Soliqlar va soliqqa tortish” kafedrasi “soliqlar va soliqqa tortish” fanidan o‘quv–uslubiy majmua



Yüklə 2,1 Mb.
səhifə51/165
tarix14.12.2023
ölçüsü2,1 Mb.
#179830
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   165
Soliqlar va soliqqa tortish” fanidan o‘quv–uslubiy majmua

6-mavzu: Aksiz solig‘i


Reja:


1. Aksiz solig‘ining iqtisodiy mohiyati va budjet daromadlarida tutgan o‘rni.
2. Aksiz solig‘i to‘lovchilar. Soliq ob‘ekti va bazasi.
3. Aksiz solig‘i stavkalari.
4. Aksiz solig‘i bo‘yicha imtiyozlar.
5. Aksiz solig‘ini to‘lash va hisob-kitoblarni taqdim etish tartibi, muddatlari.
6. Aksiz markalari.
7. Aksiz solig’ining xorijiy davlatlarda undirishning ijobiy tajribalarini o’zlashtirish masalalari.


Tayanch so’z va iboralar: yuridik shaxs, rezident yuridik shaxs, norezident yuridik shaxs, qo’shilgan qiymat, soliq to’lovchilar, tovar, ish, xizmat, soliq ob’ekti, soliq to’lovchilar, soliq sub’ekti, soliq stavkasi, soliq imtiyozlari, import, eksport, soliqni hisoblash tartibi, soliqni to’lash muddatlari


1. Aksiz solig‘ining iqtisodiy mohiyati va budjet daromadlarida tutgan o‘rni. O‘zbekistonda aksiz solig‘i 1992 yilda qo‘shilgan qiymat solig‘i bilan birgalikda oborot solig‘i va sotuvdan olinadigan soliqlar o‘rniga joriy qilingan. Uning qo‘shilgan qiymat solig‘idan farqli tomoni shundaki, u ayrim tovarlar va mahsulotlarni chegaralab olgan va u bajarilgan ish, ko‘rsatilgan xizmatlarga nisbatan qo‘llanilmaydi. Aksiz solig‘i individual xarakterga ega bo‘lib, faqat aksiz osti tovarlarga nisbatan qo‘llaniladi.
Aksiz solig‘i qo‘shilgan qiymat solig‘iga tortiladigan bazada va narxda hisobga olinadigan yuklab jo‘natilgan tovarlar qiymatining bir qismini egri soliq sifatida budjetga undirish shakli hisoblanadi. Aksiz solig‘i Davlat budjeti daromadlarini shakllantirishda salmoqli o‘rin egallaydi, jumladan, davlat budjetining soliqli daromadlari tarkibida 2000 yilda 22,8 foizni, 2001 yilda 26,3 foizni, 2002 yilda 28,8 foizni, 2003 yilda 31,1 foizni tashkil etgani holda 2006 yilgi dalat budjeti daromadlarida uning ulushi 19 foizni, 2018 yilda esa 13,4 foizni, 2019 yilda esa 8,8 foizni tashkil etgan.

Yüklə 2,1 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   165




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin