Soliqlar va soliqqa tortish” kafedrasi “soliqlar va soliqqa tortish” fanidan o‘quv–uslubiy majmua


-jadval O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti daromadlari tarkibida



Yüklə 2,1 Mb.
səhifə60/165
tarix14.12.2023
ölçüsü2,1 Mb.
#179830
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   165
Soliqlar va soliqqa tortish” fanidan o‘quv–uslubiy majmua

7.1-jadval
O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti daromadlari tarkibida
mol-mulk solig‘inining ulushi, (foizda)60

Ko’rsatkichlar

2016 yil

2017 yil

2018 yil

2019 yil

mlrd.so’m

jami nis-n, %da

mlrd.so’m

jami nis-n, %da

mlrd.so’m

jami nis-n, %da

mlrd.so’m

jami nis-n, %da

Davlat maqsadli jamg’armalar daromadlarisiz - jami

40505,8

100

44469,6

100

62229,5

100

102 627,6

100

Mol-mulk solig’i va resurs to’lovlari

5806,5

14,3

6049,5

13,7

9714,5

15,6

16 906,0

16,5

Mol-mulk solig’i

1874

4,6

1988,8

4,5

2158,9

3,5

1851,1

1,8

Yuqoridagi jadval ma‘lumotlaridan ko‘rinib turibdiki, O‘zbekiston Respublikasi davlat budjeti daromadlari yil sayin o‘sib borganligiga amin bo‘lamiz. Zero, 2015 yilda budjet daromadlari jami 36184,9 mlrd so‘mni tashkil etgan bo‘lsa, 2018 yilga kelib 62229,5 mlrd so‘mga etgan.


Jadval ma‘lumotlari ko‘ra mol-mulk solig‘i tushum summasining absolyut miqdorlari yillar bo‘yicha oshib borgan bo‘lib, foizdagi salmog‘i esa nobarqarorlik tendentsiyasiga ega. Jumladan, 2016 yilga borib 4,6 foizni tashkil etgan holda 0.1 punktga ko’paygan hamda 2017 yilda bu ko‘rsatkich 4,5 foizni tashkil etgan va kamayish tendentsiyasiga ega. Shuni ta‘kidlash lozimki, jami soliqlar tushumida mol-mulk solig‘ining ulushi 2019 yilda 2016 yilga nisbatan 0,8 punktga kamayganini ko‘rish mumkin. Bu holatni soliqqa tortish tartiblarini yanada takomillashib borayotganligi bilan izohlamoq kerak.
2. Mol-mulk solig‘i to‘lovchilar, soliqqa tortish ob‘ekti va mol-mulkning o‘rtacha yillik qoldiq qiymatini aniqlash tartibi. Yuridik shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliqni to’lovchilar quyidagilardir:
O’zbekiston Respublikasi hududida soliq solinadigan mol-mulkka ega bo’lgan yuridik shaxslar — O’zbekiston Respublikasining rezidentlari;
O’zbekiston Respublikasi hududida o’z mulkida ko’chmas mulkka ega bo’lgan yuridik shaxslar — O’zbekiston Respublikasining norezidentlari. Agar ko’chmas mulk mulkdorining joylashgan erini aniqlash imkoni bo’lmasa, bu mol-mulk qaysi shaxsning egaligida va (yoki) foydalanishida bo’lsa, shu shaxs soliq to’lovchidir.
Quyidagilar yuridik shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliqni to’lovchilar bo’lmaydi:
-notijorat tashkilotlar. Notijorat tashkilotlar tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirgan taqdirda, Soliq bo’limda nazarda tutilgan tartibda tadbirkorlik faoliyatida foydalaniladigan mol-mulk bo’yicha yuridik shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliqni to’lovchilar bo’ladi. Bunda Soliq Kodeksning 132-moddasida ko’rsatilgan boshqa daromadlarni olish tadbirkorlik faoliyati sifatida qaralmaydi;
-agar Soliq Kodeksning XX bo’limida boshqacha qoida nazarda tutilgan bo’lmasa, Soliq Kodeksga muvofiq soliq solishning soddalashtirilgan tartibi nazarda tutilgan yuridik shaxslar.
Quyidagi mol-mulk soliq solish ob’ektidir:
1) ko’chmas mulk, shu jumladan moliyaviy ijara (lizing) shartnomasi bo’yicha olingan ko’chmas mulk;
3) tugallanmagan qurilish ob’ektlari. Tugallanmagan qurilish ob’ektlari jumlasiga muayyan qurilish ob’ektiga doir loyiha-smeta hujjatlarida belgilangan normativ muddatda, agar qurilishning normativ muddati belgilanmagan bo’lsa, qurilish boshlanganidan e’tiboran yigirma to’rt oy ichida qurilishi tugallanmagan ob’ektlar kiradi;
4) belgilangan muddatda ishga tushirilmagan asbob-uskunalar. Belgilangan muddatda ishga tushirilmagan asbob-uskunalar jumlasiga montaj qilinishi talab etiladigan hamda rekonstruktsiya va (yoki) modernizatsiya qilinayotgan ob’ektlarda loyiha-smeta hujjatlarida belgilangan muddatlarga muvofiq kapital qo’yilmalar hisobiga ishga tushiriladigan asbob-uskunalar kiradi. Loyiha-smeta hujjatlarida asbob-uskunalarni ishga tushirish muddatlari bo’lmagan taqdirda, buyurtmachi sifatida ish ko’rayotgan yuridik shaxsning rahbari tomonidan tasdiqlangan muddatlar soliq solish ob’ektini belgilash uchun qabul qilinadi, lekin bu muddatlar asbob-uskunalar montaj qilishga topshirilgan paytdan e’tiboran bir yildan ko’p bo’lmasligi kerak.
Ko’chmas mulkka bo’lgan huquqlarni davlat ro’yxatidan o’tkazuvchi organ O’zbekiston Respublikasining norezidenti tomonidan mulk qilib olingan (realizatsiya qilingan) ko’chmas mulk ob’ekti to’g’risidagi ma’lumotlarni Soliq ob’ektlar joylashgan erdagi davlat soliq xizmati organiga ro’yxatdan o’tkazilganidan keyin o’n kun ichida ma’lum qilishi shart.
Qonun hujjatlariga muvofiq mulk qilib olingan er uchastkalari soliq solish ob’ekti sifatida qaralmaydi.
Soliq solinadigan baza quyidagilardir:
-ko’chmas mulk bo’yicha — o’rtacha yillik qoldiq qiymati. Ko’chmas mulkning qoldiq qiymati Soliq mol-mulkning boshlang’ich (tiklanish) qiymati bilan soliq to’lovchining hisob siyosatida belgilangan usullardan foydalanilgan holda hisoblab chiqilgan amortizatsiya hajmi o’rtasidagi farq sifatida aniqlanadi;
-normativ (belgilangan) muddatda tugallanmagan qurilish ob’ektlari va ishga tushirilmagan asbob-uskunalar bo’yicha — tugallanmagan qurilishning va o’rnatilmagan asbob-uskunalarning o’rtacha yillik qiymati.
O’zbekiston Respublikasi norezidentlarining ko’chmas mulk ob’ektlariga nisbatan Soliq mol-mulkning o’rtacha yillik qiymati soliq solinadigan bazadir.
Soliq solish ob’ektlarining o’rtacha yillik qoldiq qiymati (o’rtacha yillik qiymat) soliq davridagi har bir oyning oxirgi kunidagi holatga ko’ra soliq solish ob’ektlarining qoldiq qiymatlarini (o’rtacha yillik qiymatlarini) qo’shishdan olingan summaning o’n ikkidan bir qismi sifatida ortib boruvchi yakun bilan aniqlanadi.



O‘rtacha yillik qoldiq qiymati


31 yanvar

+

28 (29) fevral

+



+

30 noyabr

+

31 dekabr

=

---------------------------------------------------------------------------
12

O’zbekiston Respublikasi norezidentlarining ko’chmas mulk ob’ektlari bo’yicha soliq solinadigan baza mazkur ob’ektlarga bo’lgan mulk huquqini tasdiqlovchi hujjatlarda ko’rsatilgan qiymat asosida aniqlanadi.
Yuridik shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliqni to’lovchi tomonidan yuridik shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliqni to’lash nazarda tutilmagan faoliyat turlari amalga oshirilgan taqdirda, soliq solinadigan baza soliq solinadigan va soliq solinmaydigan mol-mulk hisobini alohida-alohida yuritish asosida aniqlanadi. Alohida-alohida hisob yuritish imkoniyati bo’lmagan taqdirda, soliq solinadigan baza faoliyatdan olinadigan sof tushumning umumiy hajmida yuridik shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliqni to’lash nazarda tutilgan sof tushumning solishtirma salmog’idan kelib chiqqan holda aniqlanadi.

Yüklə 2,1 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   165




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin