Soliqlar va soliqqa tortish” kafedrasi “soliqlar va soliqqa tortish” fanidan o‘quv–uslubiy majmua


Mahalliy budjet daromadlarini shakllantirishda xorijiy mamlakatlar tajribasi



Yüklə 2,1 Mb.
səhifə87/165
tarix14.12.2023
ölçüsü2,1 Mb.
#179830
1   ...   83   84   85   86   87   88   89   90   ...   165
Soliqlar va soliqqa tortish” fanidan o‘quv–uslubiy majmua

7. Mahalliy budjet daromadlarini shakllantirishda xorijiy mamlakatlar tajribasi. Rivojlangan davlatlarda mahalliy soliqlar mexanizmi va Respublikamiz iqtisodiyotidagi holati o’rtasidagi umumiy o’xshashliklar mavjud bo’lib, bu o’xshashliklar chet davlatlarda ham hududlarning moliyaviy resurslarning asosiy manbai bu soliqlar va soliqsiz to’lovlar, yuqori budjetdan ajratiladigan ajratmalar (dotatsiya, subventsiya) tashkil etsada, biroq, har bir davlatda markazlashtirilgan va hududiy moliyaviy resurslarni shakllantirishning o’ziga xos farqli jihatlari ham mavjuddir.
AQSh va boshqa bir qator g’arb davlatlarning hududlar moliyaviy resurslarini turli guruhga bo’lish mumkin. Birinchi guruhga bu hududlarning o’ziga tegishli biriktirilgan va shu hududdan undiriladigan soliqlar sifatidagi moliyaviy resurslar bo’lib, ular to’g’ri va egri soliqlardan iborat bo’ladi. Ikkinchi guruhga shunday moliyaviy resurslar kiradiki, bu xuddi bizning Respublikamizda amalda bo’lgani kabi umudavlat soliqlardan mahalliy hududlarga muayyan foizda ajratmalardan iborat bo’ladi.
Respublikamiz budjet tizimida bo’lgani kabi yuqori budjetlardan qo’yi budjetlarga subsidiyalar ajratish boshqa bir qator davlatlarga xususan, AQSh moliya tizimiga ham xosdir. Chunonchi, Vashington mahalliy budjeti 84 foizi biriktirilgan moliyaviy resurslar hisobiga shakllansa, qolgan 16 foizini federal budjetdan ajratilgan subsidiyalar tashkil etadi. Shuningdek Nyu-York mahalliy budjetida subsidiyaning ulushi 32 foizga tengdir.
AQShda ham xuddi bizdagi singari hukumat subsidiya, subventsiya va dotatsiyalarni yuqori budjetlardan qo’yi budjetlarga ajratish orqali hududlarning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishga ta’sir etib turadi82.
Mahalliy budjetlar daromadlarini shakllantirish jarayonidagi AQShdagi eng muhim va boshqalardan xususan respublikamizdan farq qiluvchi jihatlaridan biri bu u yoki bu soliq turlarining xududlar bo’yicha tabaqalashtirilgan stavkalarining qo’llanilishi hamda ayrim soliqlarning ba’zi hududlarda amal qilishi boshqa hududlarda esa amal qilmasligi bilan farqlanadi. Masalan, hududlarning asosiy moliyaviy resurslaridan biri hisoblangan savdo-sotiq uchun solig’i ayrim hududlar uchun 6 foiz bo’lsa, boshqasida 1 foiz va shu kabi tartibda undiriladi.
Bundan tashqari iqtisodiy (ishbilarmonlik) faollik solig’i Kaliforniya shtatida qo’llanilsa, boshqa bir hududlarda qo’llanilmasligi holati ham mavjuddir. Savdo-sotiq solig’i shuningdek, ayrim hududlarda xususan, Alyaska, Delaver, Nyu-Djersi shtatlarida amal qilmasada, boshqa hududlarda esa mahalliy hokimiyatlarning o’zlari belgilagan stavkalari asosida tebranib turishi mumkin83.
Qayd etish joizki, AQShda hududlarning moliyaviy resurslarining shakllanishida mulk solig’i katta salmoqni egallaydi. Masalan, Nyu-York shtati mahalliy budjetida bu soliq hisobiga jami moliyaviy resurslarning 40 foizra yaqini shakllanadi, o’z navbatida, bu soliq turi ham barcha hududlar uchun bir xil tartibda belgilanmaydi.
AQShda mulk solig’ining o’rtacha stavkasi 1,4 foizni tashkil etsada, bu Illinoys shtatida uning stavka miqdori 6,7 foizga tengdir. Bundan tashqari AQShda hududlarning moliyaviy resurslari ayrim turdagi mahsulotlarni sotish uchun litsenziyalar, uy hayvonlarini saqlash uchun ruxsatnomalar va shu kabilardan tushgan yig’imlardan ham shakllanadi. Ayni bu holatning ko’pchiligi respublikamiz iqtisodiyoti uchun xosdir.
Buyukbritaniyada esa mahalliy budjetlar daromadlarining asosiy manbai bo’lib kuchmas mulklar, yer, uy-joy, magazinlar, zavod va fabrikalardan undiriladigan soliq hisoblanadi. Mol-mulk qiymati muntazam qayta baholab boriladi. Soliqqa tortish maqsadlarida mol-mulkni baholashni ichki daromadlar Boshqarmasi qoshidagi maxsus baholash komissiyasi amalga oshiradi84.
O’zgaruvchan inflyatsiya sharoit soliqqa tortish maqsadida mulkni muntazam qayta baholab borish O’zbekiston soliq tizimi uchun ham foydadan xoli bo’lmaydi.
Shuningdek, mol-mulkni qayta baholashni soliqqa tortish maqsadlariga muvofiqlashtirish uchun qayta baholash organlarining soliq xizmati qoshida tuzish maqsadga muvofiq bo’ladi.
AQShda esa mol-mulk solig’i mahalliy soliq sifatida asosiy o’rinni egallagani holda, 100 ga yaqin turli xil mahalliy soliq turlari ham mavjud. Har bir shtatda turfa soliq turlarini uchratish mumkin: masalan Koliforniyada faol ishbilarmonlik solig’i olinadi, bu soliq ob’ektlari yillik oborot (2,5 foizgacha) va korxona ish haqi fondi (1,6 foiz) hisoblanadi85.
Fransiya budjetida mol-mulkdan soliq yuqori salmoqqa ega. Bu soliqqa mol-mulk, mol-mulk huquqi va qimmatbaho qog’ozlar tortiladi. Mol-mulk tarkibiga binolar, sanoat va qishloq xo’jalik korxonalari, harakatlanuvchi mulk, aktsiyalar, obligatsiyalar va boshqalar kiradi.
Shunisi diqqatga sazovorki, Fransiyada ba’zi mol-mulk ushbu soliq turidan qisman yoki to’liq ozod etilgan. Shular jumlasiga professional faoliyat doirasida foydalanish uchun mo’ljallangan mol-mulk, qishloq xo’jaligiga oid ba’zi mol-mulk turlari, tarixiy yodgorlik buyumlar, badiiy va kollektsiya buyumlari kiradi.
Mol-mulk solig’i stavkalari progressiv xarakterga ega bo’lib, uni quyidagi jadvalda ko’rib chiqishimiz mumkin.
Germaniya Respublikasida budjet tizimining asosiy daromad manbai bo’lib jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig’i, korporatsiyadan olinadigan soliq qo’shilgan qiymat solig’i, tadbirkorlik (xunarmandchilik) solig’i, mol-mulk solig’i, yer solig’i, yer uchastkalarini sotish jarayonidan undiriladigan soliq, sug’urta badallari, merosdan olinadigan soliq, transport solig’i, bojxona bojlari va davlat yig’imlari hamda ayrim turdagi mahsulotlar uchun aksiz soliqlari va shu kabilar hisoblanadi. Bu davlatda ham hududlarning moliyaviy resurslarini shakllanishida yuqori budjet bo’g’inlaridan ajratiladigan subsidiya, subventsiya va dotatsiyalar ham alohida o’rin egallaydi. Shuningdek, umumdavlat soliqlaridan xuddi O’zbekiston Respublikasidagi kabi qo’yi budjetlarga muayyan foizlarda ajratmalar qilinadi. Masalan, korporatsiyadan olinadigan soliqning 50 foizi federal budjetga, 50 foizi hududlarga. Davlat budjeti daromadlarini shakllanishida eng katta salmoqqa ega bo’lgan ushbu soliqlardan tushadigan tushumlarning 42,5 foizi federal budjetga, qolgan 57,55 foizi esa turli xil darajadagi va makomdagi mahalliy budjetlar ixtiyoriga yo’naltiriladi86.
Sharq davlatlarida xususan Yaponiyada ham AQSh va G’arbiy Evropa davlatlari kabi umumdavlat va mahalliy soliqlar amal qilib ular hisobiga federal va hududlarning moliyaviy resurslari shakllanib boradi. Bu yerda mahalliy soliqlarga nisbatan umumdavlat soliqlarinig hissasi yuqori bo’lib ular hisobiga budjet jami moliyaviy resurslarinig 64 foizidan ko’prog’i shakllanib qolgan qismi mahalliy soliqlar hisobiga to’g’ri keladi87.
Yaponiya soliq tizimida hududlarning budjet daromadlarini mustahkamlashga alohida e’tibor qaratiladi. 90-yillarning boshlarida hududlarning umumiy moliyaviy resurslari 80,41 trln. ienani tashkil etib, ulardan mahalliy soliqlar 33,45 trln. iena yoki mahalliy budjet daromadlarinig 41,6 foizini tashkil etadi. Bundan tashqari 14,33 trln. iena yoki 17,8 foizi umumdavlat soliqlaridan berilgan ajratmalarga to’g’ri keladi. Hududlarga bu davrda maqsadli tarzda 10,65 trln. iena (mahalliy budjetlarning 13,2 foizi) dotatsiya berib, qolgan 20,3 trln. ien soliqsiz to’lovlar hissasiga to’g’ri kelgan. Mahalliy budjet moliyaviy resurslariga e’tibor beradigan bo’lsak, jami moliyaviy resurslar 33,45 trln. ienani tashkil etib, ularning 35,6 foizi daromad solig’i, 41,1 foizi mol-mulk solig’i qolgan 27,2 foizini esa iste’mol solig’i tashkil etadi88.
Umumiy qilib aytadigan bo’lsak, Respublikamiz soliq tizimida mahalliy budjet daromadlarini shakllantirish mexanizmi bilan chet davlatlar xususan Amerika, G’arbiy Evropa davlatlari, Yaponiya va shu kabi iqtisodiy rivojlangan davlatlarda ushbu jarayonlarning holati va harakati o’rtasida umumiy o’xshashliklar mavjuddir. Bu o’xshashliklar federal va hududlarning budjet daromad soliqlar va soliqsiz to’lovlardan shakllanishi, umumdavlat soliqlardan hududlarga muayyan foizlarda subventsiya, subsidiya va dotatsiyalar shaklida ajratmalar qilinishi budjet tizimi o’rtasida o’zaro hisob-kitoblarni amalga oshirish va shu kabilardan iboratdir.



Yüklə 2,1 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   83   84   85   86   87   88   89   90   ...   165




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin