Budjetga to‘lanishi lozim bo‘lgan qo‘shilgan qiymat solig‘i summasi qanday aniqlanadi? hisobga olinadigan soliq summasi sifatida
soliq solinadigan oborot bo‘yicha hisoblab chiqarilgan soliq summasi bilan hisobga olinmaydigan soliq summasi o‘rtasidagi farq sifatida
soliq solinadigan oborot bo‘yicha hisoblab chiqarilgan soliq summasi bilan hisobga olinadigan soliq summasi o‘rtasidagi farq sifatida
realizatsiya qilingan tovarlar, ishlar, xizmatlarga hisoblangan qo‘shilgan qiymat solig‘i sifatida
Qo‘shilgan qiymat solig‘idan ozod qilinadigan import tovarini belgilang. O‘zbekiston Respublikasi hududiga qonun hujjatlariga muvofiq tasdiqlanadigan ro‘yxatida mavjud bo‘lmagan texnologik asbob-uskunalar, shuningdek butlovchi buyumlar va ehtiyot qismlarni kiritish
qonun hujjatlarida belgilanadigan ro’yxat bo’yicha yog’och-taxta materiallari va yog’och
jismoniy shaxslar tomonidan tovarlarni bojsiz olib kirishning bojxona to‘g‘risidagi qonun hujjatlarida tasdiqlangan me’yorlari doirasidan tashqari olib kirilayotgan tovarlar
davlatlar, hukumatlar, xalqaro tashkilotlar tomonidan tijorat maqsadida olib kirilayotgan tovarlar
Qanday hollarda hisobvaraq-faktura taqdim etilishi shart? qo‘shilgan qiymat solig‘i solinadigan oborotni va qo‘shilgan qiymat solig‘idan ozod qilingan oborotni amalga oshirayotgan yuridik shaxslar, shuningdek qo‘shilgan qiymat solig‘i to‘lovchisi bo‘lmagan yuridik shaxslar tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) oluvchi shaxsga
yo‘lovchilar tashishni yo‘l chiptalari bilan rasmiylashtirish jarayoniga
tovarlar (ishlar, xizmatlar) aholiga naqd pulda realizatsiya qilingan hollarda sotib oluvchiga fiskal xotirali nazorat-kassa mashinasi cheki, terminal cheki, kvitansiya berish holatiga
tovarlarning eksport-import tarzida etkazib berilishini rasmiylashtirish jarayoniga