Soliqlar va soliqqa tortish fanidan oquvuslubiy majmua
5. Rivojlangan xorijiy davlatlarda yuridik shaxslar mol-mulkini soliqqa tortish tajribasi. Barcha rivojlangan xorijiy mamlakatlarda korxonalar mol-mulkiga solinadigan soliq alohida ahamiyatga egadir. Ushbu davlatlar soliq tizimida mazkur soliqning ko’pgina umumiy hususiyatlarga egaligi bilan birga ayni paytda bir-biridan farq qilishini ham ta’kidlash lozim. Ushbu fikrni davom ettirgan holda quyida korxonalar mol-mulkini soliqqa tortishning rivojlangan xorijiy davlatlar tajribasini tahlil qilamiz.
Mol-mulkdan olinadigan soliqlar davlat soliqlari umumiy hajmida kam o’rin tutadi va ko’pchilik mamlakatlarda mahalliy soliqlar toifasiga kiritiladi. Rivojlangan mamlakatlarda mulkni soliqqa tortish ikki soliq guruhi: mulkning umumiy summasiga soliq va mulkning alohida turlariga soliqlari asosida amalga oshiriladi62. Mulkning umumiy summasiga soliq o’z navbatida jismoniy shaxslarning shaxsiy mulkiga soliq va yuridik shaxslar mol-mulk soliqlariga bo’linadi.
Mol-mulkka solinadigan barcha soliqlar hududiy yoki mahalliy soliqlarga taalluqli ammo, undirish chegarasi ko’p hollarda markaziy darajada belgilanadi. Maxsus mol-mulk soliqlari tarixan saqlanib qolgan soliqlar hisoblanadi. Bu soliqlarning jami soliq tushumlaridagi ulushi rivojlangan mamlakatlarda qattiq farq qiladi. Agar Buyuk Britaniyada ushbu ulush 10 foizdan oshig’ini tashkil etgan bo’lsa, Belgiya, Gretsiya, Avstriya, Italiya, Lyuksemburg, Turkiya, Finlyandiya, Shveytsariya, Shvetsiya, Ispaniyalarda ular 1 foizdan oshadi. Mulkning alohida turlariga soliqlari bo’yicha yuqori tushumli davlatlarga AQSh (9 foizdan yuqori), Kanada (8 foizdan yuqori), Yangi Zelandiya (6 foiz atrofida), Avstraliya (deyarli 5 foiz), Irlandiya (2,5 foiz), Frantsiya (2 foiz atrofida) kiradi.63 AQShda mulk solig’ini yuridik shaxslar to’laydilar. Yuridik shaxslar mulkiga solinadigan soliq ko’pchilik shtatlarda undiriladi. Soliq stavkalari shtatlar bo’yicha farqlanadi. Ko’chmas mulkni baholash bilan shug’ullanadigan soliq idorasi xizmatchilari soliq baholovchilari deb nomlanadilar. Mulk solig’i tushumlari hokimiyat tuzilmalarining barcha darajadagi soliq tushumlarining salkam 9,0 foizini tashkil etadi. AQShda mulk soliqlari shtat va munitsipalitet darjasida undiriladi. Bu soliqqa asosan ko’chmas mulk va xo’jalik uskunalari tortiladi, foyda ko’rmaydigan tashkilotlarga tegishli bo’lgan va ular tomonidan tijorat maqsadlarida foydalanilmaydigan mulk bundan mustasno. Shuningdek federal hukumat, shtatlar hukumatlari va mahalliy hokimiyat organlarining mol-mulki ham soliqqa tortilmaydi. 13 ta shtatda nomoddiy aktivlar: aktsiyalar, qarz majburiyatlari va shu kabilar soliqqa tortiladi. Fuqarolarga tegishli bo’lgan shaxsiy ko’chmas mulk va ishlab chiqarish vositalari ham soliqqa tortiladi. Shtat darajasida quyidagi soliq stavkalari: korporatsiya kapitalining 0,75 foizi miqdorida va yuridik hamda jismoniy shaxslarning soliqqa ttotiladigan mol-mulkiga 0,5 foizdan 5,0 foizgacha miqdorda belgilangan64. Bundan tashqari, munitsipalitet darajasida ham soliq undiriladi.
AQSh shtat soliqlarining tarkibida mulk solig’ining bir qismi hisobga olinadi. Bu bir qator shtatlarda mavjud bo’lgani bilan, ularning daromad manbasidagi salmog’i katta emas, ya’ni 3 foizdan kam. Mulk solig’i federal byudjetda hech qanday rol qynamaydi. Mahalliy soliqlar tarkibida esa ular daromadning 3/4 qismini tashkil qiladi. Bu umumdavlat soliq tushumlarining 12 foiziga teng.
Soliqqa tortiladigan mulklar quyidagi kategoriyalarga bo’linadi:
ko’chmas mulk (yer, bino, asbob-uskunalar);
moddiy mol-mulk;
daromadlarni jalb qilish uchun ishlatiladigan (mashinalar, tovar-moddiy qiymatliklar va boshqalar);
uy xo’jaligi mulki (uzoq muddat qo’llaniladigan tovarlar: avtomobil, muzlatgich, televizor va boshqalar);
nomoddiy aktivlar (aktsiyalar, pullar, muddatli majburiyatlar);
temir yo’l ob’ektlari, kommunal va boshqa korxonalar ob’ekt va uskunalari.
Frantsiya byudjetida mulkdan soliq yuqori salmoqqa ega. Bu soliqqa mulklar, mulk huquqi va qimmatbaho qog’ozlar tortiladi. Mol-mulk tarkibiga binolar, sanoat va qishloq xo’jalik korxonalari, harakatlanuvchi mulk, aktsiyalar, obligatsiyalar va boshqalar kiradi.
Shunisi diqqatga sazovorki, Frantsiyada ba’zi mol-mulk ushbu soliq turidan qisman yoki to’liq ozod etilgan. Shular jumlasiga professional faoliyat doirasida foydalanish uchun mo’ljallangan mol-mulk, qishloq xo’jaligiga oid ba’zi mol-mulk turlari, tarixiy yodgorlik buyumlar, badiiy va kollektsiya buyumlari kiradi.
Mol-mulk solig’i stavkalari progressiv xarakterga ega bo’lib, uni quyidagi jadvalda ko’rish mumkin: