Soliqlar va soliqqa tortish” kafedrasi “soliqlar va soliqqa tortish” fanidan o‘quv–uslubiy majmua


O’z korxonamizni ochmoqchimiz, biroq qanday shaklda ochishni bilmayapmiz. Qaysi biri yaxshi va ishonchli: MChJmi yoki QMJ?



Yüklə 2,1 Mb.
səhifə127/165
tarix14.12.2023
ölçüsü2,1 Mb.
#179830
1   ...   123   124   125   126   127   128   129   130   ...   165
Soliqlar va soliqqa tortish” fanidan o‘quv–uslubiy majmua

O’z korxonamizni ochmoqchimiz, biroq qanday shaklda ochishni bilmayapmiz. Qaysi biri yaxshi va ishonchli: MChJmi yoki QMJ?
Vaziyatning echimi.
– MChJ va QMJning umumiy xususiyatlari ko’p. Mas’uliyati cheklangan va qo’shimcha mas’uliyatli jamiyatlarni tashkil etish, ularning faoliyati, ushbu jamiyatlarni qayta tashkil etish va tugatish bobidagi munosabatlarni «Mas’uliyati cheklangan hamda qo’shimcha mas’uliyatli jamiyatlar to’g’risida»gi Qonun (6.12.2001 yildagi 310-II-son) tartibga soladi.
Mas’uliyati cheklangan ja­mi­yat (MChJ) deb, xuddi qo’­shimcha mas’uliyatli jamiyat (QMJ) sin­gari, bir yoki bir necha shaxs tomonidan ta’sis etilgan, us­tav fondi (ustav kapitali) ta’sis hujjatlari bilan belgilangan miqdorlarda ulushlarga bo’lingan xo’jalik jamiyati hisoblanadi.
Biroq MChJda ishtirokchilar uning majburiyatlari bo’yicha javobgar bo’l­maydilar va jamiyat faoliyati bilan bog’liq zararlar uchun o’zlari qo’shgan hissalar qiymati doirasida javobgar bo’ladilar. Ushbu tashkiliy-hu­quqiy shakl shu jihati tufayli ham juda ommalashgan.
QMJ ishtirokchilari esa jamiyat majburiyatlari bo’yicha o’z­lariga tegishli mol-mulklari bilan hamma uchun bir xil bo’l­gan va qo’shgan hissalari qiyma­tiga nisbatan jamiyatning ta’sis huj­jatlarida belgilanadigan karrali miqdorda soli­dar tarzda subsidiar javobgar bo’­ladilar. Ya’ni QMJ kreditorlarning talablarini o’ziga tegishli bo’lgan mol-mulkdan to’liq hajmda qon­dirishga qobil bo’lmasa, qol­gan talablar uning ishtirokchilariga qaratiladi. QMJ ishtirokchilari javobgarligining eng yuqori miqdori uning ustavida nazarda tutiladi.
Shu tariqa, ko’rsatilgan tash­kiliy-huquqiy shakllar o’rtasi­dagi asosiy farq firma maj­buriyatlari bo’yicha javobgar­likni huquqiy tartibga solishdadir.
QMJ kamdan kam hollarda tashkil etiladi, chunki tijorat tashkilotlarining unga yaqin va eng ko’p tarqalgan shakli – MChJ bilan qiyoslaganda, ishtirokchilar zimmasiga qo’shimcha mulkiy javobgarlik yuklaydi.
Biroq ayni shu sababli QMJ MChJga qaraganda ishonchliroq hamkor hisoblanadi. Nazariy jihatdan olganda bunday tash­kilotlar bilan ishlash foy­daliroq, chunki mablag’larni yo’­qotish xatari kam. Biznesning QMJ andozasida tashkil etilishi birinchi navbatda jamiyat muassislari bo’lg’usi hamkorlarga jamiyat nomidan qabul qilinadigan qarorlar uchun o’zlarining mol-mulklari bilan ham javob berishlarini ko’rsatish maqsadini ko’z­laydi.
MChJning to’liq firma nomi jamiyatning to’liq nomini va «mas’uliyati cheklangan jamiyat» so’zlarini o’z ichiga olishi kerak. Mas’uliyati cheklangan jamiyatning qisqartirilgan fir­ma nomi uning to’liq yoki qis­qartirilgan nomini hamda «mas’uliyati chek­langan jamiyat» degan so’zlarni yoki MChJ qisqartmasini o’z ichiga olishi kerak.
QMJning to’liq firma nomi jamiyatning to’liq nomini va «qo’­shimcha mas’uliyatli jamiyat» degan so’zlarni o’z ichiga olishi kerak. Qo’shimcha mas’uliyatli jamiyatning qisqartirilgan fir­ma nomi jamiyatning to’liq yoki qisqartirilgan nomini ham­da «qo’shimcha mas’uliyatli jamiyat» degan so’zlarni yoki QMJ qisqartmasini o’z ichiga olishi kerak.
Yuqoridagilardan kelib chiq­qan holda imkoniyatlaringizni chamalab ko’rib, ularning qay birini tanlash – faqat sizning ixtiyoringizda!


3-muammoli vaziyat.

Yüklə 2,1 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   123   124   125   126   127   128   129   130   ...   165




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin