Soliqlar va soliqqa tortish” kafedrasi “soliqlar va soliqqa tortish” fanidan o‘quv–uslubiy majmua


Xorijiy mamlakatlar soliq tizimlaridagi axborot texnologiyalar



Yüklə 2,1 Mb.
səhifə91/165
tarix14.12.2023
ölçüsü2,1 Mb.
#179830
1   ...   87   88   89   90   91   92   93   94   ...   165
Soliqlar va soliqqa tortish” fanidan o‘quv–uslubiy majmua

5. Xorijiy mamlakatlar soliq tizimlaridagi axborot texnologiyalar. AQShdagi soliq yig’ish tizimining uch pog’onaligi uning tarixiy rivojlanish evolyutsiyasini aks ettiradi. Shunga asosan, soliq idoralari uch bosqichda faoliyat ko’rsatadi.
Birinchi bosqich - AQShning federal soliq idoralari.
Ikkinchi bosqich - Shtatlar soliq idoralari.
Uchinchi bosqich - Mahalliy (shahar, okrug) soliq idoralari.
Soliq idoralari bir-biriga bog’liq bo’lmagan va o’zaro bo’ysunmagan holda faoliyat ko’rsatadi, ammo hamkorlikda ishlab, ma’lumotlar almashish yaxshi yo’lga qo’yilgan.
Federal idorani komissar boshqaradi. Bu AQSh Prezidenti tomonidan tayinlanadigan siyosiy lavozim. Komissar muoviniga esa kunlik operatsiyalarga va o’tkazilayotgan siyosatning turg’unligini ta’minlashga mas’ul bo’lgan fuqaro xizmatchisi (shahodatlanmagan fuqaro) tavsiya etiladi. Federal soliq boshqarmasi (FSB) AQShning asosiy sanoat va madaniy markazlarida joylashgan 7 regional boshqarmaga ega (Nyu-York, San-Frantsisko, Tsintsinnati, Dallas, Filadelfiya, Atlanta, Chikago)89.
Regional boshqarmalarni regional komissar boshqaradi. Regional boshqaruvning funktsiyalari milliy boshqaruv tomonidan ishlab chiqarilgan dastur va siyosatning bajarilishini ta’minlash, bo’ysunadigan boshqarmalar (tuman boshqarmasi va soliq markazlari) ishlarini muvofiqlashtirish va nazorat qilishdan iborat.
Hozirgi vaqtda AQShda 63 tuman boshqarmasi, 10ta xizmat ko’rsatish markazi va 3 kompyuter markazi mavjud.
Tuman boshqarmalari asosan yirik sanoat va madaniy markazlarda joylashgan va har bir shtatda kamida bittadan tuman boshqarmasi mavjud. Boshqarma boshlig’i - tuman direktori tomonidan tavsiya etiladigan fuqarolik lavozim.
Soliq idoralari dastur yo’nalishlari doirasida fuqarolar bilan bevosita muloqat olib boradilar. Ular muloqat chog’ida:

  • soliq to’lovchilarga xizmat ko’rsatish: axborotlar, konsultatsiyalar, soliq deklaratsiya shakllari va mos adabiyotlar bilan ta’minlash;

  • to’ldirilgan soliq deklaratsiyalari va unga mos hujjatlarni tekshirish;

  • to’lanmagan soliqlarni topish va soliq to’lovchilarning hisoblaridan mos summalarini olishni ta’minlash;

  • soliq to’lovchilarning shikoyatlarini tahlil qilib, qoniqtirish ishlarini olib boradilar.

Soliqlarni to’lamaganlarni aniqlash maqsadida o’tkazilgan tekshirish axborotlaridan foydalanib, bozorni o’rganish va soliqlarni ixtiyoriy to’lash darajasini ko’tarish uchun keng miqyosdagi texnologiyalardan foydalanadilar.
Xizmat ko’rsatish markazlari har bir regionda kamida bittadan joylashgan bo’lib, uning boshlig’i - xizmat ko’rsatish markazining direktori hisoblanadi.
Markaz direktorining vazifalariga FSB faoliyatiga xizmat ko’rsatish bilan birga soliq deklaratsiyalari va axborotlar hujjatlarini qayta ishlash, soliq deklaratsiyalarini dastlabki tekshirish va qo’shimcha axborot yoki hujjatlarini tasdiqlovchi ma’lumotlarni olish maqsadida soliq to’lovchilar bilan yozishmalar o’tkazish kiradi.
Kompyuter markazlari Detroyt, Martinsburg va Memfisda joylashgan bo’lib ularning vazifalari quyidagilardan iborat:

  • elektron pochta orqali qabul qilingan hamma soliq deklaratsiyalarini va to’lovlarini olish va qayta ishlash;

  • dastlabki olingan ma’lumotlarni qayta ishlab, navbatdagi tahlil uchun muammolarni aniqlash yoki soliq to’lovchilar bilan muloqotning zarurlik darajasini aniqlash;

  • hisobotlarni ro’yxatdan o’tkazish va mamlakatning FSBga hisobotlarni elektron ko’rinishda jo’natishdan iborat.

AQSh shtatlarining barchasiida o’zining mahalliy hukumatlariga bo’ysunadigan va shtatlarning soliqlari bilan shug’ullanadigan okrug soliq idoralari mavjud.
Shahar bosqichida shahar byudjetiga tushadigan soliqlar bilan shug’ullanuvchi o’z soliq idoralari faoliyat ko’rsatadi.
Soliq to’lovchilar AQSh Hukumatiga federal soliq, shtatga soliqlar va mahalliy soliqlarni to’laydilar va mos ravishda har yili soliq deklaratsiyalarining kamida 3 ko’rinishini to’ldiradilar.
Soliqqa tortish qonunchiligi soliqlarni to’lashdan bosh tortganlik uchun juda qat’iy sanktsiyalarni ko’zda tutadi, jumladan: butun mol-mulkini musodara qilishgacha etib boradigan jarimalar, 1 yildan 5 yilgacha muddatda qamoqda saqlash, ommaviy axborot vositalari orqali mas’uliyatsiz ST haqida xabar berish kabilar. Alohida kompyuter dasturi yordamida hamma soliq deklaratsiyalari-ning 1 foizi tanlanib, har yili tekshiriladi. Ixtiyoriy tekshirishlar esa faqat ilmiy-tadqiqot va tekshirish maqsadlari uchun o’tkaziladi.
AQShda davlat sektorining kamligi hisobga olinib, daromadlarning asosiy qismi aholining daromadlaridan olinadi, bu tadbirkorlarning foydasi (80 foiz) va korporatsiyalarning foydasini ham o’z ichiga oladi.
AQShda soliq to’lashlar bo’yicha imtiyozlarga kichik biznes korxonalari, shuningdek, notijorat asosida ishlaydigan tashkilot va korxonalar, maorif, davlat o’quv muassasalari va hokazolar ega. AQSh soliq tizimi – soliq siyosati, moliya tadbirlari, davlatning tadbirkorlikka ta’sir o’tkazishi bozor munosabatlari rivojlangan bu mamlakat xo’jalik mexanizmining asosiy unsurlari hisoblanadi.
AQShda doimiy soliq tushumlarining aksariyat qismi federal byudjetga yuborilib, xususiy kapitalni iqtisodiyot sohasiga jalb etishga mo’ljallangan. Soliq imtiyozlari bevosita turli usullar orqali tadbirkorlikni rivojlantirishga ko’maklashadi. Aholidan olinadigan daromad solig’ining nisbati katta bo’lib, u o’sib boruvchi shkala bo’yicha hisoblanadi. Ijtimoiy sug’urta ajratmalar federal byudjetda hajmi bo’yicha ikkinchi o’rinda bo’lib, uni ish beruvchi yoki ishchining o’zi to’laydi. To’lov stavkasi har yili o’zgarib turadi. Uchinchi katta soliq – korporatsiya solig’idir. Korporatsiyalar tabaqalashtirilgan stavkalarda 15, 25 va 34 foiz soliq to’laydi. Korporatsiyalardan shtatlar byudjetiga ham tegishli soliqlar olinadi. Odatda, uning miqdori 3-12 foizgacha bo’ladi. Bozor iqtisodiyoti mexanizmi tadbirkorlikning erkinligini ta’minlaganligi sababli resurslar taqsimoti, narxlar tovarlar ishlab chiqarishga ketgan xarajatlar asosida, foydaning o’rtacha miqdorini hisobga olgan holda belgilanadi. AQShda jismoniy shaxslar va korporatsiyalardan olinadigan soliq miqdori umumiy tushumning 75 foizdan yuqori qismini ta’minlaydi.
Shtatlar korporatsiyalar va fuqarolardan daromad solig’ini yig’ib oladilar. Sotuvlardan olinadigan soliq ularning daromad manbai bo’lib, uning bir qismi shahar byudjetiga o’tkaziladi. AQSh shtatlaridan 44 tasida savdodan olinadigan soliq qo’llaniladi. Mahalliy soliqlarning tarkibi va stavkalari to’rt guruhga bo’linadi. Birinchi guruh – bevosita soliqlar (mulk solig’i, er solig’i, sovg’alar va meroslardan olinadigan mahalliy soliq) faqat shu hududda yig’iladi. Bilvosita soliqqa tortish turlicha bo’lib, asosan, savdo va maxsus aktsiz soliqlaridan iborat. Ikkinchi guruh – bu soliqlar mahalliy soliqlardan faqat shaklan farq qiluvchi umumdavlat soliqlariga qo’shimcha bo’lib, uning ma’lum foizi mahalliy byudjetga ajratiladi. Uchinchi guruh – transport vositalariga, mehmonxonalarga, musiqa va sport tadbirlariga, kommunal xizmatlarga belgilangan soliqlarni o’z ichiga oladi. Iste’mol soliqlariga avtomashinalarni ro’yxatga olish, avtomashinalar turar joyiga, yonilg’iga soliq, aktsiz solig’i va yo’llar uchun olinadigan soliqlar kiradi. To’rtinchi guruh – mahalliy soliqlar, mazkur hududni boshqarish organlari ixtiyoriga o’tkaziladi. Bu guruhga ekologiya solig’i ham kiradi va u atrof-muhitni muhofaza qilish va tozalashga sarflanadi.
AQShda ichki soliq xizmati (ISX) soliq to’lovchilarni soliq hisobotlarini elektron holatda topshirishga undab, soliq hisobotlarining elektron fayllar turini ko’paytirmoqda. 2003 yil 51,2 million, 2004 yil hisobiga esa salkam 61 million soliq deklaratsiyalari onlayn tartibida to’ldirilgan. 2007 yilda ISX 80 foiz soliq deklaratsiyalarini elektron holatda to’ldirilishiga erishgan. Bunday holat esa joriy deklaratsiyalar sonini ikki barobar o’sishiga olib keladi.
ISX soliq to’lovchilarga elektron deklaratsiya dasturidan foydalanishning afzalliklarini yoritishda maxsus yo’riqnomalar chiqarib, radio va televidenie dasturlaridan foydalanadi. Elektron deklaratsiyalar soliq to’lovchilar uchun ham, ISX uchun ham juda qulaydir. Shuning uchun ham ISX soliq to’lovchilar uchun bepul elektron deklaratsiyalar dasturlarini qo’llashni tavsiya etadilar.
Elektron deklaratsiya AQSh soliq hukumati uchun juda katta iqtisodiy foyda keltiradi. 2004 yilda ISX elektron hisobot dasturini yangi (S va C) korporatsiyalarni hisobga olgan holda ilk marotaba kengaytirdilar. Bu esa o’z navbatida, elektron hisobot topshiruvchilar sonining kengayishiga olib keldi.
Germaniyaning soliq idoralari moliya idoralari tarkibiga kiradi. Har 16 hududda o’z moliya vazirligi bor. Saksoniyaning Drezdenda joylashgan o’z moliya vazirligi bor. Bundan tashqari Kemnitseda Oliy Moliya Direktsiyasi joylashgan. Soliq to’lovchilarning soniga qarab, har bir hududda bittadan uchtagacha Soliq Direktsiyasi bo’lishi mumkin. Butun Saksoniya 35ta moliya idoralariga bo’lingan, hududiy jihatdan esa, 24 okrugga bo’lingan. Shuning uchun, moliya tarmog’i orqali bo’linish hududiy bo’linish bilan to’g’ri kelmaydi.
Barcha moliya idoralari uchun yagona hisoblash markazi tashkil qilingan bo’lib, moliya idoralari tarmoq orqali hisoblash markaziga bog’lanishi mumkin. Hisoblash markazida hududlar bo’yicha moliya idoralarining hamma ma’lumot bazalarini yig’ish, qayta ishlash va saqlash kabi ishlar amalga oshiriladi. Hamma Moliya idoralarining markaziy EHM bilan aloqasi uchun alohida aloqa tarmog’i ajratilgan. Ma’lumotlarni yig’ish joylarda, qayta ishlash esa markazlashgan holda amalga oshiriladi.
Nazorat qiluvchi idora – hisoblash palatasi bo’lib u hududiy parlamentning yordamchi idorasi hisoblanadi. Hisoblash palatasi barcha moliya idoralarini, shu jumladan, moliya vazirligini nazorat qiladi.
Soliq to’lovchilar haqidagi axborotlarni kiritish davrida hisoblash markaziga vaqtincha operatorlar ishga olinadi.
Soliq hujjatlari soliq to’lovchilar tomonidan to’ldiriladi va pochta orqali yuboriladi yoki o’zlari soliq inspektsiyalariga keltirib beradilar.
Soliq inspektsiyasida hujjatlarni inspektorlar bo’yicha alfavitga mos tarqatiladi, inspektorlar soliq hujjatlaridagi ma’lumotlarni hisoblash markazida EHMga to’g’ridan-to’g’ri terminallar orqali kiritadilar. Qayta ishlangan ma’lumotlar hisoblash markazi bosmaxonasida bosilib, soliq to’lovchilarga pochta orqali jo’natiladi. Hisoblash markazi ma’lumotlariga ko’ra, soliq to’lovchilar tanlab nazorat qilinadi.
Germaniya soliq tizimi – fiksal siyosatli soliq tizimi bo’lib, soliqlar federatsiya, er (shtat) va mahalliy byudjetlarga to’lanadi. Germaniya siyosiy va iqtisodiy rivojlanish borasida bir necha bosqichlarni bosib o’tgan holda kuchli federativ davlatga aylandi. Mamlakat iqtisodiyoti to’liq ijtimoiy muammolarni echishga qaratilgan. Federativ mamlakatda markaziy Hukumat bilan federatsiya sub’ektlari orasida vakolatlarni chegaralash va moliya manbalarini taqsimlash uzoq vaqt asosiy muammolardan bo’lib keldi. Hozir soliq qonunchiligida asosiy o’rin federatsiyaga berilgan. Daromad solig’i tushumlarining 42,5 foizi federal byudjetga, 42,5 foizi erlar byudjetiga, 15 foizi mahalliy byudjetlarga taqsimlanadi. Korporatsiyalar solig’i federal va erlar byudjetiga teng bo’linadi. Mahalliy organlar orqali tadbirkorlik faoliyati uchun soliq yig’iladi. QQS ham uchchala byudjetga taqsimlanadi. Tartibga solinadigan bu soliqning taqsimlanadigan qismlari har xil bo’ladi. Davlatga to’lanadigan yuridik shaxslardan olinadigan soliqlar ichida QQS katta daromad keltiradi. Uning ulushi byudjet tarkibida 28 foizga teng, ya’ni daromad solig’idan keyin ikkinchi o’rinda turadi. Soliq stavkasi 15 foizni tashkil etadi. Lekin asosiy oziq-ovqat mollari, kitob va ro’znomalar pasaytirilgan – 7 foizli stavkada soliqqa tortiladi. Qishloq, o’rmon xo’jaliklari, eksportga jo’natiladigan tovarlar QQSdan ozod qilinadi. Germaniyada korporatsiya solig’iga ikki asosiy stavka belgilangan. Hunarmandchilik solig’i – muhim mahalliy soliq hisoblanib, unga korxonalar, shirkatlar, jismoniy shaxslar, hunarmandchilik, savdo va boshqa faoliyat bilan shug’ullanuvchi fuqarolar jalb etiladi. Yer solig’ining miqdorini aniqlashda munitsipalitetlar tomonidan maydonlar chegaralanadi (qishloq xo’jaligi, o’rmonchilik va h.k). Ilgari har bir jismoniy shaxsga 0,5 foiz bo’lgan mulk solig’ining stavkasi hozir 1 foizgacha ko’tarildi. Sanoat korxonalari va kompaniyalar 0,6 foiz mulk solig’i to’laydilar.
Litva Davlat soliq inspektsiyasi Moliya Vazirligi qoshida tashkil etilgan bo’lib, markaziy soliq ma’muriy boshqaruvi bo’lib hisoblanadi. Litvada har bir soliq to’lovchi, u hujjat almashishning xoh elektron shaklni xoh qog’oz shaklini tanlamasin, soliq tizimini shunga moslashtirishga asosiy e’tibor qaratilgan. Shuning uchun qo’llash uchun oson bulgan ABBYY FormReader tizimi amaliyotga joriy etilgan. Bunday tizimni qo’llash zaruriyati tabiiy ravishda yuzaga keldi. Litva soliq qonunchiligiga ko’ra har bir litvalik o’z daromadlaridan soliq deklaratsiyalarini topshirishi kerakligi sababli Litva soliq inspektsiyasi xodimlari soliq hujjatlarining hajmi me’yoridan oshib ketishi natijasida, ularni qayta ishlash imkoniyatlari yo’q darajaga kelib qoldi. Soliq deklaratsiyalarini uzluksiz topshirish ularning sonini o’sishiga olib keldi (yiliga 2 million deklaratsiyalar, har biri 5 varaqdan iborat). Bundan tashqari, yangi qonunchilikka asosan DSI ortiqcha to’langan soliq summalarini soliq to’lovchilarga deklaratsiya qabul qilib olingan kundan e’tiboran 30 kun ichida qaytarib berishlari kerak edi. Tahlillar shuni ko’rsatdiki, ko’pchilik deklaratsiyalar topshirish muddati tugashiga yaqin qolganda topshirilgan. Bunday holat deklaratsiyani qayta ishlashni qiyinlashtirgan. Ayni paytda soliq deklaratsiyalari Litvada qog’oz shaklida qabul qilinar edi va barcha tegishli ma’lumotlar soliq inspektsiyasining axborot tizimiga qo’lda kiritilar edi. Bu esa o’z navbatida juda ko’p vaqt, ish kuchi va mablag’ talab qilar edi.
Soliq maslahati xizmatlari faqatgina mahalliy soliq idoralaridagina mavjud bo’lib, yo’riqnoma bo’yicha jamoatga umumiy ma’lumot berish qiyin edi. Bunday sharoitda birgina muvaffaqiyat kaliti bo’lib, kuchli ma’lumot resursi bo’lgan internetni soliq to’lovchilar deklaratsiyalarini qabul qilishda ishlatish edi. Buning uchun hamma Litvalik soliq to’lovchilar uchun kechayu-kunduz ishlab turadigan elektron soliq tizimini yaratish vazifasi qo’yiladi. Bunday elektron soliq tizimi bilan turli joylardan va resurslardan elektron shaklda ma’lumotlar qabul qilib olinishi va soliq inspektsiyasiga qayta ishlash, tekshirish va saqlash uchun uzatilish imkoniyati yaratildi. Bu turli ichki operatsiyalar sifatini oshiradi va millionlab deklaratsiyalarga ishlov berishda qulayliklar yaratadi. Internetning tezlik bilan o’sib borishiga qaramay, Litvalik soliq to’lovchilar internetta deklaratsiya topshirishdan ko’ra, qog’ozdan foydalanishni afzal ko’rishadi. Shuning uchun boshqa bir muhim vazifa, millionlab qog’oz deklaratsiyalarni qayta ishlashni tezlashtirish va avtomatlashtirish vazifasi qo’yiladi.
Deklaratsiyalarni kiritish, yangilash va saqlash uchun elektron va qog’oz deklaratsiyalar shakli bir xil bo’lishini ta’minlash zarur edi. Soliq inspektsiyalarida deklaratsiyalarni qayta ishlash va bir turdagi dastur va texnologiya ishlatadigan hamma shakllar (shablon, qog’oz va elektron shakllar)ni standartlashtirish rejalashtirildi. Bu sohadagi turli loyihalarni ko’rish uchun soliq inspektsiyasi mahalliy va xalqaro axborot texnologiyalari kompaniyalari servis provayderlariga tender e’lon qildi. Natijada INFO-TEC UAB ABBYY ning Litvadagi filiali loyiha bo’yicha bosh shartnomachi va barcha ABBYY FormReader and Saperion (elektron hujjat boshqaruvi tizimi) loyihalari boshqaruviga mas’ul etib tayinlandi.
Dasturiy ta’minot yaratuvchilarini diqqat bilan o’rgangandan so’ng, soliq inspektsiyasi ABBYY FormReader tizimini tanladi. Bu tizimni tanlashga asosiy sabablari: ABBYY soliq deklaratsiyalarini har-xil manbalardan o’qitish va bir xildagi texnologiya bilan hamma turdagi shakllarni yaratish imkoniyati; boshqa davlatlarda ham bunday loyihalarining mavjudligi bo’ldi.
ABBYY filiali INFO-TEC Microsoft Lietuva dasturning asosiy platformasini yaratdi va loyihaning nazoratini ta’minladi. Undan tashqari, Alna AB subshartnomachi elektron hujjat aylanish tizimi uchun ba’zi qo’shimcha modullarni, markaziy baza, ichki va tashqi veb portallarini birlashtirib avtorizatsiya modullarini yaratdi.
Markaziy soliq ma’muriy boshqaruvi uchun 5 ta ABBYY FormDesigner, eFormDesigner and FormReader Template Designer dasturlari o’rnatilgan ishchi stantsiyalar soliq inspektsiyasining bosh ofisiga o’rnatildi. Bu dasturlar asosida INFO-TEC mutaxassislar va soliq inspektsiyasi Axborot texnologiyalari bo’limi hamkorlikda 150 ga yaqin deklaratsiyalar uchun ichki tekshirish qoidalari mavjud bo’lgan har-xil turdagi shakllar va namunalar yaratdilar. 11 ta FormReader Enterprise Edition dasturlarini o’rnatish mamlakat bo’ylab to’ldirilgan qog’oz shakllarni qayta ishlashni ta’minladi. 70 foiz deklaratsiyalarni qayta ishlash 10ta mahalliy soliq inspektsiyalari orqali ta’minlandi. 30 foiz hujjat maxsuslashtirilgan Druskininkaidagi qayta ishlash markazida qayta ishlandi. Druskininkaidagi markaz faqat shu loyiha uchun qurilgan bo’lib, norasmiy “FormReader uyi” deb atala boshladi. U yerda qog’oz deklaratsiyalarni qayta ishlash hajmi kuniga 30 000 qog’ozni tashkil etadi.
Markaz asosan qog’oz deklaratsiyalarni saqlash, saralash va nazorati hamda ma’muriyat bo’limlaridan iborat bo’lib, 40 ga yaqin ishchilar hujjat tekshirish uchun band qilingan, shundan 5tasi katta nazoratchi bo’lib, alohida muammolarni echish vazifalarini bajaradi.
ABBYY eFormFiller dasturi ochiq litsenziyaga ega bo’lib, Litvadagi har bir soliq to’lovchi hozir soliq deklaratsiyasini internet orqali taqdim eta oladi. Bunda soliq to’lovchilar soliq inspektsiyasining veb portaliga bog’lanadilar va kichik hajmdagi eFormFiller dasturini va ABBYY eFormDesigner dasturi orqali tuzilgan elektron shakllarni yuklab olishlari mumkin. eFormFiller dasturi soliq to’lovchilarga elektron shakllarni to’ldirish va ma’lumotlarni tekshirish va tayyor bo’lgan shaklni soliq inspektsiyasi veb portaliga jo’natish uchun xizmat qiladi.
ABBYY FormReader tizimini ishga tushirish uchun bir oy vaqt sarflandi, u darhol o’z natijasini ko’rsatdi va hujjatlarni qayta ishlash jarayoni 4-5 barobar tezlashdi. Shuning bilan birga xato kamchiliklarga yo’l qo’yishlik ham ilgariga qaraganda kamayishi ta’minlandi.
Rossiya Federatsiyasining soliq tizimi – fiskal funktsiyaga ega bo’lib, 2002 yildan e’tiboran yangi yo’nalishda rivojlana boshladi. Ijtimoiy soliqning joriy etilishi, ish haqidan olinadigan soliqning hamma uchun bir xil 13 foiz stavkaga tushirilishi, yangi soliq imtiyozlarining joriy etilishi kabi holatlar bu sohadagi jiddiy o’zgarishlar jumlasiga kiradi. Bu yo’nalishda soliq qonunlaridan tashqari, yana ko’plab me’yoriy hujjatlar qo’llaniladi, lekin ular hali mukammal bo’lmaganligidan tez-tez o’zgartirilib turiladi. Bunday holat esa soliqchilar faoliyatida katta qiyinchiliklar tug’diradi. Hozirgi paytda soliq tizimini keskin o’zgartirish mumkin emas, chunki bu moliya tizimini umuman buzib yuborib, soliq to’lovchilarning davlatga ishonchini yo’qotishga olib keladi. Shuning uchun, soliq hajmini kamaytirmaslik maqsadida, ishlab chiqarishni qo’llab-quvvatlab turiladi, jumladan, korxonalar davlat tasarrufidan chiqarilib, aktsionerlik jamiyatlariga aylantirilmoqda.
Rossiya Federatsiyasi soliq tizimi mamlakat hududida belgilangan tartibda yuridik va jismoniy shaxslardan yig’ilayotgan soliqlar, yig’imlar va boshqa to’lovlardan tashkil topgan. Barcha soliqlar, yig’imlar va bojlar Rossiya byudjet tizimiga kelib tushadi va davlat daromad manbaini shakllantiradi. Davlatga yig’ilayotgan mablag’lar ijtimoiy, mudofaa, huquqni saqlash va boshqa vazifalarni bajarish uchun sarflanadi.
Rossiya Federatsiyasining Davlat soliq xizmati organlari tizimi o’z ichiga quyidagilarni oladi:

  • Rossiya Federatsiyasi respublika markaziy boshqaruv organi – Rossiya Federatsiyasi davlat soliq xizmati;

  • Rossiya Federatsiyasi tarkibiga kiruvchi respublikalar davlat soliq inspektsiyalari;

  • viloyatlar, o’lkalar, tumanlar, shaharlardagi (tumanlarga bo’ysunuvchi shaharlardan tashqari) davlat soliq inspektsiyalari;

  • shahar tarkibidagi tuman davlat soliq inspektsiyalari.

Rossiya Federatsiyasi davlat soliq xizmati organlari markaziy boshqaruv organlari tizimiga kiradi, Rossiya Federatsiyasi prezidenti va hukumatiga bo’ysunadi.
Rossiya Federatsiyasi davlat soliq xizmatining asosiy vazifasi soliqlar haqidagi qonun hujjatlariga rioya qilinishi, soliqlar va yig’imlar qonunda belgilangan tartibda to’g’ri hisobga olinishi, to’liq va o’z vaqtida tegishli byudjetlarga o’tkazilishini nazorat qilishdan iborat.
Ko’rilayotgan tizimda boshqaruv ob’ekti bo’lib, korxona va tashkilotlarning turli shakllari va aholi hisoblanadi. Boshqaruv sub’ekti bo’lib, soliq xizmati orqali ta’sir etuvchi davlat hisoblanib, u xo’jalik yurituvchi sub’ektlarga soliq tizimi orqali ta’sir o’tkazadi. Soliq tizimining avtomatlashtirilgan axborot tizimini joriy etishda har bir toifaga qaysi vazifalar xosligi va ular orasida aloqalar amalga oshirilishini bilish zarur.
Rossiya soliqqa tortish boshqaruv tizimi va uning tuzilishi mamlakatning ma’muriy hududiy bo’linishiga xosdir. Soliq xizmati ish uslubini yagonaligini ta’minlash maqsadida alohida bir xil toifadagi boshqaruv tizimlari yagona jadval asosida oldindan tayyorlangan ma’lumotlar bazasini qayta ishlash metodologiyasi va texnologiyasi bo’yicha funktsiyalarni bajaradi. Davlat soliq xizmatining 1- darajasi bo’linmalardan iborat bo’lib, soliq turlari bo’yicha soliqqa tortishning metodologik boshqaruvi va nazoratini amalga oshiradi. Boshqaruv ob’ekti bo’limlari soliq to’lovchi yuridik va jismoniy shaxslar bilan bevosita ishlashni 3-darajada amalga oshiradi. Eng quyi toifaga tuman, viloyatlarga bo’ysunmaydigan shaharlar va shahar miqyosidagi tuman davlat soliq inspektsiyalari kiradi.
Ular quyidagi vazifalarni amalga oshiradi:

  • soliq va boshqa to’lovlarning byudjetga o’tkazilishi haqida qonun hujjatlariga rioya qilinishini nazorat qilish;

  • soliq to’lovchilar va byudjetga o’tkazilayotgan to’lovlar hisobini tuzish;

  • soliq va to’lovlarning to’g’ri hisoblanishini ta’minlash va o’z vaqtida byudjetga o’tkazilishini nazorat qilish;

  • soliq to’lovchilar tomonidan soliqlarni o’z vaqtida byudjetga o’tkazish bilan bog’liq buxgalteriya hisob-kitoblarining to’g’riligini tekshirish va nazoratini olib borish;

  • ijro etuvchi hokimlik, huquqni muhofaza qilish, moliya-kredit organlari bilan qonunlarni bajarilishini nazorat qilishda hamkorlik qilish;

  • ko’rsatilgan qonun buzish holatlarida moliyaviy jarima qo’llash va to’g’ri qo’llanilishini ta’minlash;

  • byudjetga haqiqatda kelib tushgan soliqlar va yig’imlar haqidagi summani tayyorlash, tahlil qilish va tuman, shahar moliya organlariga taqdim qilish;

  • hisobot tuzish, tahlil qilish va belgilangan tartibda yuqori soliq organlariga taqdim qilish;

  • belgilangan tartibda ish yuritish va boshqa vazifalarni bajarish.

Yuqorida ko’rsatilgan vazifalarni bajarishda Rossiya Federatsiyasi Davlat soliq xizmati boshqaruv organlari tomonidan “Nalog” avtomatlashtirilgan informatsion tizimi (“Nalog” AIT) yaratilgan. “Nalog” AIT tizimining maqsad va vazifalari quyidagilardan iborat:

  • soliqqa tortish tizimining ishlash samaradorligini qabul qilingan ma’lumotlarni sifatli va operativ hisoblash orqali oshirish;

  • ma’lumotlarni qayta ishlash operativligini va DSIlarning mehnat unumdorligini oshirish;

  • barcha toifadagi DSIlarni to’liq va o’z vaqtida soliqlar haqidagi qonun hujjatlari va ma’lumotlari bilan ta’minlash;

  • soliq to’lovchilar hisobot ma’lumotlarining haqqoniyligini va soliq qonun hujjatlariga rioya etilishini nazorat qilish;

  • buxgalteriya hisobi tezkorligi va sifatini oshirish;

  • soliq va boshqa to’lovlarni byudjetga tushishi haqidagi ma’lumotlarni olish;

  • soliq summasining yig’ilish dinamikasini va bashoratini tahlil qilish;

  • soliq tushumlari va soliq qonunchiligiga rioya etilishi haqidagi turli darajadagi idoralarni ma’lumotlar orqali xabardor qilish;

  • qog’oz hujjat aylanmasi hajmini kamaytirish.

Mamlakat iqtisodiyotining rivojlanish bosqichida Rossiya soliq tizimi faoliyatining yutuqlari asosan AIT samaradorligiga bog’liq bo’ldi. Soliq tizimida AIT texnologiyasi – texnologik zanjirga bog’langan usullar yig’indisi, informatsion jarayonlar va dasturiy texnik vositalar, bo’lib, u ma’lumotlarni yiѓish, qayta ishlash, saqlash, ko’paytirish, tarqatish maqsadlarida foydalaniladi. Informatsion resurslar bo’lib, shakllangan g’oyalar va bilimlar, turli ma’lumotlar, usullar va ularni ko’paytirish vositalari, axborot manbai va foydalanuvchisi o’rtasida ma’lumotlar almashuv va saqlash hisoblanadi. Soliq xizmatining asosiy vazifalaridan biri soliq organlari ishini avtomatlashtirish bo’lib, bunda soliq organlari tuzilmalarida informatsion texnologiyadan keng foydalanish ko’zda tutilgan.
AIT tizimi ham soliq organlarining tuzilishi kabi uch darajadan iborat. Mamlakatda amal qiluvchi soliq tizimi ko’p sonli organlardan (elementlardan) tashkil topgan. Butun tizim va uning har bir elementi orasida ichki va tashqi aloqalar yo’lga qo’yilgan. Har qanday iqtisodiy tizim kabi soliq xizmatining AIT talabga mos ravishda tuzilgan funktsional va ta’minlovchi qismlardan iborat. Funktsional qismda soliq organlarida bajarilayotgan vazifalarga qarab mos bo’linmalarga ajraladi. Ularning har bir darajasida AIT mavjud bo’lib, muayyan iqtisodiy ma’noga ega bo’lgan, boshqarish vazifasini ta’minlovchi aniq bir maqsadga yo’naltirilgan masalalarni hal etishga mo’ljallangan dasturlar majmuasidan iborat. Dasturlar majmuasida turli birlamchi hujjatlar ishlatiladi va hisob-kitob algoritmlari asosida o’zaro bog’liq bo’lgan qator chiqish hujjatlari tuziladi. Hisob-kitoblar algoritmi metodik materiallar, me’yoriy hujjatlar va instruktsiyalardan tashkil topgan.
Ta’minot qismi informatsion texnik, dasturiy va boshqa turdagi ta’minotlarni o’z ichiga oladi.
Informatsion ta’minoti barcha ko’rsatkichlar yig’indisini, hujjatlar, klassifikatorlar, kodlar, soliq tizimi organlarida funktsional vazifasini echishning avtomatlashtirish jarayonida foydalanadigan disklardagi ma’lumotlar massivlarini o’z ichiga oladi.
Texnik ta’minlash ma’lumotlarni qayta ishlovchi texnik vositalar yig’indisidan tashkil topib, ular asosini turli EHM hamda boshqa iqtisodiy ob’ektlar va tizimlar bilan o’zaro aloqalarda axborotlar uzatilishini ta’minlovchi vositalar tashkil etadi.
Dasturiy ta’minot o’z ichiga soliq organlari tomonidan turli masalalarni echish uchun kerak bo’ladigan umumiy va amaliy xarakterga doir turli dasturiy vositalar kompleksini olgan.
Rossiya Federatsiyasi soliq xizmatining avtomatlashtirilgan informatsion tizimi katta tizimlar sinfiga kirib, ularga qo’yiladigan barcha talablarga javob beradi.



Yüklə 2,1 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   87   88   89   90   91   92   93   94   ...   165




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin