Masala. Ishlab chiqarish korxonasi ikkinchi yil faoliyat yuritmoqda, uning foyda solig‘i to‘lagungacha bo‘lgan daromadi 150000000 so‘m bo‘lgan.
Hisobot davri uchun qo‘shimcha ravishda quyidagi ma‘lumotlar mavjud:
Xokimiyatga homiylik yordami ko‘rsatilgan – 18000000 so‘m;
qariyalar uyiga yordam ko‘rsatish uchun – 9000000 so‘m;
ishlab chiqarishni rivojlantirish uchun – 24900000 so‘m (yil davomida to‘plangan eskirish – 28100000 so‘m);
soliq stavkasi 12 foiz.
Talab qilinadi: 1. Hisobot davri uchun korxona to‘lashi lozim bo‘lgan foyda solig‘i necha so‘mga teng?
2. Hisobot davrida korxonining foydasini aniqlang?
Masala. Hisobot davrida korxona quyidagi ko’rsatkichlarga ega:
Mahsulot (ish, xizmatlar) sotishdan tushgan tushum – 43800000
Qo‘shilgan qiymat solig‘i – 6880000
Aksiz solig‘i – 5000000
Sotilgan mahsulotning ishlab chiqarish tannarxi – 26950000
Sotish xarajatlari – 350000
Ma‘muriy xarajatlar – 830000
Asosiy faoliyatning boshqa jarayonlaridan daromad – 350000
Olingan dividendlar – 750000
Valyuta kursi bo‘yicha musbat farq – 290000
Moliyaviy faoliyat bo‘yicha boshqa xarajatlar – 150000
Favqulotda foyda – 50000
Chegirilmaydigan xarajatlar – 3120000
Soliq imtiyozi – 1000000
Soliq stavkasi – 12 foiz
Talab qilinadi: 1. Hisobot davri uchun korxona to‘lashi lozim bo‘lgan foyda solig‘i necha so‘mga teng?
2. Hisobot davrida korxonining foydasini aniqlang?
3. Korxonaning hisobot davri uchun “Moliyaviy natijalar to’g’risida”gi hisobot shaklini (2-shakl) to’ldiring.