikdir, chunki jamiyatni tashkil etuvchi individlarning hammasi ham 
real sektorda (ishlab chiqarish sohasida) faoliyat ko’rsatmaydi. Jamiyatda 
boshqalar tomonidan rad etilgan yoki shug’ullanish iqtisodiy samarasiz bo’lgan 
sohalar ham mavjudki, bular soliqlarni ob’ektiv amal qilishini talab etadi. Aniqroq 
qilib aytganda jamiyatni norentabel (mudofaa, meditsina, fan, maorif, madaniyat 
va boshq.) va rentabel sohaga ajralishi hamda norentabel sohani moliyalashtirishni 
tabiiy zarurligi soliqlarni ob’ektiv amal qilishini zarur qilib qo’yadi, vaholangki, 
norentabel sohaning ijtimoiy xizmatlari, asosan davlat tomonidan amalga 
oshiriladiki, ularni moliyalashtirish usuli sifatida yuzaga chiquvchi soliqlar ham 
shu tufayli bevosita davlatga tegishli bo’ladi.
Soliqlarning ob’ektiv zarurligini iqtisodiyotni erkinlashtirishi sharoitida ikki 
holat bilan ifodalash mumkin: birinchidan, davlatning qator vazifalarini mablag’ 
bilan ta’minlash zarurligi, ikkinchidan, bozor iqtisodiyoti qonun- qoidalari.
Davlatning bajaradigan funktsiyalari va vazifalari ko’p va bozor iqtisodiyoti 
rivojlana borishi bilan ba’zi ijtimoiy himoyalangan bozor munosabatlariga mos 
kelmaydigan 
vazifalar 
yo’qola 
borsa, 
yangi 
vazifalar 
paydo 
bo’la 
boshlaydi.Iqtisodiyotni erkinlashtirishi sharoitida davlatning yangi vazifalari paydo 
bo’ladi. Bularga bizning respublikamizda kam ta’minlanganlarga ijtimoiy yordam 
ko’rsatish, bozor iqtisodiyoti infratuzilmasini (sanoatda, qishloq xo’jaligida, 


12 
moliya tizimida) tashkil qilish kiradi. Shu erda davlat kuchli sotsial siyosat 
tadbirlarini amalga oshirish uchun pensionerlar, nafaqaxo’rlar, talabalar, ko’p 
bolali onalar va boshqalarni ko’proq mablag’ bilan ta’minlash zarurligini anglab 
cheklangan tovarlar bahosidagi farqni byudjet hisobidan qoplaydi va ularga boshqa 
xarajatlarni davlat hisobidan amalga oshiradi, mahallalarda kam ta’minlanganlarga 
moddiy yordamlar tashkil etadi. Shu bilan birga, O’zbekiston davlati jamiyat 
a’zolari osoyishtaligini saqlash maqsadida o’zining mudofaa qobiliyatini saqlab va 
mustahkamlab turishga, texnika va o’q-dorilarga ham mablag’lar sarflaydi, 
qolaversa, davlat fuqarolar xavfsizligini saqlash, mamlakatda tartib intizom 
o’rnatish, uni boshqarish funktsiyalarini bajarish uchun ham ko’plab mablag’ 
yo’naltirishga majbur. Bunday xarajatlarni amalga oshirishning majburiyligi ular 
uchun manba bo’lgan soliqlarni ham ob’ektiv zarur qilib qo’yadi.
Qayd etish lozimki, hozirga qadar davlatning funktsiyalarini bajarish uchun 
lozim bo’lgan moliyaviy mablag’lar shakllantirishning soliqlardan boshqa usuli 
jahon amaliyotida qo’llanilgan emas. Demak, hukmron kuch sifatida davlat mavjud 
ekan, moliyalashtirish usuli sifatida soliqlar ham amal qiladi. Ma’lumki, jamiyat 
iqtisodiy hayoti juda murakkab iqtisodiy hodisalardan iborat. Ana shu murakkablik 
bevosita soliqlarga ham tegishliki, bu holat soliqlarni iqtisodiy mohiyatini teran 
anglashni taqazo etadi.
Soliqlar majburiy to’lovlarni ifoda etuvchi pul munosabatlarini bildiradi. Bu 
munosabatlar soliq to’lovchilar (huquqiy va jismoniy shaxslar) bilan ularni o’z 
mulkiga aylantiruvchi davlat o’rtasida bo’ladi. Korxona va tashkilotlar aholiga 
xizmat ko’rsatganda, ishlar bajargan yoki bozorlarda oldi-sotdi qilish jaraenida pul 
munosabatlarini hosil qiladi. Lekin ular soliq bo’la olmaydi, soliq munosabati 
bo’lishi uchun davlat mamlakatda yaratilgan mahsulot qiymatini taqsimlash yo’li 
bilan davlat byudjetiga majburiy tartibda to’lanishi yoki undirilishi lozim.. Davlat 
uchun byudjetning asosiy manbai hisoblangan soliqlar katta ahamiyatga ega.
Soliqlar to’g’risidagi qarashlar tarixan ob’ektiv va sub’ektiv omillarning 
ta’sirida shakllangan. Soliqlarga doir turli ta’riflarni tahlil qilish ularning konkret 
iqtisodiy-ijtimoiy taraqqiyotlar jarayonidagi mohiyatini asoslash, soliqlarning 


13 
iqtisodiy rolini va soliq qonunchiligiga asos bo’lgan soliq tamoyillarini belgilash 
hamda soliq tizimida, jamiyat taraqqiyotida mavjud bo’lgan soliqlarning tutgan 
o’rnini aniqlash zarurdir. Chunki, davlat paydo bo’lishi bilan soliqlar jamiyatdagi 
iqtisodiy munosabatlarning zaruriy talablaridan biri bo’lib hisoblanib kelingan. 
Davlat tuzilish shakllarini rivojlanishi bilan bir vaqtda soliq tizimi o’zgargan va 
takomillashtirilgan. Soliq tizimining o’zgarishi va takomillashtirilishi soliqlarning 
turlari, miqdorlari va yig’ib olish usullari xilma-xil bo’lganligi bilan asoslanib 
kelingan. Masalan, Sharq mamlakatlari iqtisodiyoti tarixida soliqlar aholidan 
shaxsiy mol-mulk, erdan olingan hosil, uy hayvonlari va boshqalar uchun «zakot» 
sifatida olingan.
Soliqlar, yig’imlar, bojlar va boshqa to’lovlar hisobiga davlat moliyaviy 
resurslari tashkil topadi. Davlat faoliyatining barcha yo’nalishlarini mablag’ bilan 
ta’minlashning asosiy manbalaridan biri va davlat ustuvorligini amalga 
oshirishning iqtisodiy vositasi soliqlardir. Soliq tizimini tartibga solish va 
mukammallashtirish samarali davlat iqtisodiy siyosatini olib borishga, xususan, 
moliyaviy tizimni rivojlantirishga yordam beradi. Iqtisodiyotni davlat tomonidan 
soliqlar orqali tartibga solish, davlat byudjetini shakllantirish, soliq solish 
vositasida jamiyatdagi u yoki bu jarayonlarning rivojlanishiga ta’sir etuvchi usuli 
hisoblanadi. Shunday qilib, davlatning mavjudligi soliqlar bilan uzviy bog’liq, 
chunki soliqdan tushadigan tushumlar davlat iqtisodiy mustaqilligining bosh 
manbaidir.
Aholini soliq munosabatlariga kiritish borasida, insoniyat tarixida yirik 
davlat arboblaridan biri, o’rta asrlarda buyuk saltanat barpo qilgan Amir Temur 
katta e’tibor qaratgan. U davlatni idora qilish tizimini yuzaga keltirishda asosan 
soliqlarga tayangan. O’sha davrning davlat moliyasi bu tizimning eng muhim 
unsurlaridan biri ekanligi, u davlatni boshqarishdagi barcha jihatlariga uzviy 
bog’langanligi bilan tubdan farq qilib turgani va ayni shu xususiyatga ko’ra 
boshqaruvning barcha tarkibiy qismlari orasida markaziy o’rinni egallaganligi 
bugungi kunga kelib hammaga ayon bo’lmoqda. Ammo soliq munosabatlari 
haqida qancha rivoyatlar aytib o’tilmagan bo’lsin, uning mohiyati aholi soliq 


14 
to’loviga nisbatan faqat o’z mohiyatini xazinada topgan. Xazina har qanday 
tizimda ham davlatni boshqarish vositasi bo’lib xizmat qilgan. Bunday vosita 
nafaqat davlatni boshqarishda, balki shuning bilan birgalikda aholi manfaatlarini 
qondirishda namoyon bo’lgan. Natijada, xazina taqsimoti taraqqiyot tayanchi 
bo’lib xizmat qilgan.
Soliqlar qadimgi davrlardan e’tiboran olingan, ammo u vaqtlarda soliqlar 
ozod va erkin bo’lmagan kishining belgisi bo’lib xizmat qilgan. Adam Smit 
(shotland faylasufi va iqtisodchisi, 1723-1790) o’zining «Xalqlar boyligining 
sabablari va tabiatlari» nomli kitobida (1776) ilk bor soliq tamoyillarini asoslab 
berdi, soliqlarning ahamiyatini yoritib, ularni davlatga to’lash qullik emas, balki 
erkinlik alomati ekanligini asoslab berdi.
N.Turgenev o’zining «Soliq nazariyasi tajribasi» nomli kitobida (1818yil) 
shuni ta’kidlaydiki, «Bilimli bo’lishning muvaffaqiyatlari ularning xalqlar urf 
odatlariga foydali ta’siri darajasiga qarab soliqlar tizimining takomillashuviga ham 
ta’sir etgan», «…soliqlar bilimga ega bo’lish bilan birga paydo bo’lib, uning 
belgisi bo’lib qoldi. …Soliqlarning tayinlanishi, taqsimlanishi va yig’ilish usuliga 
qarab xalq orasida tarqalgan ma’lumotlar to’g’risida; yig’iladigan soliqlar 
miqdoriga qarab uning boyligi haqida fikr yuritish mumkin, bu bilimlilik va 
ma’rifatni anglatadigan ikkita eng asosiy xususiyatdir» bu so’zlardan yana bir bor 
amin bo’lish mumkinki, soliqlar qadimiy moliyaviy institutlar hisoblanib, 
davlatning paydo bo’lishi bilan yuzaga kelgan. Soliqlar davlat organlarini 
ta’minlash va ular oldida tutgan vazifalarni bajarilishini moddiy ta’minlashning 
manbasi sifatida xizmat qilgan. Davlatning rivojlanishi bilan uning vazifa va 
funktsiyalari yangicha xususiyatlarga ega bo’ldi. Lekin soliqlarning davlatni va 
uning organlarini moliyalashtirishda manba sifatidagi roli o’zgarmay qoldi.
Shu o’rinda soliqlarga turli iqtisodchilar tomonidan berilgan ta’riflarni 
keltirib o’tish o’rinlidir. «Soliqlar, - deb yozadi D. Rikardo, - hokimiyat ixtiyoriga 
kelib tushadigan er mahsuloti va mamlakat mehnatining bir qismini tashkil etadi va 
oxir-oqibatda ular kapital hisobidan yoki mamlakat daromadi hisobidan 


15 
to’lanadi»
4
. 2 Shuni alohida ta’kidlab o’tish lozimki, D.Rikardo soliqlar mohiyatini 
yoritib, o’z navbatida A.Smit tomonidan yaratilgan soliqlar nazariyasini ma’lum 
darajada rivojlantirgan. Yana bir maqbul ta’rif S.Pepelyaev tomonidan berilgan: 
«Soliq - ommaviy hokimiyat sub’ektlarining to’lov qobiliyatini ta’minlash 
maqsadida jismoniy va yuridik shaxslar mulklarini begonalashtirishning 
majburiylik, yakka tarzda holisona, qaytarmaslik, davlatning majburlashi bilan 
ta’minlanganlik asoslarida va jazo yoki kontributsiya xarakteriga ega bo’lmagan 
qonunda belgilangan yagona shaklidir»
5

Hozirgi paytda iqtisodiy adabiyotlarda soliqlarni iqtisodiy mohiyatini 
o’rganishga bag’ishlangan qator ilmiy ishlar chop etilgan.
Masalan, professor D.Chernikning fikricha «Soliqlar — davlat tomonidan 
xo’jalik sub’ektlari va fuqarolardan qonuniy tartibda o’rnatilgan stavkalarda 
undirib olinadigan majburiy yig’imlarni o’zida aks ettiradi»
6

Professor B.Boldirev boshchiligida yozilgan « Kapitalizm moliyasi» o’quv 
qo’llanmasida soliqlarga qo’yidagicha ta’rif berilgan: «Soliqlar — davlat 
tomonidan undirib olinadigan, jismoniy va huquqiy shaxslarning majburiy 
to’lovlari»
7
haqiqatdan ham bunday olib qaraydigan bo’lsak, yuqorida keltirilgan 
ta’riflar eng sodda va keng omma uchun qulay va tushunarli bo’lishi mumkin. 
Lekin bu ta’riflar o’zida soliqlarning tashkiliy-huquqiy tomonlarini to’laligicha aks 
ettira olmaydi. Bundan tashqari, ushbu to’lovlar nima maqsadda undirib olinishi 
hamda qachon undirib olinishi to’g’risida etarli ma’lumotlar bera olmaydi.
Sh. Gataulin «Soliqlar davlatning iqtisodiy tayanchi» maqolasida — 
«...soliqlar o’zi nima va ular nimaga kerak», degan savolga qo’yidagicha javob 
beradi: «Soliqlar — bu davlat sarf-xarajatlarining asosiy manbai bo’lib, 
iqtisodiyotni tartibga soluvchi va daromadlarni barqarorlashtiruvchi vositadir
8

4
Рикардо Д. Сочинения т. И. «Начало политической экономики и налогового обложения». Пер. с англ. - М.: 
Госполитиздат, с.360 
5
Основы налогового права С.Г.Пепеляев Москва, 1995, ст. 24 
6
Черник Д. Г. «Налоги в рўночной економике». - Финансы, 1992, №3 с. 19 
7
Болдырев «Финансы капитализма». «Финансы», М.: 1987 с. 21. 
8
Gataulin Sh. K. «Soliqlar va soliqqa tortish». O’quv qo’llanmasi. Uz RFSQ. Tashkent 1996. 18 bet. 


16 
Soliqlar davlat byudjeti daromadlarini tashkil etuvchi asosiy manba va 
iqtisodiyotni boshqaruvchi muhim qurol hisoblanadi. Biroq bu ta’rif soliqlarning 
mohiyatini to’laligicha yorita olmaydi hamda soliqlarning tashkiliy-huquqiy 
tomonlarini o’zida aks ettira olmaydi. Bundan tashqari iqtisodiy munosabat 
sifatida, bu munosabatlar ob’ekti bo’lib nima hisoblanadiyo degan savollarga javob 
bera olmaydi.
Shuni ta’kidlash kerakki, prof. O.Olimjonovning fikriga ko’ra soliqlar 
quyidagicha ta’riflansa, soliqlarning mohiyati kengroq yoritiladi va maqsadga 
muvofiq bo’ladi «Soliqlar - davlat va jamiyatning pul mablag’lariga bo’lgan 
ehtiyojini qondirish maqsadida qonun tomonidan belgilab qo’yilgan hajmda va 
o’rnatilgan muddatda jismoniy va huquqiy shaxslardan davlat ixtiyoriga majburiy 
ravishda undirib olinadigan to’lovlardir»
9

Bizningcha soliqlarga berilgan mana shu ta’rif eng maqbul ta’rif bo’lib, 
soliqlarning mohiyati, ularning iqtisodiyotdagi o’rni va rolini, soliqlarning harakat 
jarayonini nazariy jihatdan chuqurroq yoritib, soliqlar haqida aniqroq tasavvur 
hosil qilishga yordam beradi.
Tarixan soliqlar, davlatni saqlab turish uchun zarur bo’lgan majburiy 
to’lovlar sifatida, davlat paydo bo’lishi bilan vujudga kelgan. Soliqlar, davlat 
faoliyat ko’rsatishining moddiy asosini tashkil etadi, ularning iqtisodiy tabiati 
xuddi shu erdan kelib chiqadi.
Biz soliqlarni iqtisodiy mohiyatini to’liq tushunishimiz uchun, dastavval 
soliq so’zining tarixan mavjud bo’lgan iqtisodiy ma’nosini to’g’ri tushunib tahlil 
qilib olishimiz lozim.

Yüklə 1 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin