Soliqlar va soliqqa tortish” kafedrasi “soliqlar va soliqqa tortish” fanidan o‘quv–uslubiy majmua


Import tovarlarga nisbatan qo‘shilgan qiymat solig‘ini hisoblash tartibi



Yüklə 2,1 Mb.
səhifə47/165
tarix14.12.2023
ölçüsü2,1 Mb.
#179830
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   165
Soliqlar va soliqqa tortish” fanidan o‘quv–uslubiy majmua

6. Import tovarlarga nisbatan qo‘shilgan qiymat solig‘ini hisoblash tartibi. Import qilinadigan tovarlarga nisbatan qo‘shilgan qiymat solig‘i to‘lovchilari bo‘lib, tovarlarni import qiladigan yuridik shaxslar, shuningdek, o‘z ehtiyojlari uchun bojsiz olib kirish normalari doirasidan ortiq tovarlar olib kiruvchi jismoniy shaxslar hisoblanadi (demak, jismoniy shaxslar ham bevosita qo‘shilgan qiymat solig‘i to‘lovchisi bo‘lishi mumkin).
Qo‘shilgan qiymat solig‘i solinadigan obyekt bo‘lib, O‘zbekiston Respublikasining bojxona qonunlariga binoan belgilangan bojxona rejimlariga muvofiq O‘zbekiston hududiga import qilinadigan tovarlar hisoblanadi.
Tovar deganda iste’molga mo‘ljallangan va qiymatga ega bo‘lgan barcha narsalar tushuniladi.
Import tovarlar bo‘yicha qo‘shilgan qiymat solig‘ini hisoblab chiqarish uchun asos bo‘lib, bojxona qonunchiligiga muvofiq belgilanadigan bojxona qiymati hisoblanadi.
Tovarlar importi bo‘yicha soliq solinadigan oborot hajmiga bojxona qiymati bilan bir qatorda bojxona boji summasi va aksiz solig‘i summasi (aksiz solig‘iga tortiladigan tovarlar bo‘yicha) kiritiladi.
Import qilinadigan tovarlar bo‘yicha qo‘shilgan qiymat solig‘i quyidagi formula orqali hisoblanadi:


SQQS (IQTBQ + BBS + AS) x QQSST;
100
Bu yerda:
SQQS – qo‘shilgan qiymat solig‘i summasi
IQTBQ – import qilinadigan tovarlarning bojxona qiymati;
BBSbojxona boji summasi;
AS – aksiz solig‘i;
QQSST – qo‘shilgan qiymat solig‘i stavkasi.

Import qilinadigan tovarlar bo‘yicha qo‘shilgan qiymat solig‘i 20 foizli stavka bo‘yicha to‘lanadi.


Quyidagi tovarlarni import qilish qo‘shilgan qiymat solig‘idan ozod qilinadi:

  • jismoniy shaxslar tomonidan tovarlarni bojsiz olib kirishning bojxona to‘g‘risidagi qonun hujjatlarida tasdiqlangan normalari doirasida olib kirilayotgan tovarlar;

  • chet el diplomatik vakolatxonalari va ularga tenglashtirilgan vakolatxonalar rasmiy foydalanishi uchun, shuningdek, ushbu vakolatxonalarning diplomatik va ma’muriy-texnik xodimlari, shu jumladan ularning o‘zlari bilan birga yashayotgan oila a‘zolari shaxsiy foydalanishi uchun mo‘ljallangan tovarlar;

  • O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan tartibda insonparvarlik yordami tariqasida olib kirilayotgan tovarlar;

  • davlatlar, hukumatlar, xalqaro tashkilotlar tomonidan xayriya yordami maqsadida, shu jumladan texnik ko‘mak ko‘rsatish maqsadida olib kirilayotgan tovarlar;

  • O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalari bo‘yicha xalqaro va chet el hukumat moliya tashkilotlari tomonidan berilgan qarzlar (kreditlar) mablag‘lari, shuningdek, grantlar hisobiga yuridik shaxslar tomonidan olib kirilayotgan tovarlar;

  • dori vositalari, veterinariya dori vositalari, tibbiyot va veterinariya uchun mo‘ljallangan buyumlar, shuningdek dori vositalari, veterinariya dori vositalari, tibbiyot va veterinariyaga mo‘ljallangan buyumlar ishlab chiqarish uchun qonun hujjatlarida belgilanadigan ro‘yxat bo‘yicha olib kiriladigan xom ashyo. Mazkur imtiyoz olib kirilayotgan, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadigan ro‘yxat bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasida ham ishlab chiqarilayotgan tayyor dori vositalariga, veterinariya dori vositalariga, tibbiyot va veterinariya uchun mo‘ljallangan buyumlarga nisbatan tatbiq etilmaydi;

  • O‘zbekiston Respublikasi hududiga qonun hujjatlariga muvofiq tasdiqlanadigan ro‘yxat bo‘yicha olib kirilayotgan texnologik asbob-uskunalar, shuningdek, butlovchi buyumlar va ehtiyot qismlar, agar ularni yetkazib berish texnologik asbob-uskunalarni yetkazib berish kontrakti shartlarida nazarda tutilgan bo‘lsa;

  • investor bilan davlat mulkini boshqarish bo‘yicha vakolatli davlat organi o‘rtasida tuzilgan shartnomaga muvofiq investitsiya majburiyatlari sifatida olib kiriladigan mol-mulk;

  • vakolatli davlat organining yozma shakldagi tasdig‘i mavjud bo‘lgan taqdirda, telekommunikatsiyalar operatorlari va tezkor-qidiruv tadbirlari tizimining texnik vositalarini sertifikatlashtirish bo‘yicha maxsus organ tomonidan olinadigan tezkor-qidiruv tadbirlari tizimining texnik vositalari;

  • qonun hujjatlarida belgilanadigan ro‘yxat bo‘yicha yuridik shaxslar tomonidan olib kirilayotgan yog‘och-taxta materiallari va yog‘och.

Tovarlar respublika hududiga import qilinishida qo‘shilgan qiymat solig‘i bojxona deklaratsiyasi qabul qilinishiga qadar yoki u bilan bir vaqtda to‘lanadi. Agar bojxona deklaratsiyasi belgilangan muddatda topshirilmasa qo‘shilgan qiymat solig‘ini to‘lash muddatlari bojxona deklaratsiyasi topshirish muddati tugagan kundan boshlab hisoblab chiqariladi.
Jismoniy shaxslar soliqni bojxona organi posti kassasiga naqd pul yoki naqd pulsiz orqali belgilangan tartibda to‘lashlari mumkin.
Qo‘shilgan qiymat solig‘ining to‘langan summalari hududiy bojxona organlarining depozit hisobvaraqlariga kirim qilinib, keyin ular respublika byudjeti daromadlariga qayd etiladi. Bojxona organlari 3 kun muddat ichida undirilgan qo‘shilgan qiymat solig‘i summasini respublika byudjetiga o‘tkazadilar.

Yüklə 2,1 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   165




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin