Talab qilinadi: 1. Korxona to’lashi lozim bo’lgan qo‘shilgan qiymat solig‘ini hisoblang?
2. Korxonaning hisobot davri uchun “Moliyaviy natijalar to’g’risida”gi hisobot shaklini (2-shakl) to’ldiring.
Masala. Qo‘shilgan qiymat solig‘i to‘lovchisi bo’lgan korxona ko‘rpa tikib realizatsiya qiladi. Bitta ko‘rpaning tannarxi – 35000 so‘m. Qo‘shilgan qiymat solig‘isiz bitta ko‘rpaning sotish narxi – 45000 so‘m.
2017 yil hisobot davrida sotilgan ko‘rpalar:
500 tasi erkin valyutaga eksport qilingan (45 000 so‘mga ekvivalent bo‘lgan narxda).
Bundan tashqari 10 tasi bolalar bog‘chasiga tekinga berilgan. 40 tasi korxona ishchi va xizmatchilariga 30000 so‘mdan sotilgan. 5 tasi xodimlar bo‘limi boshlig‘ining tug‘ilgan kunida (yubiley) hadya qilingan.
Talab qilinadi: 1. Korxona qo‘shilgan qiymat solig‘i qaysi qismini hisobga kiritish huquqiga ega?
2. Korxona to’lashi lozim bo’lgan qo‘shilgan qiymat solig‘ini hisoblang?
3. Korxonaning hisobot davri uchun “Moliyaviy natijalar to’g’risida”gi hisobot shaklini (2-shakl) to’ldiring.
Masala. Qo‘shilgan qiymat solig‘i to‘lovchi bo‘lgan korxona bojxonadagi narxi 340 AQSH dollari bo‘lgan asbob-uskunani import qilmoqda. Bojxona deklaratsiyasini to‘ldirish vaqtidagi 1 AQSh dollarining kursi 3625 so‘mni tashkil etgan. Bojxona boji – 30 foiz, aksiz solig‘ining stavkasi – 10 foiz, bojxonada rasmiylashtiruv yig’imi bojxona qonunchiligida belgilangan tartibda hisoblangan.
Talab qilinadi: 1. Import qilingan tovarlar uchun qo‘shilgan qiymat solig‘i summasini hisoblang?
2. Korxonaning hisobot davri uchun “Moliyaviy natijalar to’g’risida”gi hisobot shaklini (2-shakl) to’ldiring.
3. Asbob-uskunaning haqiqatdagi tannarxini aniqlang?
MAVZU BO’YICHA TESTLAR
Qo‘shilgan qiymat solig‘ining soliqqa tortish ob’ekti nima? soliq solinadigan oborot va soliq solinadigan import