Soliqlar va soliqqa tortish


Notijorat tashkilotlari deganda



Yüklə 0,94 Mb.
səhifə106/251
tarix16.02.2023
ölçüsü0,94 Mb.
#84509
1   ...   102   103   104   105   106   107   108   109   ...   251
Soliqlar va soliqqa tortish” kafedrasi “soliqlar va soliqqa tort

20. Notijorat tashkilotlari deganda.....

  1. foyda olishni faoliyatining asosiy maqsadi qilib olmagan va olingan daromadlarni o'z qatnashchilari (a'zolari) o'rtasida taqsimlamaydigan yuridik shaxslar tushuniladi.

  2. chet el investitsiyalari asosida tashkil topgan yuridik shaxslar tushuniladi.

  3. olingan dividendlarni o'z qatnashchilari (a'zolari) o'rtasida taqsimlaydigan yuridik shaxslar tushuniladi.

  4. foyda olishni faoliyatining asosiy maqsadi qilib olgan yuridik shaxslar tushuniladi.

4-MAVZU: SODDALASHTIRILGAN SOLIQ TIZIMI


Quyidagi atamalarga izoh bering: mikrofirma, kichik korxona, yagona soliq, yagona soliq to’lovi, yagona soliq to’lovini to’lovchilari, yagona soliq to’lovining ob’ekti, yalpi tushum, yagona soliq to’lovi stavkalari, yagona soliq to’lovidan imtiyozlar, yagona soliq to’lovini hisoblash taritibi, yagona soliq to’lovini to’lash tartibi, umumovqatlanish korxonalari, savdo korxonalari, yalpi daromad, qat’iy belgilangan soliq, eng kam ish haqi miqdori, qat’iy belgilangan soliq stavkalari, qat’iy belgilangan soliqni hisoblash tartibi, qat’iy belgilangan soliqni to’lash tartibi, yagona yer solig’i, yagona yer solig’i to’lovchilari, yagona yer solig’i stavkalari, yagona yer solig’idan imtiyozlar, yagona yer solig’ini hisoblash tartibi, yagona yer solig’ini to’lash tartibi.


NAZORAT SAVOLLARI

  1. Soliq solishning soddalashtirilgan tartibini soliq amaliyotida tatbiq etishning zarurligi nimada?

  2. Soliq amaliyotida ilk bor qachon soddalashtirilgan soliq rejimi joriy qilingan va qaysi me‘yoriy xujjat asosida?

  3. Kichik biznes sub‘ektlari tarkibi qaysi mezonlar asosida belgilanadi?

  4. Yagona soliq to‘lovi qachon joriy etildi?

  5. Yagona soliq bilan yagona soliq to‘lovining farqi nimada?

  6. Yagona soliq to‘lovini to‘lovchilari kimlar?

  7. Yagona soliq to‘loviga soliq stavkalari qaysi mezon asosida belgilanadi?

  8. Qanday yuridik shaxslar yagona soliq to‘lovidan imtiyozga ega?

  9. Yagona soliq to‘lovi budjetga qaysi muddatlarda to‘lanadi?

  10. Yagona soliq to‘lovini budjetga kechiktirib to‘lash tartibi qanday?

  11. 2007 yil 1 yanvarga qadar savdo va umumiy ovqatlanish korxonalari qanday soliq rejimida ishlagan?

  12. Savdo va umumiy ovqatlanish korxonalarini yagona soliq to‘lovini to‘lovchilar tarkibiga o‘tishning ahamiyati va zarurligi nimada?

  13. Savdo va umumiy ovqatlanish korxonalari uchun yagona soliq to‘lovidan tashqari yana qanday to‘lovlar, yig‘imlar saqlab qolingan?

  14. Savdo faoliyati deganda nimani tushunasiz?

  15. Umumiy ovqatlanish faoliyati deganda nimani tushunasiz?

  16. Yagona soliq to‘lovini to‘lovchi savdo va umumiy ovqatlanish korxonalarining soliqqa tortish ob‘ekti qanday aniqlanadi?

  17. Yagona soliq to‘lovini hisoblashda yalpi tushum tarkibi qanday aniqlanadi?

  18. Yalpi tushum tarkibidan nimalar chegiriladi?

  19. Savdo va umumiy ovqatlanish korxonalari uchun yagona soliq to‘lovi stavkalari 2017 yilda qanday belgilangan?

  20. Savdo va umumiy ovqatlanish korxonalarining yagona soliq to‘lovi qaysi muddatlarda to‘lanadi?

  21. Qishloq xo‘jaligi tovar ishlab chiqaruvchilari uchun yagona yer solig‘i qachon joriy etilgan. Uning ahamiyati qanday?

  22. Qishloq xo‘jaligi tovar ishlab chiqaruvchilari yagona yer solig‘ini to‘lashga o‘tishlari bilan ular qanday soliqlar va yig‘imlarni to‘lashdan ozod etildi?

  23. Qanday yuridik shaxslar yagona yer solig‘ining to‘lovchilari hisoblanadi?

  24. Qishloq xo‘jaligi tovar ishlab chiqaruvchilari asosiy faoliyatdan tashqari boshqa faoliyat turi bilan shug‘ullanganda ham yagona yer solig‘ini to‘lovchilari bo‘lib hisoblanishadimi?

  25. Yagona yer solig‘ining ob‘ekti va bazasi qanday aniqlanadi?

  26. Yagona yer solig‘ining stavkalari qaysi mezonlar asosida tabaqalashtiriladi?

  27. Yagona yer solig‘ini to‘lashdan kimlar ozod etiladi?

  28. Yagona yer solig‘i bo‘yicha hisob-kitoblar qaysi muddatda soliq idoralariga topshiriladi?

  29. Hisoblangan soliq summalari qaysi muddatda budjetga o‘tkaziladi?

  30. Qat‘iy belgilangan soliqning to‘lovchilari kimlar?

  31. Qat‘iy belgilangan soliqning stavkalari qaysi mezon asosida tabaqalashtiriladi?

  32. Qat‘iy belgilangan soliqning stavkalari qaysi davlat organi tomonidan belgilanadi?

  33. Qat‘iy belgilangan soliq miqdorini budjetga to‘lash davri qanday?

  34. Tadbirkor faoliyatini vaqtincha to‘xtatganda qanday tartibda xujjatlarni rasmiylashtiradi?




Yüklə 0,94 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   102   103   104   105   106   107   108   109   ...   251




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin