Soliqlar va soliqqa tortish” kafedrasi “soliqlar va soliqqa tortish” fanidan o‘quv–uslubiy majmua


Mol-mulk solig‘i stavka­lari, soliqdan imtiyozlar



Yüklə 2,1 Mb.
səhifə61/165
tarix14.12.2023
ölçüsü2,1 Mb.
#179830
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   165
Soliqlar va soliqqa tortish” fanidan o‘quv–uslubiy majmua

3. Mol-mulk solig‘i stavka­lari, soliqdan imtiyozlar. Yuridik shaxslardan olinadigan mol-mulk solig‘ining stavkalari har yili keyingi moliya yil uchun tasdiqlanadigan asosiy makroiqtisodiy ko‘rsatkichlar prognozi va davlat budjeti parametrlari to‘g‘risidagi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori asosida belgilanadi. 2019 yil 1 yanvardan boshlab yuridik shaxslardan olinadigan mol-mulk solig‘i stavkasi quyidagi miqdorlarda belgilangan.
Yuridik shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliq stavkasi soliq solinadigan bazaning 2 foizi61 miqdorida belgilanadi.
Normativ muddatlarda belgilanmagan jihozlar va normativ muddatda tugallanmagan qurilish ob’ektlariga mol-mulk solig’i, agar qonun hujjatlarida boshqacha qoida nazarda tutilmagan bo’lsa, ikki karra oshirilgan stavkada to’lanadi.
Normativ muddatda tugallanmagan qurilish ob’ektlari, bo’sh turgan binolar, yashash uchun mo’ljallanmagan inshootlar bo’yicha, shuningdek foydalanilmayotgan ishlab chiqarish maydonlari bo’yicha yuridik shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliq ushbu maydonlardan samarasiz foydalanilayotganligi yuzasidan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda chiqarilgan xulosa asosida, oshirilgan stavkalar bo’yicha to’lanadi.
Yuridik shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliq hisoblab chiqarilayotganda soliq solinadigan baza quyidagilarning o’rtacha yillik qoldiq qiymatiga (o’rtacha yillik qiymatiga) kamaytiriladi:
1) kommunal xo’jaligi ob’ektlarining. Kommunal xo’jaligi ob’ektlariga quyidagilar kiradi: vodoprovod tarmoqlari (suv chiqarish inshootlari bilan), kanalizatsiya tarmoqlari (tozalash inshootlari bilan), gaz va issiqlikni taqsimlash tarmoqlari (ulardagi inshootlar bilan), kommunal-maishiy ehtiyojlar uchun qozonxonalar (shu jumladan asbob-uskunalar);
2) madaniyat va san’at, ta’lim, sog’liqni saqlash, jismoniy tarbiya va sport, ijtimoiy ta’minot sohasiga kiradigan ijtimoiy-madaniy soha ob’ektlarining;
3) sug’orish va kollektor-drenaj tarmoqlari ob’ektlarining;
4) tabiatni muhofaza qilish va sanitariya-tozalash maqsadlari, yong’in xavfsizligi uchun foydalaniladigan ob’ektlarning. Ob’ektlarni tabiatni muhofaza qilish, sanitariya-tozalash maqsadlari va yong’in xavfsizligi uchun foydalaniladigan ob’ektlarga kiritish tegishli ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish yoki davlat yong’in nazorati organining ma’lumotnomasi asosida amalga oshiriladi;
5) umumiy foydalanishdagi temir yo’llar va avtomobil yo’llari, magistral truboprovodlar, aloqa va elektr uzatish liniyalarining, shuningdek Soliq ob’ektlarning ajralmas texnologik qismi bo’lgan inshootlarning;
6) konservatsiya qilinishi to’g’risida O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori qabul qilingan ko’chmas mulk va tugallanmagan qurilish ob’ektlarining;
7) soliq to’lovchining balansida bo’lgan hamda tadbirkorlik faoliyatida foydalanilmayotgan, fuqaro muhofazasi va safarbarlik ahamiyatiga molik ob’ektlarning;
Yuridik shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliqdan quyidagilar ozod qilinadi:
1) sog’liqni saqlash, jismoniy tarbiya hamda ijtimoiy ta’minot, ta’lim, madaniyat va san’at tashkilotlari;
2) uy-joy-kommunal xo’jaligi va boshqa umumfuqaroviy ahamiyatga molik shahar xo’jaligi korxonalari. Uy-joy-kommunal va boshqa umumfuqaroviy ahamiyatga molik shahar xo’jaliklari jumlasiga uy-joy fondini bevosita boshqarish, saqlash hamda undan foydalanishni amalga oshiruvchi tashkilotlar, sanitariya tozalash va yig’ishtirish, obodonlashtirish va ko’kalamzorlashtirish, shaharlar hamda shaharchalarni tashqi yoritish, vodoprovod suv olish inshootlaridan, taqsimlanadigan tarmoqlardan (tozalovchi inshootlari bilan) foydalanish va suvni taqsimlash, kanalizatsiya tarmoqlaridan foydalanish (tozalash inshootlari bilan), gaz taqsimlanadigan tarmoqlardan foydalanish hamda gazni taqsimlash, qozonxona, issiqlik taqsimlanadigan tarmoqlardan foydalanish va kommunal-maishiy ehtiyojlarga hamda aholiga issiqlikni taqsimlashni bevosita amalga oshiruvchi tashkilotlar, xizmat binolarining xo’jalik boshqarmalari, o’t o’chirish komandalari, uy-joy-kommunal xo’jaligining xo’jalik boshqarmalari, uy-joy-kommunal xo’jaligi va shahar xo’jaligining umumfuqaroviy ahamiyatga molik boshqa korxonalari kiradi;
3) yangi tashkil etilgan korxonalar — davlat ro’yxatidan o’tkazilgan paytdan e’tiboran ikki yil mobaynida. Mazkur imtiyoz qayta tashkil etilgan yuridik shaxslar negizida tashkil etilgan korxonalarga, shuningdek boshqa korxonalar hududida shu korxonalardan ijaraga olingan asbob-uskunalardan foydalangan holda o’z faoliyatini amalga oshirayotgan yuridik shaxslarga nisbatan qo’llanilmaydi;
4) ixtiyoriy tugatilayotgan tadbirkorlik sub’ektlarini — yuridik shaxslarni davlat ro’yxatidan o’tkazuvchi organ ixtiyoriy tugatish to’g’risida qabul qilingan qaror haqida xabardor qilingan kundan e’tiboran. Ixtiyoriy tugatish qonun hujjatlarida belgilangan muddatlarda tugallanmagan yoki tugatish tartib-taomili to’xtatilgan va faoliyat qayta tiklangan taqdirda, Soliq imtiyoz qo’llanilmaydi hamda soliq summasi imtiyoz qo’llanilgan butun davr uchun to’liq miqdorda undiriladi.
Yuridik shaxslar — davlat mulki ob’ektlarini sotib oluvchilar uchun yuridik shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliq summasi davlat mulki ob’ektlariga to’g’ri keladigan soliq summasiga kamaytirilib, bo’shagan mablag’lar xususiylashtirilgan ob’ektlarni modernizatsiya qilish, texnik va texnologik jihatdan qayta jihozlash, ularni rivojlantirishga maqsadli tarzda yo’naltiriladi. Soliq imtiyoz oldi-sotdi shartnomasi imzolangan paytdan e’tiboran 12 oy mobaynida qo’llaniladi.
4. Soliq hisobini taqdim etish va hisoblangan so­liq summasini budjetga to‘lash muddatlari. Yuridik shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliqni hisoblab chiqarish Soliq Kodeks 267-moddasining birinchi qismiga muvofiq hisoblab chiqarilgan soliq solinadigan bazadan va belgilangan stavkadan kelib chiqqan holda soliq to’lovchi — O’zbekiston Respublikasining rezidenti tomonidan amalga oshiriladi.
Tadbirkorlik faoliyatini yuritish uchun ajratilgan er uchastkalarida ob’ektlar qurilishi loyiha-smeta hujjatlarida belgilangan normativ muddatda, qurilishning normativ muddati belgilanmagan taqdirda esa qurilish boshlanganidan e’tiboran yigirma to’rt oy ichida tugallanmaganda mol-mulk solig’i soliq solinadigan bazadan kelib chiqib, belgilangan stavkaning uch baravari miqdorida, O’zbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qo’mitasining Davlat arxitektura-qurilish nazorati hududiy inspektsiyalari axboroti asosida hisoblab chiqariladi, bundan qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollar mustasno. Bunda Soliq tartib qurilishi tugallangan ob’ektlarda tovarlar ishlab chiqarishni va xizmatlar ko’rsatishni tashkil etish bo’yicha olingan majburiyatlarni o’n ikki oy ichida bajarmagan tadbirkorlik sub’ektlariga, shuningdek Soliq qismda ko’rsatilgan ob’ektlarni olgan egalarga nisbatan ham tatbiq etiladi. Ob’ektlar qurilishining boshlanish va tugallanish muddatlarini hisoblab chiqarish tartibi qonun hujjatlarida belgilanadi.
Soliq solishning soddalashtirilgan tartibini qo’llayotgan yuridik shaxslar O’zbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qo’mitasining Davlat arxitektura-qurilish nazorati hududiy inspektsiyalari tomonidan aniqlangan ob’ektlar bo’yicha mol-mulk solig’ini Soliq moddaning ikkinchi qismida belgilangan tartibda to’laydilar.
Yuridik shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliqning hisob-kitobi soliq bo’yicha hisobga olish joyidagi davlat soliq xizmati organiga yilda bir marta, yillik moliyaviy hisobot topshiriladigan muddatda taqdim etiladi. Agar ko’chmas mulk soliq to’lovchining soliq bo’yicha hisobga olish joyida joylashmagan bo’lsa, hisob-kitob ko’chmas mulk joylashgan erdagi davlat soliq xizmati organlariga taqdim etiladi.
Soliq davri mobaynida soliq to’lovchilar yuridik shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliq bo’yicha joriy to’lovlar to’laydilar.
Joriy to’lovlar miqdorini hisoblab chiqarish uchun soliq to’lovchilar joriy soliq davrining 10 yanvarigacha, yangi tashkil qilinganlari esa davlat ro’yxatidan o’tkazilgan sanadan e’tiboran o’ttiz kundan kechiktirmay, davlat soliq xizmati organlariga mo’ljallanayotgan soliq solinadigan bazadan (tegishli yil uchun mol-mulkning o’rtacha yillik qoldiq qiymatidan (o’rtacha yillik qiymatidan) va belgilangan stavkadan kelib chiqqan holda hisoblangan joriy soliq davri uchun yuridik shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliq summasi to’g’risidagi ma’lumotnomani taqdim etadilar. Yuridik shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliq bo’yicha majburiyatlari soliq davrida yuzaga kelgan soliq to’lovchilar yuridik shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliq summasi to’g’risidagi ma’lumotnomani soliq majburiyati yuzaga kelgan sanadan e’tiboran o’ttiz kundan kechiktirmay taqdim etadilar.
Yil mobaynida yagona soliq to’lovini to’lashga o’tayotgan umumbelgilangan soliqlarni to’lovchilar — mikrofirmalar va kichik korxonalar umumbelgilangan soliqlar ular tomonidan to’langan davr uchun yuridik shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliqning hisob-kitobini yagona soliq to’lovini to’lashga o’tilayotgan oyning 10-sanasidan kechiktirmay taqdim etadi.
Soliq moddaning to’rtinchi qismiga muvofiq hisoblab chiqarilgan joriy to’lovlar quyidagicha to’lanadi:
-mikrofirmalar va kichik korxonalar tomonidan — yuridik shaxslar mol-mulkiga solinadigan soliq yillik summasining to’rtdan bir qismi miqdorida yilning har choragi uchinchi oyining 25-kunidan kechiktirmay;
-mikrofirmalar va kichik korxonalar jumlasiga kirmaydigan soliq to’lovchilar tomonidan — yuridik shaxslar mol-mulkiga solinadigan soliq yillik summasining o’n ikkidan bir qismi miqdorida har oyning 10-kunidan kechiktirmay.
Soliq davri mobaynida mo’ljallanayotgan soliq solinadigan baza o’zgargan taqdirda soliq to’lovchi yuridik shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliq summasi to’g’risida aniqlashtirilgan ma’lumotnoma taqdim etishga haqli. Bunda soliq davrining qolgan qismi uchun joriy to’lovlarga yuridik shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliqning o’zgarish summasiga teng ulushlarda tuzatish kiritiladi.
Soliq davrida to’lanishi lozim bo’lgan yuridik shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliq summasi joriy to’lovlar hisobga olingan holda, hisob-kitobni taqdim etish muddatidan kechiktirmay byudjetga o’tkaziladi.
Soliq davrida yuridik shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliq bo’yicha joriy to’lovlar summasi hisob-kitobga ko’ra byudjetga to’lanishi lozim bo’lgan soliq summasiga nisbatan 10 foizdan ortiq kamaytirilgan taqdirda, davlat soliq xizmati organi joriy to’lovlarni yuridik shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliqning haqiqiy summasidan kelib chiqib, penya hisoblagan holda qaytadan hisoblab chiqadi.
O’zbekiston Respublikasining norezidentlari bo’yicha yuridik shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliqni hisoblab chiqarish ko’chmas mulkka bo’lgan huquqlarni davlat ro’yxatidan o’tkazuvchi organning ma’lumotlari asosida davlat soliq xizmati organlari tomonidan amalga oshiriladi.
Yuridik shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliq O’zbekiston Respublikasining norezidentlari tomonidan yilda bir marta, soliq hisoboti davridan keyingi yilning 15 fevralidan kechiktirmay to’lanishi kerak.

Yüklə 2,1 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   165




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin