Soliqlar va soliqqa tortish



Yüklə 0,94 Mb.
səhifə113/251
tarix16.02.2023
ölçüsü0,94 Mb.
#84509
1   ...   109   110   111   112   113   114   115   116   ...   251
Soliqlar va soliqqa tortish” kafedrasi “soliqlar va soliqqa tort

NAZORAT SAVOLLARI:



  1. Qo‘shilgan qiymat qanday tarkib topadi?

  2. Qo‘shilgan qiymat solig‘i ilk bor qaysi davlatda kim tomonidan joriy etilgan?

  3. Qo‘shilgan qiymat solig‘ining davlat budjeti daromadlarini shakllantirishdagi ahamiyati qanday?

  4. Qo‘shilgan qiymat solig‘ini qanday shaxslar to‘laydi?

  5. Qo‘shilgan qiymat solig‘i ob‘ekti qanday aniqlanadi?

  6. Soliqqa tortiladigan oborot deganda nimani tushunasiz?

  7. Qo‘shilgan qiymat solig‘i stavkalari va ularni qo‘llash tartibi qanday?

  8. Nollik stavka qaysi tovarlar (ish va xizmatlar)ga nisbatan qo‘llaniladi?

  9. Hisobvaraq-fakturalar qanday to‘ldiriladi va unda qo‘shilgan qiymat solig‘i qaysi punktlarda ko‘rsatiladi?

  10. Qo‘shilgan qiymat solig‘ini to‘lash va hisobotni taqdim etish tartibi qanday?

  11. Import tovarlarga qo‘shilgan qiymat solig‘i qaysi formula orqali aniqlanadi?



MAVZU BO’YICHA MASALALAR


Masala. Qo‘shilgan qiymat solig‘i to‘lovchisi bo’lgan korxona 12000000 so‘mga qo‘shilgan qiymat solig‘i bilan 400 kg bo‘yoq sotib olgan. Sotib olingan bo‘yoqdan:

Talab qilinadi:
1. Korxona qo‘shilgan qiymat solig‘i qaysi qismini hisobga kiritish huquqiga ega?
2. Korxona to’lashi lozim bo’lgan qo‘shilgan qiymat solig‘ini hisoblang?
3. Korxonaning hisobot davri uchun “Moliyaviy natijalar to’g’risida”gi hisobot shaklini (2-shakl) to’ldiring.


Masala. Qo‘shilgan qiymat solig‘i to‘lovchisi bo‘lgan qayta ishlash korxonasi joriy yilda quyidagi ko‘rsatkichlarga ega:

  • mahsulotni sotishdan tushgan tushum – 24000000 so‘m;

  • bunda qaytarib berilishi lozim bo‘lgan idishning narxi - 1500000 so‘m;

  • tekinga (tannarxi bo‘yicha) - 100000 so‘mlik maxsulot berilgan;

  • olingan jarima summasi - 30000 so‘m;

  • bankdan olingan foizlar - 12000 so‘m;

  • 200000 so‘mga korxona tomonidan nomoddiy aktivlar sotilgan (boshlang‘ich narxi - 600000 so‘m, to‘plangan amortizatsiya - 420000 so‘m);

  • nolikvid xom-ashyo zaxiralari sotishdan tushgan tushum - 96000 so‘m, ularning tannarxi - 85000 so‘m;

Hisobvaraq-faktura bo’yicha olingan qo‘shilgan qiymat solig‘i:

  • xom ashyo uchun - 480000 so‘m;

  • ishlab chiqarish inshootlarini ijaraga berishdan - 150000 so‘m;

  • uyali aloqadan - 60000 so‘m;


Yüklə 0,94 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   109   110   111   112   113   114   115   116   ...   251




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin