Soliqlar va soliqqa tortish” kafedrasi “soliqlar va soliqqa tortish” fanidan o‘quv–uslubiy majmua


Interaktiv xizmat ko’rsatishning ichki idoraviy harakatlari



Yüklə 2,1 Mb.
səhifə90/165
tarix14.12.2023
ölçüsü2,1 Mb.
#179830
1   ...   86   87   88   89   90   91   92   93   ...   165
Soliqlar va soliqqa tortish” fanidan o‘quv–uslubiy majmua

4. Interaktiv xizmat ko’rsatishning ichki idoraviy harakatlari. Soliq to’lovchining elektron soliq hisobotlari «Soliq xisobotlarini qabul qilish va qayta ishlash tizimi» orqali Davlat soliq qo’mitasining mahsus serveriga avtomatik ravishda qabul qilinadi.
Soliq to’lovchilar tomonidan taqdim etilgan elektrqog’ozon soliq hisobotlarni qabul qilish va ishlov berish uchun Davlat soliq inspektsiyasi rahbariyati tomonidan kameral nazorat olib boruvchi bo’linmasining mas’ul xodimi ichki idoraviy xujjat bilan o’rnatilgan tartibda belgilanadi.
Soliq to’lovchilar tomonidan taqdim etilgan elektron soliq hisobotlarni qabul qilish «Soliq hisobotlarini elektron ko’rinishda qabul qilish» dasturiy mahsul orqali amalga oshiriladi.
Davlat soliq inspektsiyasining hisobotlarni qabul qiluvchi bo’linmaga soliq to’lovchilarning elektron hisobotlari tushgandan so’ng, ularni olinganligini «Soliq hisobotlarini elektron ko’rinishda qabul qilish» dasturiy mahsuli orqali bir kun ichida mas’ul xodim tomonidan qayd qilinadi.
Mas’ul xodimlari soliq to’lovchilardan qabul qilingan hisobotlarda quyidagilarning mavjudligini tekshiradilar:

  • hisobotlar shakllarini to’liqligini;

  • hisobotlardagi mansabdor shaxslarning elektron raqamli imzolarining mavjudligini va elektron hujjat imzolanayotgan paytda elektron raqamli imzo kalitining sertifikati amal qilib turganligi ham tekshiriladi;

  • hisobotlarning barcha majburiy rekvizitlarini (bank hisobvaraqlari raqamlari, soliq to’lovchining identifikatsiya raqamlari, yuridik manzil, sanalar va shu kabilarni) to’ldirishini;

  • hisobotlardagi shakllarida nazarda tutilgan barcha ko’rsatkichlarni to’ldirishini, shunda korxonada tegishli aktivlar, passivlar, operatsiyalar mavjud bo’lmagan holda bu modda (qator, ustun chizib ) ("x" belgi bilan) qo’yilganligini.

Soliq to’lovchilarning hisobotlarini qayta ishlov berish kelib tushgan paytidan to hisobotning qabul qilinganligi yoki mulohazalari soliq to’lovchiga berilishi paytigacha uch kundan oshmagan muddatda amalga oshirilishi lozim.
Hisobotga doir e’tirozlar bo’lmagan taqdirda, taalluqli kompyuter dasturi orqali hisobot kuniga hisoblangan soliq to’lovlari summalari ko’rsatkichlari hisobvaraqlariga yozuvlarni o’tkazish va byudjet bilan o’zaro hisob-kitoblarga ko’ra operativ taqqoslanishni amalga oshirish uchun, soliqlar tushumini hisobga olish, tahlil qilish va soliq statistikasini olib boruvchi bo’linmaga topshiriladi, shundan keyin byudjet bilan hisob-kitoblar haqidagi ma’lumotlar ko’chirilib, soliq summalarining shaxsiy hisobvaraqlariga o’tkazilganligi to’g’risidagi ma’lumotni kompyuterdan chiqarib, belgilangan holda hisobotlarni qabul qiluvchi bo’linmaga topshiriladi.
Taqdim etilgan hisobotlar belgilangan talablarga muvofiq kelmagan taqdirda, davlat soliq inspektsiyasi xodimlari tomonidan "Hisobotga doir mulohazalar" tayyorlanib, qayta ishlash uchun soliq to’lovchiga qaytariladi.
Elektron shaklda taqdim etilgan hisobotlar Davlat soliq qo’mitasining mahsus serverida saqlanadi. Elektron hisobotlarni saqlash chog’ida ulardan foydalanish va ularning qog’oz nusxalarini taqdim etish imkoniyati ta’minlanishi lozim.
Elektron shakldagi hisobotlarni saqlash muddati, qog’oz nusxalardagi hisobotlar uchun belgilangan muddatdan kam bo’lmasligi kerak.
Soliq hisobotining shakllari o’zgargan taqdirda, ularga o’zgartirish kiritilgan paytidan boshlab bir kun davomida elektron shakllarga o’zgartirish kiritish yuzasidan Texnik topshiriq DSQning tegishli bo’linmalari tomonidan o’rnatilgan tartibda Yangi texnologiyalar ilmiy-axborot markaziga taqdim etiladi.
Elektron shakllarga o’zgartirishlar kiritish bo’yicha Texnik topshiriqlar Yangi texnologiyalar ilmiy-axborot markazi tomonidan ikki kun davomida bajariladi.
«Elektron soliq hisobotini qabul qilish va qayta ishlash, elektron soliq hisobotini jo’natish» interaktiv davlat xizmatni ko’rsatish jarayonida Yuridik shaxslarga soliq solish bosh boshqarmasi tomonidan:

  • O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2007 yil 23 avgustdagi 181-sonli qarori bilan tasdiqlangan «Axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalangan holda interaktiv davlat xizmatlari to’g’risida»gi Nizom, 2012 yil 30 dekabrdagi 378-sonli qarori bilan tasdiqlangan «O’zbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali to’g’risida»gi Nizom va interaktiv davlat xizmati ko’rsatilishini tartibga soluvchi reglament talablariga qat’iy rioya etilishini ta’minlash;

  • ishlab chiqilgan reglamentga zarurat bo’yicha o’rnatilgan tartibda tegishli o’zgartirish va qo’shimchalar kiritib borish;

  • amalda foydalanilayotgan interaktiv davlat xizmatiga tegishli o’zgartirishlarni kiritib borilishini ta’minlash;

  • ko’rsatilayotgan interaktiv davlat xizmatining doimiy monitoringini yuritish va unda kamchiliklar paydo bo’lgan taqdirda, zudlik bilan bartaraf etilishini ta’minlash;

  • hududiy davlat soliq xizmati organlarining interaktiv davlat xizmatini ko’rsatish bilan bog’liq faoliyatini tashkillashtirish va nazorat qilish;

  • foydalanuvchilar uchun interaktiv davlat xizmatidan foydalanish yo’riqnomalarini ishlab chiqish va yangilab borilishini ta’minlash;

  • interaktiv davlat xizmatidan foydalanish bilan bog’liq savollar yuzasidan foydalanuvchilarga axborot-maslahat ishlarini olib borish;

  • interaktiv davlat xizmatini aholi va tadbirkorlik sub’ektlari orasida doimiy targ’ibot qilish ishlari doimiy ravishda amalga oshiriladi.

Yuridik shaxslarga soliq solish bosh boshqarmasi, Yangi texnologiyalar ilmiy-axborot markazi va hududiy kameral nazoratini olib boruvchi bo’limlarning elektron soliq xisobotlarni qabul qilish va qayta ishlash bo’yicha mas’ul xodimlar xizmat telefon raqamlarini Davlat soliq qo’mitasining rasmiy www.soliq.uz saytidagi «Sizning soliq xizmatingiz» bo’limiga joylashtirilishini va yangilanishini ta’minlash ushbu tuzilmalar tomonidan doimiy ravishda amalga oshiriladi.
Elektron soliq xisobotlarni elektron raqamli imzolar bilan tasdiqlash va xisobotlarni shifrlash bo’yicha «yt.uz» dasturiy mahsulini nazoratini olib borish;
«Soliq hisobotlarini elektron ko’rinishda qabul qilish» dasturiy mahsulini nazoratini olib borish;
«Soliq xisobotlarini qabul qilish va qayta ishlash tizimi»ning ma’lumot bazasini saqlash, Davlat soliq qo’mitasining mahsus serverining muntazam ishlab turishini va ma’lumotlarni axborot xavfsizligini ta’minlash Yangi texnologiyalar ilmiy-axborot markazi tomonidan amalga oshiriladi.
«Elektron soliq hisobotini qabul qilish va qayta ishlash, elektron soliq hisobotini jo’natish» interaktiv davlat xizmatini ko’rsatishda rad qilish ko’zda tutilmagan.
Davlat soliq xizmati organlari xodimlari tomonidan soliq to’lovchilarning murojaatlarini qo’rib chiqish, ko’rib chiqishni asossiz rad etish, ijro muddatlarini asossiz buzish, murojaatni ko’rib chiqish jarayonida soliq to’lovchilarning huquq va erkinliklari hamda qonuniy manfaatlariga daxldor bo’lgan hujjatlar, qarorlar va boshqa materiallar bilan tanishib chiqishini asossiz ravishda rad etish, soliq to’lovchilarning roziligisiz ularning shaxsiy hayotiga doir ma’lumotlarni oshkor etish, shuningdek soliq to’lovchilarning murojaatlari to’g’risidagi qonun hujjatlarini boshqacha tarzda buzish qonun hujjatlariga muvofiq javobgarlikka tortiladi.
Ko’rsatilgan interaktiv xizmatning sifati shikoyat va murojaatlarning past ko’rsatkichi bilan aniqlanadi.
Agar davlat soliq xizmati organlari tomonidan sifatsiz xizmat ko’rsatilgan bo’lsa yoki xizmat ko’rsatish harakatlari buzilgan bo’lsa, xizmatdan foydalanuvchi qonunda belgilangan tartibda shikoyat qilishi mumkin.

Yüklə 2,1 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   86   87   88   89   90   91   92   93   ...   165




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin