Foyda solig‘i stavkalari
Foyda solig‘i stavkasi 1998-yilda 36 foizni tashkil etgani
holda 2001-yilda 26 foizga tushirilgan. 2002-yilda esa 24
foiz, 2003-yilda 20 foiz, 2004-yilda 18 foiz, 2005-yilda 15
foiz, 2006-yilda 12 foiz, 2007-yilda 10 foiz, 2009-yildan
boshlab esa 9 foiz qilib belgilangan. 2010–2013-yillarda
mazkur miqdor saqlab qolindi. 2014-yil 1-yanvardan boshlab
yuridik shaxslardan olinadigan foyda solig‘i stavkasi 8 foiz
etib belgilandi. 2015-yil 1-yanvardan boshlab mazkur stavka
7,5 foiz miqdorida tasdiqlandi. 2018-yil 1-yanvardan boshlab
esa mazkur stavka 14 foiz miqdorida belgilandi. 2019 yilda
esa ushbu miqdor 12 foizni tashkil etgan.