Soliqlar va soliqqa tortish


Soliqlarning guruhlarga ajratilishi



Yüklə 0,94 Mb.
səhifə6/251
tarix16.02.2023
ölçüsü0,94 Mb.
#84509
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   251
Soliqlar va soliqqa tortish” kafedrasi “soliqlar va soliqqa tort

3.Soliqlarning guruhlarga ajratilishi. O‘zbekiston soliq tizimida amalda bo‘lgan soliqlarni ob‘ekti va iqtisodiy mohiyati bo‘yicha bir necha guruhlarga ajratib o‘rganish mumkin.
Soliqlar soliqqa tortish ob‘ektiga qarab to‘rt guruhga bo‘linadi:

  1. Oborotdan olinadigan soliqlar

  2. Daromaddan olinadigan soliqlar

  3. Mol-mulk qiymatidan olinadigan soliqlar

  4. Yer maydoniga qarab olinadigan soliqlar.

Oborotdan olinadigan soliqlarga qo‘shilgan qiymat solig‘i, aksiz solig‘i, bojxona boji va yer qa‘ridan foydalanganlik uchun olinadigan soliqlar kiradi. Lekin oborot (aylanma) tushunchasi bizning qonunchiligimiz bo‘yicha ilgaridek mahsulot realizatsiyasi oborotidan emas, balki mahsulotlarni yuklab yuborgan qiymat bilan o‘lchanadi. Yalpi tushumdan olinadigan yagona soliq to‘lovi ham oborotdan olinadigan soliqlarga kiradi.
Daromaddan olinadigan soliqlarga yuridik shaxslarning foydasiga solinadigan soliq, jismoniy shaxslarning daromadiga solinadigan soliq, ixtisoslashtirilgan ulgurji savdo korxonalarining yalpi daromadidan olinadigan soliqlari kiradi. Bu guruh soliqlarga obodonlashtirish va ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish solig‘i ham kiradi.
Mol-mulk qiymatidan olinadigan soliqlarga mol-mulk solig‘i kiradi.
Yer maydonlaridan olinadigan soliqlarga qishloq xo‘jalik tovar ishlab chiqaruvchilarning yagona yer solig‘i va yuridik (noqishloq xo‘jalik) va jismoniy shaxslarning yer soliqlarini kiritish mumkin.
4. To‘g‘ri va egri soliqlar­ning tarkibi va ular­ning budjet daromad­laridagi ahamiyati. Iqtisodiy mohiyatiga qarab soliqlar egri va to‘g‘ri soliqlarga yoki bevosita va bilvosita soliqlarga bo‘linadi. To‘g‘ri soliqlarni to‘g‘ridan to‘g‘ri soliq to‘lovchilarning o‘zi to‘laydi, ya‘ni soliqni huquqiy to‘lovchisi ham, haqiqiy to‘lovchisi ham bitta shaxs bo‘ladi. To‘g‘ri soliq yukini boshqalar zimmasiga yuklatish holati bu yerda bo‘lmaydi. Bu soliqlar tarkibiga barcha daromaddan to‘lanadigan soliqlar va mol-mulk (resurs) soliqlari kiradi.
To‘g‘ri soliqlardan to‘g‘ridan-to‘g‘ri daromaddan soliq to‘langanligi uchun soliqlar stavkasining kamaytirilishi korxonalar daromadining ko‘p qismini ularga qoldirib, investitsiya faoliyatini kengaytirish imkonini yaratib, bozor iqtisodiyotini rivojlantiradi. Bu soliqlarning stavkalari oshirilsa, korxonalarning moliyaviy imkoniyatlari kamaya boradi va oxir-oqibatda mamlakat iqtisodiy rivojlanishiga salbiy ta‘sir ko‘rsatadi. Demak, bu guruh tarkibiga kiruvchi soliqlarning stavkalari to‘g‘ridan-to‘g‘ri iqtisodiy rivojlanish bilan bevosita bog‘liqdir. Egri soliqlarni huquqiy to‘lovchilari mahsulot (ish, xizmatni) yuklab yuboruvchilar hisoblanadi. Lekin, soliq og‘irligini haqiqatdan ham budjetga to‘lovchilari tovar (ish, xizmat)ni iste’mol qiluvchilardir, ya‘ni egri soliqlarning barchasi bevosita iste’molchilar zimmasiga tushadi. Bu soliqlar tovar (ish, xizmat) qiymati ustiga qo‘shimcha ravishda qo‘yiladi. Egri soliqlarning ijobiy tomoni shundaki, ular respublikada ishlab chiqarilgan tovarlarni respublikadan tashqariga chiqib ketishini chegaralaydi, mamlakat ichida tovarlarning serob bo‘lishiga yordam beradi hamda inflyatsiya darajasini (muomaladagi ortiqcha pul massasini) birmuncha jilovlab turadi. Egri soliqlar stavkasining asosli ravishda oshirilishi korxonalar faoliyatining moliyaviy yakuniga to‘g‘ridan-to‘g‘ri ta‘sir etmaydi, ya‘ni investitsion faoliyatini qisqartirmaydi. Ammo soliq stavkasi ilmiy asoslanmasdan oshirib yuborilsa bunday holatda korxonalar o‘z tovarlarini sotish qiyinchiligiga duch kelishlari mumkin.
Jahon soliq amaliyotida Davlat budjeti daromadlari tarkibida to‘g‘ri va egri soliqlarning nisbatiga qarab u yoki bu mamlakat iqtisodiyotining rivojlanganlik darajasiga baho berish mumkin. Masalan. AQShda budjet daromadlari tarkibida to‘g‘ri soliqlar salmog‘ining 90 foizga yaqin bo‘lishi bu mamlakat iqtisodiyotining yuqori darajada rivojlanganligidan darak beradi.
Quyidagi 2.1-jadvalda O‘zbekiston Respublikasi budjet amaliyotida to‘g‘ri soliqlarning tarkibi va undagi o‘zgarishlar ko‘rib chiqilgan.

Yüklə 0,94 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   251




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin