Soliqlar va soliqqa tortish” kafedrasi “soliqlar va soliqqa tortish” fanidan o‘quv–uslubiy majmua



Yüklə 2,1 Mb.
səhifə102/165
tarix14.12.2023
ölçüsü2,1 Mb.
#179830
1   ...   98   99   100   101   102   103   104   105   ...   165
Soliqlar va soliqqa tortish” fanidan o‘quv–uslubiy majmua

MAVZU BO’YICHA MASALALAR
Masala. Jismoniy shaxsga 2018 yilning may va iyun oylarida 1900000 so‘m (950000 + 950000) ish haqi hisoblangan. Eng kam ish haqi miqdori 172240 so’m.
Talab qilinadi:
1. Jismoniy shaxsdan may oyida ushlanishi lozim bo‘lgan daromad solig‘i summasini aniqlang?
2. Jismoniy shaxsdan iyun oyida ushlanishi lozim bo‘lgan daromad solig‘i summasini aniqlang?


Masala. O‘zR Soliq kodeksi bo‘yicha har bir to‘liq oy uchun eng kam ish haqining to‘rt baravari miqdorida imtiyozga ega bo‘lgan jismoniy shaxsga 2018 yil may oyida 1150000 so‘m ish haqi hisoblangan. Eng kam ish haqi miqdori 172240 so’m.
Talab qilinadi:
1. Jismoniy shaxsdan ushlanishi lozim bo‘lgan daromad solig‘ini aniqlang?
2. Jismoniy shaxs qancha miqdorida daromadga ega bo’ladi?
Masala. Kompensatsiya to‘lovlarini (xizmat safari xarajatlarini) hisobga olgan holda soliq hisob-kitobi bo’yicha masala.
Korxona xodimiga 2018 yil yanvar oyi uchun 800000 so‘m ish haqi hisoblangan. Korxona rahbarining O‘zbekiston Respublikasi hududida xizmat safarida bo‘lish vaqtidagi kundalik xarajatlarni qoplash to‘g‘risidagi buyrug‘i bilan respublikada belgilangan EKIHMning 40 foizga teng bo‘lgan kundalik xarajatlar miqdori belgilangan. Xodim Navoiy shahriga sakkiz kunga xizmat safariga yuborilgan. Tegishli ravishda kundalik xarajatlar miqdori 479280 so‘mni (172240 x 40% x 8) tashkil etadi.
Talab qilinadi:
1. Jismoniy shaxsdan yanvar oyida ushlanishi lozim bo‘lgan daromad solig‘ini aniqlang?
2. Jismoniy shaxsdan yanvar oyida ushlanishi lozim bo‘lgan majburiy to‘lovlar summasini aniqlang?


Masala. Oyiga EKIHMning 6 baravaridan oshmaydigan daromadlar bo‘yicha soliq va boshqa majburiy to‘lovlar hisob-kitobi bo’yicha masala.
Xodimga 2018 yil yanvar oyi uchun 700 000 so‘m miqdorida ish haqi hisoblangan.
Talab qilinadi:
1. Jismoniy shaxsdan yanvar oyida ushlanishi lozim bo‘lgan daromad solig‘ini aniqlang?
2. Jismoniy shaxsdan yanvar oyida ushlanishi lozim bo‘lgan majburiy to‘lovlar summasini aniqlang?


Masala. Oyiga EKIHMning 10 baravaridan oshmaydigan daromadlar o‘yicha soliq va boshqa majburiy to‘lovlar hisob-kitobi bo’yicha masala.
Xodimga 2018 yil yanvar oyi uchun 1400 000 so‘m miqdorda ish haqi hisoblangan.

Yüklə 2,1 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   98   99   100   101   102   103   104   105   ...   165




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin