Soliqlar va soliqqa tortish


Soliqlar va soliqqa tortish fanining mutaxassis kadrlarni tayyorlashdagi roli



Yüklə 0,94 Mb.
səhifə3/251
tarix16.02.2023
ölçüsü0,94 Mb.
#84509
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   251
Soliqlar va soliqqa tortish” kafedrasi “soliqlar va soliqqa tort

3. Soliqlar va soliqqa tortish fanining mutaxassis kadrlarni tayyorlashdagi roli. Soliqlarning paydo bo‘lishi davlatning paydo bo‘lishi bilan bog‘liq bo‘lganligi uchun hamda hozirgi O‘zbekistonda ijtimoiy himoyalangan bozor iqtisodiyoti sharoitida davlat uni tashkilotchisi ekanligidan soliqlar va soliqqa tortish fani davlatning o‘ta zarur bo‘lgan xilma - xil vazifalari bilan chambarchas bog‘liq va ularga asoslanadi. Davlat mamlakatda yaratilgan ijtimoiy mahsulot ishlab chiqarish uni taqsimlashning qonun - qoidalarini ishlab chiqadi. Bu taqsimlashdagi munosabat bozor iqtisodiyoti sharoitida pul orqali amalga oshirilganligidan davlat uni taqsimlashni ham pul munosabatlari orqali, ya‘ni soliq, pul va kredit orqali amalga oshiradi. Davlatning bunday faoliyatini o‘rganish - soliqlar va soliqqa tortish fanining diqqat - markazida turadi.
Bozor iqtisodiyoti talab va taklif, raqobat, qiymat va boshqa qonunlar orqali amalga oshiriladi. Bozor iqtisodiyoti - erkin iqtisodiyot, pulli munosabatlar iqtisodiyotidir. Soliqlar ham pul munosabatlarini ifoda etganligi uchun bozor iqtisodiyoti tarkibiga kiradi, uning ajralmas qismidir. Bozor iqtisodiyoti qonunlari - soliqlar va soliqqa tortish fanining asosini tashkil etadi. U qonunlarni chuqur anglamasdan turib soliqlar va soliqqa tortish mexanizmini tushunib bo‘lmaydi.
Bozor iqtisodiyoti qonunlarini o‘rganib chiqib, davlat yalpi ichki mahsulot qiymatini soliqlar orqali taqsimlash vazifasini o‘z zimmasiga oladi. Shunday ekan, davlat to‘g‘risidagi ta‘limot - davlat iqtisodiyotni boshqarishda bosh rol o‘ynashi soliqlar va soliqqa tortish fanining asosi bo‘lib xizmat qiladi. Davlat bozor iqtisodiyotini boshqarishda etakchilik, boshqaruvchilik rolini o‘ynaydi. Davlat soliqlarni iqtisodiy mohiyati va vazifalarini o‘rganib chiqib, uni amaliyotga tadbiq qilishni o‘z zimmasiga oladi.
Soliq xizmati xodimlari o‘zlariga qonuniy hujjatlarda yuklangan vazifalarni muvaffaqiyatli bajarishlari uchun faqat amaliy jihatdan soliqlarni bilibgina qolmasdan, soliqlarning mohiyati, belgilari, ularning ob‘ektiv zarurligiga, davlatning soliq siyosati, soliqlar tizimi, soliqqa tortish tizimi, soliq idoralari tizimi va boshqalar kabi nazariy masalalarni chuqur bilishlari zarur. Buning uchun esa soliqlar va soliqqa tortish fanini chuqur o‘rganish kerak. Shuni nazarda tutish zarurki, Leonardo da Vinchi aytganidek: «Nazariya qo‘mondon, amaliyot askarlardir» Nazariya amaliyotni to‘g‘ri yo‘lga boshlovchi kompasdir. Har qanday vazifalarni kadrlar hal qiladi. Shuning uchun, ular chuqur nazariy bilimga va kasb mahoratiga ega bo‘lishlari zarur.
Fanning mazmunini chuqur egallagan har qanday mutaxassis soliqlar va soliqqa tortish jarayonini o‘rganishda va ularni hayotga to‘g‘ri hamda to‘liq tadbiq etishda adashmaydi. Shunday ekan bu fan soliq xizmati xodimlari, soliq sohasi vakillari, ilmiy xodimlar uchun o‘zlarining ilmiy salohiyatlarini oshirishda muhim ahamiyat kasb etadi.


Yüklə 0,94 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   251




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin