Masala. Qo‘shilgan qiymat solig‘i to‘lovchisi bo’lgan korxona 12000000 so‘mga qo‘shilgan qiymat solig‘i bilan 400 kg bo‘yoq sotib olgan. Sotib olingan bo‘yoqdan:
50 kg sifati yomon bo‘lganligi uchun sotuvchiga qaytarib berilgan;
100 kg tekinga bolalar bog‘chasiga berilgan;
20 kg korxona klubini ta‘mirlash uchun ishlatilgan;
180 kg ishlab chiqarish uchun ishlatilgan;
Talab qilinadi: 1. Korxona qo‘shilgan qiymat solig‘i qaysi qismini hisobga kiritish huquqiga ega?
2. Korxona to’lashi lozim bo’lgan qo‘shilgan qiymat solig‘ini hisoblang?
3. Korxonaning hisobot davri uchun “Moliyaviy natijalar to’g’risida”gi hisobot shaklini (2-shakl) to’ldiring.
Masala. Qo‘shilgan qiymat solig‘i to‘lovchisi bo‘lgan qayta ishlash korxonasi joriy yilda quyidagi ko‘rsatkichlarga ega:
mahsulotni sotishdan tushgan tushum – 24000000 so‘m;
bunda qaytarib berilishi lozim bo‘lgan idishning narxi - 1500000 so‘m;
200000 so‘mga korxona tomonidan nomoddiy aktivlar sotilgan (boshlang‘ich narxi - 600000 so‘m, to‘plangan amortizatsiya - 420000 so‘m);
nolikvid xom-ashyo zaxiralari sotishdan tushgan tushum - 96000 so‘m, ularning tannarxi - 85000 so‘m;
Hisobvaraq-faktura bo’yicha olingan qo‘shilgan qiymat solig‘i:
xom ashyo uchun - 480000 so‘m;
ishlab chiqarish inshootlarini ijaraga berishdan - 150000 so‘m;
uyali aloqadan - 60000 so‘m;
Talab qilinadi: 1. Korxona to’lashi lozim bo’lgan qo‘shilgan qiymat solig‘ini hisoblang?
2. Korxonaning hisobot davri uchun “Moliyaviy natijalar to’g’risida”gi hisobot shaklini (2-shakl) to’ldiring.
Masala. Qo‘shilgan qiymat solig‘i to‘lovchisi bo’lgan korxona ko‘rpa tikib realizatsiya qiladi. Bitta ko‘rpaning tannarxi – 35000 so‘m. Qo‘shilgan qiymat solig‘isiz bitta ko‘rpaning sotish narxi – 45000 so‘m.
2017 yil hisobot davrida sotilgan ko‘rpalar:
300 tasi ichki bozorda sotilgan;
500 tasi erkin valyutaga eksport qilingan (45 000 so‘mga ekvivalent bo‘lgan narxda).
Bundan tashqari 10 tasi bolalar bog‘chasiga tekinga berilgan. 40 tasi korxona ishchi va xizmatchilariga 30000 so‘mdan sotilgan. 5 tasi xodimlar bo‘limi boshlig‘ining tug‘ilgan kunida (yubiley) hadya qilingan.