2.2-jadval
O‘zbekiston Respublikasi davlat budjeti daromadlari tarkibida egri soliqlarning o‘rni2 (foizda)
№
| Ko‘rsatkichlar |
Yillar
|
2016 yilda 2013 yilga nisbatan o‘zgarishi, punktda
|
2013
|
2014
|
2015
|
2016
|
|
1.
|
Davlat budjeti daromadlari – jami
|
100
|
100
|
100
|
100
|
X
|
2.
|
Shu jumladan: -egri soliqlar
|
51,9
|
51,8
|
52,9
|
55,1
|
+3,2
|
Mazkur tendentsiyaning mavjudligi davlat budjeti daromadlarini shakllantirishning hozirgi holati nuqtai-nazaridan ijobiy hisoblanadi. Buning sababi shundaki, qo‘shilgan qiymat solig‘i va aksiz solig‘i iqtisodiy kon’yunkturaning o‘zgarishlariga bevosita bog‘liq bo‘lmagan barqaror daromad manbalari hisoblanadi va egri soliqlar bo‘yicha tushumlarning asosiy qismini tashkil etadi.
O‘zbekiston Respublikasi davlat budjeti ijtimoiy xarajatlarini o‘sish tendentsiyasiga ega ekanligi davlat budjeti daromadlari hajmini uzluksiz oshirib borishni taqozo qiladi. Bu esa, qo‘shilgan qiymat solig‘i, aksiz solig‘i kabi barqaror daromad manbalarini budjet daromadlarining tarkibidagi yuqori salmog‘ini ta‘minlashni taqozo qiladi.
Yuqorida aytib o‘tilganidek, to‘g‘ri va egri soliqlar yagona soliq tizimini tashkil etib, bir-biri bilan o‘zaro bog‘langandir.
Evropa mamlakatlarida egri soliqlarning roli AQSh, Yaponiya, Kanada va Avstraliyaga qaraganda yuqoridir. Evropa mamlakatlarida jami soliq tushumlarining hajmida egri soliqlarning salmog‘i 40 foizdan yuqori bo‘lib, ayrim mamlakatlarda 50 foizni tashkil etadi. Mazkur ko‘rsatkich 50 foizdan yuqori bo‘lgan mamlakatlar guruhiga Meksika, Turkiya va Koreya kiradi. AQSh, Yaponiya, Kanada va Avstraliyada esa ushbu ko‘rsatkich 25-30 foizni tashkil qiladi3.
Dostları ilə paylaş: |