Soliqlar va soliqqa tortish


-mavzu: Ijtimoiy jamg’armalarga majburiy to’lovlar



Yüklə 0,94 Mb.
səhifə81/251
tarix16.02.2023
ölçüsü0,94 Mb.
#84509
1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   ...   251
Soliqlar va soliqqa tortish” kafedrasi “soliqlar va soliqqa tort

18-mavzu: Ijtimoiy jamg’armalarga majburiy to’lovlar


Reja:


18.1. Yagona ijtimoiy to‘lov va Pensiya jamg‘armasiga sug‘urta badallari.
18.2. Budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasiga majburiy ajratma.
18.3. Budjetdan tashqari umumta’lim maktablari, kasb-hunar kollejlari, akademik litseylar va tibbiyot muassasalarini rekonstruktsiya qilish, mukammal ta’mirlash va jihozlash jamg’armasiga majburiy ajratmalar.


18.1. Yagona ijtimoiy to‘lov va Pensiya jamg‘armasiga sug‘urta badallari.


1. Yagona ijtimoiy to‘lovni to‘lovchilari, to‘lov ob‘ekti, bazasi hamda to‘lovdan chegirmalar. Yagona ijtimoiy to‘lov O‘zbekistonda 2004 yildan amal qilib kelinmoqda. Soliq kodeksining 305-moddasiga binoan yagona ijtimoiy to‘lovni to‘lovchilar bo‘lib, yuridik shaxslar – O‘zbekiston Respublikasi rezidentlari, O‘zbekiston Respublikasida faoliyatni doimiy muassasa, chet ellik yuridik shaxslarning vakolatxonalari va filiallari orqali amalga oshiruvchi O‘zbekiston Respublikasi norezidentlari hamda jismoniy shaxslar hisoblanadi.


Jismoniy shaxslar – O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi hududida doimiy yashovchi va ishlovchi fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar fuqarolarning budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasiga sug‘urta badallari (bundan keyin matnda sug‘urta badallari deb yuritiladi) to‘lovchilardir.
Sug‘urta badallarini hisoblash va ushlab qolish majburiyati, shuningdek ularning to‘g‘ri hisoblab chiqarilishi uchun javobgarlik ish beruvchi zimmasiga yuklatiladi.
Yagona ijtimoiy to‘lovning va sug‘urta badallarini hisoblash uchun ob‘ekt bo‘lib, ish haqi tarzidagi daromadlar hisoblanadi.
Yagona ijtimoiy to‘lovni va sug‘urta badallarini hisoblab chiqarish uchun baza imtiyoz sifatida belgilangan to‘lovlar chegirib tashlangan ish haqi tarzida to‘lanadigan daromadlar summasi sifatida belgilanadi.
Yagona ijtimoiy to‘lov va sug‘urta badallari bazasi hisoblanayotganda quyidagi to‘lovlar chegirib tashlanadi:
1) amaldagi Soliq kodeksining 174-moddasi 5, 8, 9, 11 va 12-bandlarida ko‘rsatilgan kompensatsiya to‘lovlari;
2) xodimga hisoblanadigan va uning roziligi bilan tegishli budjet yoki xayriya jamg‘armalarga (shanbaliklar, yakshanbaliklar va shu kabilar uchun) o‘tkaziladigan ish haqi tarzidagi daromadlar;
3) xodimning muhim sanasi, uzoq yillik xizmati, jamoat faoliyatida erishgan yutuqlari munosabati bilan unga beriladigan rag‘batlantirish tarzidagi to‘lovlar;
4) xodimga tabiiy ofat, boshqa favqulodda holatlar munosabati bilan to‘lanadigan to‘lovlar;
5) yosh mutaxassislarga oliy o‘quv yurtini tamomlaganlaridan so‘ng ta‘til vaqti uchun yuridik shaxslar hisobidan to‘lanadigan nafaqalar.
2. Yagona ijtimoiy to‘lovni va sug‘urta badallarini hisoblab chiqarish hamda to‘lash tartibi.

Yagona ijtimoiy to‘lov va sug‘urta badallari har oyda soliq solinadigan bazadan hamda belgilangan stavkalardan kelib chiqqan holda hisoblab chiqariladi.


Yuridik shaxslarning mehnatga haq to‘lash fondidan yagona ijtimoiy to‘lov stavkasi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016 yil 27 dekabrdagi PQ-2699-sonli qaroriga asosan 25 foiz miqdorida belgilangan.
Yuridik shaxslarning mehnatga haq to‘lash fondidan yagona ijtimoiy to‘lov davlat maqsadli jamg‘armalari hamda Kasaba uyushmalari federatsiyasi Kengashi o‘rtasida belgilangan tartibga muvofiq quyidagi miqdorlarda taqsimlanadi:
- budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasiga - 24,8 %;
- davlat bandlikka ko‘maklashish fondiga - 0,1 %;
- kasaba uyushmalari federatsiyasi Kengashiga - 0,1 %.
Sug‘urta badallari esa xodimlarning ish haqiga nisbatan 8 foiz miqdorida belgilangan.
Yagona ijtimoiy to‘lov yuridik shaxslarning mablag‘lari hisobidan to‘lanadi, sug‘urta badallari esa xodimlarning ish haqidan ushlab qolinadi va soliq agentlari tomonidan jamg‘armaga o‘tkaziladi.
Yagona ijtimoiy to‘lovning hisob-kitobi soliq bo‘yicha hisobga olish joyidagi davlat soliq xizmati organlariga soliq to‘lovchi tomonidan ortib boruvchi yakun bilan:
- korxonalar tomonidan – yilning har choragida hisobot davridan keyingi oyning 25-kunidan kechiktirmay, yil yakunlari bo‘yicha esa yillik moliyaviy hisobot topshiriladigan muddatda.
Sug‘urta badallarining hisob-kitobi ro‘yxatdan o‘tkazilgan joydagi davlat soliq xizmati organlariga soliq to‘lovchi tomonidan ortib boruvchi yakun bilan yilning har choragida hisobot davridan keyingi oyning 25-kunidan kechiktirmay taqdim etiladi.
Yagona ijtimoiy to‘lov va sug‘urta badallari yuridik shaxslar tomonidan quyidagi muddatlarda amalga oshiriladi:
- yagona ijtimoiy to‘lov va sug‘urta badallari – har oyda, keyingi oyning 10-kunidan kechiktirmay.

Yüklə 0,94 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   ...   251




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin