5.Yuridik va jismoniy shaxslar tulaydigan soliqlar va yig‘imlar. O‘zbekiston Respublikasining davlat budjetiga to‘lanadigan soliqlar va yig‘imlarning hal qiluvchi asosiy qismini yuridik shaxslarning soliqlari va boshqa majburiy to‘lovlari tashkil etadi. Yuridik shaxslar quyidagi umumdavlat hamda mahalliy soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlarni to‘laydilar (1-chizma).
Yuridik shaxslar soliq to‘lovchi bo‘lishi uchun yuridik shaxs maqomini olganidan tashqari, albatta biror ruxsat etilgan faoliyatdan daromad olgan bo‘lishlari zarur yoki tovarlar (ish, xizmatlar) sotishdan oborotga ega bo‘lishlari hamda statistika idoralarida, hokimiyatlardan ro‘yxatdan o‘tgan (kodga ega) bo‘lishlari shart.
2.1-chizma. Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan to‘lanadigan soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlar4
Jismoniy shaxslar yuridik shaxs maqomini olmagan shaxslardir. Bunday shaxslarga O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari, fuqaroligi bo‘lmaganlar va chet el mamlakatlari fuqarolari kiradi. O‘zbekiston Respublikasi soliq qonunchiligiga binoan soliqqa tortish maqsadida soliq to‘lovchilar yuridik va jismoniy shaxslarga bo‘lingan. Jismoniy shaxslar to‘laydigan soliqlar davlat budjeti daromadlarining 20-25 foizini tashkil etadi.
Jismoniy shaxslar to‘laydigan soliqlarning xususiyati shundan iboratki, soliq jismoniy shaxsning to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘z daromadidan olinadi. Ular to‘laydigan soliqlar va yig‘imlar asosan budjetga naqd pul to‘lash yo‘li bilan o‘tkaziladi (2.2-chizma).
2.2-chizma. Jismoniy shaxslar daromadidan olinadigan soliqlar
Jismoniy shaxslar davlat budjetiga quyidagi soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlarni to‘laydi:
- jismoniy shaxslar daromadidan olinadigan soliq;
- mol-mulk solig‘i;
- yer solig‘i;
- transport vositalariga benzin, dizel yoqilg‘isi va gaz ishlatganligi uchun soliq;
- jismoniy shaxslar tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanganda daromadiga o‘rnatilgan qat’iy stavkadagi soliq;
- qonunchilikda nazarda tutilgan boshqa soliqlar va majburiy to‘lovlar.
Dostları ilə paylaş: |