Soliqlar va soliqqa tortish


Soddalashtirilgan soliq tizimiga o‘tgan yuridik va jismoniy shaxslar



Yüklə 0,94 Mb.
səhifə5/251
tarix16.02.2023
ölçüsü0,94 Mb.
#84509
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   251
Soliqlar va soliqqa tortish” kafedrasi “soliqlar va soliqqa tort

2.Soddalashtirilgan soliq tizimiga o‘tgan yuridik va jismoniy shaxslar. O‘zbekiston soliq tizimida soddalashtirilgan (ixchamlashtirilgan) soliq tizimiga o‘tgan yuridik va jismoniy shaxslar ham mavjud bo‘lib, ular quyidagi soliqlarni to‘laydilar:
1) Mikrofirmalar va kichik korxonalar uchun yagona soliq to‘lovi to‘lanishini nazarda tutuvchi soliq solish tizimi qo‘llanilishi mumkin. Aksiz solig‘i to‘lanadigan mahsulot ishlab chiqarayotgan, shuningdek foydali qazilmalarni qazib olishni amalga oshirayotgan mikrofirmalar va kichik korxonalar Soliq kodeksida (350-modda) belgilangan tartibda aksiz solig‘i va yer qa‘ridan foydalanuvchilar uchun soliqlar va maxsus to‘lovlar to‘laganlari taqdirda yagona soliq to‘lovi ularga tatbiq etilmaydi. Yagona soliq to‘lovi to‘lovchilarda import qilinadigan tovarlar bo‘yicha aksiz solig‘ini va qo‘shilgan qiymat solig‘ini to‘lash majburiyati ham saqlanib qoladi.
2) Savdo va umumiy ovqatlanish korxonalari foyda solig‘i, qo‘shilgan qiymat solig‘i (tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) import qilish bundan mustasno), suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq, yer qa‘ridan foydalanuvchilar uchun soliqlar va maxsus to‘lovlar, yer solig‘i, obodonlashtirish va ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish solig‘i, boshqa mahalliy soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlar (mol-mulk solig‘i, ayrim turdagi tovarlar bilan chakana savdo qilish va ayrim turdagi xizmatlarni ko‘rsatish huquqi uchun yig‘im bundan mustasno) o‘rniga budjetga 2007 yil 1 yanvarga qadar yalpi daromad solig‘i to‘lar edilar. 2007 yil 1 yanvardan boshlab esa savdo va umumiy ovqatlanish korxonalari yalpi daromad va mol-mulk soliqlarning o‘rniga soliq solishning boshqa tizimini tanlash huquqisiz yagona soliq to‘lovini to‘lash rejimiga o‘tkazildi.
3) Qishloq xo‘jaligi tovar ishlab chiqaruvchilari aksiz solig‘ini va tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) import qilganlik uchun qo‘shilgan qiymat solig‘ini istisno etganda, amaldagi barcha umumdavlat va mahalliy soliqlar hamda yig‘imlar o‘rniga o‘zi etishtiradigan qishloq xo‘jaligi mahsulotini ishlab chiqarish va qayta ishlash bo‘yicha yagona yer solig‘ini to‘laydilar. Yagona yer solig‘ini to‘lash tartibi va stavkalari har yili O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti qarori asosida belgilanadi.
4) O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tadbirkorlik faoliyatining ayrim turlari bo‘yicha soliq solishning o‘zi belgilagan stavkalar bo‘yicha soliqning qat’iy belgilangan summasini to‘lashni nazarda tutuvchi alohida tartibini belgilashi mumkin.
5) Konchilik sanoati tarmoqlarining ayrim korxonalari uchun qo‘shimcha foyda solig‘i to‘lanishini nazarda tutadigan foydaning bir qismiga soliq solishning alohida tartibi joriy etilishi mumkin. Qo‘shimcha foyda solig‘i to‘lovchilar, uni to‘lash tartibi va soliq stavkalari O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksi hamda Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.
6) Lotereyalarlarni tashkil etish bo‘yicha faoliyatni amalga oshiruvchi yuridik shaxslar foyda solig‘i, mol-mulk solig‘i, yer solig‘i, obodonlashtirish va ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish solig‘i, suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq o‘rniga yalpi tushumdan yagona soliq to‘lovini to‘laydilar. Yalpi tushumdan yagona soliq to‘lovi stavkalari O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti qarori asosida belgilanadi.

Yüklə 0,94 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   251




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin